Mavzu: Ustama xarajatlarini tannarxga o’tqazish


Download 0.77 Mb.
bet1/5
Sana15.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1487030
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ustama xarajatlarini tannarxga o’tqazish

Mavzu:Ustama xarajatlarini tannarxga o’tqazish

Ishlab chiqarish ustama xarajatlari

  • Ishlab chiqarish ustama xarajatlari deganda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, biroq aniq mahsulot tannarxiga to‘g‘ridan to‘g‘ri olib borib bo‘lmaydigan xarajatlar tushuniladi. Bunday xarajatlar sirasiga quyidagilar kiradi:
  • *ishlab chiqarishda ishlatilatigan energiyaning har xil turlari (elektroenergiya, gaz va boshqalar) xarajatlari;

    *ishlab chiqarishga ko‘rsatiladigan transport xizmatlari xarajatlari;

    *asosiy vositalarni saqlash va ta’mirlash xarajatlari;

    *ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya ajratmalari;

    *ishlab chiqarishdagi mulklarni sug‘urtalash xarajatlari;

    *isitish, yoritish va ishlab chiqarish binolarini asrash xarajatlari;

    *ishlab chiqarishda foydalaniladigan binolar, mashina va uskunalar, ijaraga olingan boshqa mulklarning ijara to‘lovlari;

    *ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan xodimlarning ish haqi;

    *tosh, shag‘al, qum va boshqa rudasiz materiallar qazib olish xarajatlari;

    *yog‘och materiallarini tayyorlash va ularga ishlov berish xarajatlari;

    * maxsus kiyimlar va poyafzallarni ta’mirlash, tikish xarajatlari.

    * ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari xarajatlari

    *ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar.

Yuqorida sanab o‘tilgan ishlab chiqarish ustama xarajatlari korxonalarning umumishlab chiqarish bo‘linmalari xarajatlari hisoblanadi. Ularni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxiga kiritish zarurati negizida quyidagilar yotadi:

  • Yuqorida sanab o‘tilgan ishlab chiqarish ustama xarajatlari korxonalarning umumishlab chiqarish bo‘linmalari xarajatlari hisoblanadi. Ularni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxiga kiritish zarurati negizida quyidagilar yotadi:
  • Birinchidan, ular korxonaning ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli (taalluqli) hisoblanadi.
  • Ikkinchidan, ishlab chiqarish ustama xarajatlari korxonaning barcha ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibiy qismidir.
  • Uchinchidan, ularsiz bir birlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan barcha xarajatlarni aniqlab bo‘lmaydi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling