Mavzu: unli tovushlarni o’rganish jarayonida o’quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantirish. Mundarija kirish I bob boshlang’ich sinflarda imloviy savodxonlikni oshirish


II BOB UNLI TOVUSHLAR KLASSIFIKATSIYASI


Download 96.33 Kb.
bet10/14
Sana18.12.2022
Hajmi96.33 Kb.
#1032303
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Qurbonova Mastura Ona tili metodika kurs ishi

II BOB UNLI TOVUSHLAR KLASSIFIKATSIYASI
2.1 Unlilar imlosi.
O‘zbek tilidagi barcha tovushlarning talaffuz me’yorlari shunday tartibda batafsil, keng­roq yoritilsa, maqsadga muvofiq.

Fonetikaning “Tovush va talaffuz me’yorlari” muqaddam o‘rganilgan bo‘lib, yuqoridagi qoidalar ilmiy asoslangan. Tovush talaffuzi­ning artikulyatsiyasida nutq organlarining holati fizik va biologik jarayon bo‘lib, bu sohani bugungi globallashuv, texnika asrida qayta o‘rganish o‘ta muhim hisoblanadi.

Fonetikaning tovush va talaffuz qoidalari alohida shaklda, qoida tarzida berilsa, unda tovushlar:

1) unli tovushlar talaffuzi qoidalari;

2) undosh tovushlar talaffuzi qoidalari;

a) jarangli tovushlar;

b) jarangsiz tovushlar;

d) ovozdor tovushlar

deb tasniflanishi lozim.

O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari deb nomlanishi noto‘g‘ri. Meningcha, “To‘g‘ri talaffuz va asosiy imlo qoidalari” deb nomlanishi maqsadga muvofiq. Bu qoidalarga tovush talaffuzi me’yoriy qoidalari, tovush va harflar imlosi bo‘limlarini kiritish lozim. Bu bo‘limlarga:

1) unli tovush va harflar qoidasi;

2) jarangli undoshlar va harflar qoidasi;

3) jarangsiz undosh tovushlar va harflar qoidasi;

4) ovozdor undosh tovushlar va harflar qoidasi tasnifi asosida talaffuz qoidalari, tovush va harf munosabati kiritilsa, ayni muddao bo‘lardi.

Asosiy imlo qoidalariga bildirilgan fikrlar va ba’zi e’tirozlar: qoidalar harflar imlosidan boshlangan. Ya’ni “Unlilar va undoshlar imlosi”dan iborat.
Unlilar imlosi:
Unli tovushlar - ogʻiz va bugʻiz bushligʻida hech qanday toʻsiqqa uchramay hosil boʻladigan, tarkibi ovozdan iborat (shovqin deyarli ishtirok etmaydigan) tovushlar
1. Aa harfi:
1) aka, alanga, aloqa, og`a; sentabr, noyabr kabi so`zlarda old qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) bahor, zamon; savol, gavda; vasvasa kabi so`zlarning oldingi bo`g`inida, vaqt, vahm kabi so`zlarda a aytiladi va yoziladi.
2. Oo harfi:
1) ona, omon, quyosh, fido, baho, xola, lotin; mukofot, mahorat kabi so`zlarda orqa qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) boks, poyezd, tonna, talon; agronom, mikrofon; direktor, termos kabi o`zlashma so`zlardagi unlini ifodalash uchun yoziladi.
3. Ii harfi:
1) ish, iz, qil; xirmon, ilhom, ikki, ixtisos, shoyi, tulki; volida, piramida; bilan, biroq, sira, qishloq, chiroq kabi so`zlarda old qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) o`tin, o`rik, bo`lim kabi oldingi bo`g`inida o` unlisi keladigan so`zlarning keyingi bo`g`inida i aytiladi va yoziladi.
4. Uu harfi:
1) uy, kun; buzoq, buloq, Buxoro; butun, uchuq, usul, yulduz; mafkura; ko`zgu, uyqu; aluminiy, yubiley kabi so`zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) qovun, sovun, tovush, yovuz, qirg`ovul, chirmovuq kabi so`zlarning oldingi bo`g`inida o unlisi kelsa, keyingi yopiq bo`g`in boshidagi v undoshidan keyin aytiladi va yoziladi.
5. O`o` harfi o`t, o`q, o`zbek, o`simlik, do`ppi; bo`tako`z, semizo`t, gulko`rpa, noo`rin kabi so`zlarda orqa qator o`rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.
6. Ee harfi ekin, esla, evara, ekran, eksport; kel, zehn; kecha, behi; telefon, teatr; poyezd, atelye; e`lon, ne`mat, she`r kabi so`zlarda old qator o`rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.

Download 96.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling