Mavzu: Uyg’onish davri va uning namoyondalari


Download 1.29 Mb.
bet3/4
Sana28.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1237878
1   2   3   4
Bog'liq
Ïðåçåíòàöèÿ Microsoft PowerPoint 2

Uyg’onish davri

Uygʻonish davrida teatr sanʼati xayot koʻzgusi hisoblanib, koʻpqirrali inson xarakteri, real voqelik ziddiyatlarini aks ettirishga alohida ahamiyat berdi. Bu davr teatr namoyandalari antik drama tajribalaridan foydalanib xalq tomosha sanʼati anʼanalarini rivojlantirdilar, kundalik hayot zavqshavqini idrok qilishga daʼvat etilgan dunyoviy sahna asarlarini yaratishga harakat qildilar (L. Ariosto, A. Politsiano, N. Makiavelli va boshqalar). Ispaniyada Uygʻonish davridagi teatr rivoji M. Servantes va Lope de Vega, Angliyada U. Shekspir ijodi bilan bogʻliqdir. Uygʻonish davrida teatr sanʼati professional omillari kuchaydi, dramaturgiya va aktyorlik sanʼati nazariyasi qaror topdi, ilk teatr binolari qurildi.

Dante Alegri

Dante Alegri

  • Dante Aligyeri (italyanchaDante Alighieri; may 1265, Florensiya – 13/14 sentyabr 1321, Ravenna) – italyan shoiri. Kech oʻrta asrlar madaniyatining sintezi berilgan "Ilohiy komediya" yaratuvchisi. Qadimiy dvoryan naslidan. Dastlabki "Yangi hayot" (1292) asari sevgilisi Beatrichega bagʻishlangan sonetlardan va nasriy lavhalardan iborat. 1290-yillar oxirida hukmron gvelflar partiyasi "oqlar" va "qoralar"ga ajralib chiqqach, Florensiyada hokimiyat "qoralar" qoʻliga oʻtadi. Oʻsha paytda Rimda boʻlgan "oqlar" vakili Dantening mol-mulki musodara etilib, oʻzi oʻlimga hukm etiladi. Shundan keyin Dante Florensiyadan chiqib ketadi (1302) va umrining oxirigacha darbadarlikda yashaydi, siyosat bilan shugʻullanmaydi.

Ilohiy komediya

"Komediya" Dante ijodining choʻqqisidir (1307–1321). Keyinchalik Boccaccio unga "Ilohiy" epitetini bergan. Dante vafotidan soʻng qoʻshilgan ilohiy soʻzi shoir ijodi muxlislari tomonidan asarning badiiy jihatdan yuksakligini ifodalash uchun qoʻllanilgan. Doston 3 qism ("Doʻzax", "Aʼrof", "Jannat") dan iborat. Har bir qismda 33 ta qoʻshiq bor. Doston Dantening shoir Vergiliy yetakchiligida u dunyoga sayohati tarzida yozilgan. Bu shakl Sharq obidasi "Me'rojnoma" syujetini eslatadi. "Komediya" anʼanaviy diniy syujet asosida boʻlsada, undagi gumanizm magʻzini real dunyodagi insonlar hayoti tashkil etadi. Dante asarda insoniyat tarixining turli davrlarida yashagan kishilarning murakkab falsafiy qarashlariga munosabatini bildiradi. "Komediya"ning "Doʻzax" qismidagi 4-qoʻshiqda jahonning buyuk donishmandlari DemokritFalesGeraklitEvklidPtolemeyGippokratlar qatorida Sharqning ulugʻ mutafakkirlari Ibn Sino va Ibn Rushdlar tilga olinagan.


Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling