Mavzu: Uyg’onish davri va uning namoyondalari


Petrarka Francesco Petrarca


Download 1.29 Mb.
bet4/4
Sana28.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1237878
1   2   3   4
Bog'liq
Ïðåçåíòàöèÿ Microsoft PowerPoint 2

Petrarka

Francesco Petrarca

  • PETRARKA (Petrarca) Franchesko (1304.20.7, Aretsso — 1374.19.7, Arkua, Paduya shaxri yaqinida) — italyan shoiri, italyan adabiy tilining asoschilaridan biri, faylasuf. Monpelye (1316), Bolonya (1320) universitetlarida xuquqshunoslikdan taʼlim olgan. 1326 yil Avinonga koʻchib borib, liniy rutbani qabul qilgan va oliy martabali ruhoniylar bilan yaqinlashgan.
  • P. oʻrta asr aqidalaridan mutlaqo xoli boʻlmagan esada, Uygʻonish davrining gumanizm gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan madaniyatiga tamal toshini qoʻygan. P. lotin tilidagi "Dunyoga nafrat toʻgʻrisida" (1342—43) falsafiy risola, "Uzlatdagi hayot toʻgʻrisida" va "Ro-hiblar farogʻati toʻgʻrisida" (1346—66) risolalari muallifi. P. sheʼriyatni oʻrta asr maddoxlari hujumidan himoya qilar ekan, uning katta tarbiyaviy va estetik qimmatga ega ekanligini alo-hida taʼkidlaydi.

Petrarka

  • P. "Oʻzimning va boshqa koʻplab kishilarning johilligi toʻgʻrisida" (1367—70) asarida Aristotel "Etika"sida bayon qilingan mavhum fiqolarni rad etadi qamda amaldagi axloq meʼyorlarini va insonni yaxlit holda oʻrganish gʻoyasini af-zal, deb hisoblaydi. P.ning "Avlodlarga maktub" (1374) nomli muxtasar avtobiografiyasi ham muayyan ahamiyatga molik.
  • P. antik dunyoni ideallashtirgan Yevropa shoirlaridan biri sifatida lotin shoirlarining qoʻlyozmalarini toʻplab, ularga sharhlar yezdi, ayni paytda oʻz asarlari bilan klassik lotin tilini tiklashga urindi. Agar uning lotin tilidagi "Afrika" (1339—42, tugallanmagan) dostoni Vergiliyning "Eneida"si uslubida yozilgan boʻlsa, majoziy mazmundagi "Bukolikalar" (1346—57) asari choʻponlar eklog (qoʻshiq)lariga tatabbu tarzida maydonga kelgan. P. italyan tilida ham ijod qilgan.

Bakachcho

Bakachcho

Bakachcho

BOKKACHCHO (Boccaccio) Jovanni (1313, Parij—1375.21.12, Chertaldo, Florensiya yaqinida) — italyan yozuvchisi, Yevropa Uygʻonish davri adabiyotining yirik vakili. Neapolda huquq fanlarini oʻrgangan. B. Florensiya siyosiy hayotida faol qatnashgan. Dastlabki asarlari ("Filokolo", 1336; "Filostrato", 1338)da ishqiy sarguzashtlar tasvirlangan. B.ning antik mifologiya syujetlari asosida yaratilgan "Ameto" (1341), "Fyezolan parilari" (1345) pastorallari, "Fyametta" (1343) qissasi hamda sonetlari bor. Yuzta novelladan iborat "Dekameron" (1350—53) asari B. ijodining choʻqqisi hisoblanadi. Unga 7 juvon va 3 yigitning 10 kun davomida aytgan hikoyalari asos boʻlgan. Asar nomlanishi (yun. dekameron — oʻn kunlik) shundan. B. bu asarida xurofotga qarshi oddiy inson va uning erkin muhabbatini ulugʻlab, zohidona hayotni rad qilgan. B.ning ijodi Uygʻonish davri italyan hikoyachiligidagina emas, balki 15—16-asrlar Yevropa adabiyotida ham realizmning shakllanishida katta ahamiyatga ega boʻldi. Yozuvchi hayotining soʻnggi yillarida "Quzgʻun" (1354—55) dostoni va "Dante Aligyeri hayoti" (taxminan 1360) kitobini yozgan. "Dekameron" oʻzbek tiliga Q. Mirmuhamedov tomonidan tarjima qilingan (1978).


Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling