Akademik YA. G’ulomovning 1959 yilda nashr etilgan «Xorazmning sug’orilish tarixi» asaridan ayonki, bu hududda qadim davrlardayok murakkab sug’orish tizimlari va shahobchalari (kanallar, to’g’onlar, chig’irlar) bo’lgan, ular aniq hisob-kitob asosida barpo etilgan. Demak sug’orma dehqonchilikning muhim asoslari o’sha paytlardayok mavjud bo’lgan. Muallif aniq dalillarga tayangan holda bu o’lka inson tsivilizatsiyasining dastlabki o’choqlaridan biridir, degan asosli xulosaga kelgan edi. Darhaqiqat vaqtlar o’tishi bilan odamlarning hayotiy kuzatuvchanlik qobiliyatlari asta-sekin yuksalib bordi. Natijada esa xayotga, mehnat jarayonlariga munosabatlar o’zgarib, ijobiy tomonga yuksalib bordi. Bu holatlar o’z natijasini bera boshladi va ular sekin-asta hunarmandchilikni, dehqonchilik va chorvachilikni kashf etdilar. Bu, albatta xo’jalikning ilg’or unumdor shakli edi. SHu boisdan tarixchi olimlar bu jarayonni tsivilizatsiya tomon qo’yilgan muhim odim, deb hisoblaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |