Bu jamoalar tomonidan tashkiliy ravishda rahnamo, ya’ni hokimiyat nazoratida ko’pchilik manfaatini ko’zlab qilingan katta tadbirdir. Qisqasi ana shunday keng ko’lamdagi ijtimoiy rivojlanish asosida Markaziy Osiyoda dastlabki tsivilizatsiya shakllandi. Ma’lumki qadim o’tmishda shaharlar, qal’alarning vujudga kelishi tsivilizatsiyaning yaqqol bir ko’rininshi bo’lgan. Qadimshunoslarni keyingi yillardagi izlanishlari natijasida mintaqamizda o’nlab noma’lum shaharlar xarobalari ochildi. Ular Turkmaniston hududidagi Elkantepa va YOrqal’a, Farg’onada Dalvarzin, Surxondaryoda, Qiziltepa, Xorazmda Ko’zaliqir, Qashqadaryoda yerqo’rg’on va boshqa manzilgohlardir. Arxeolog V.Masson o’sha davr shahar xarobalarini tahlil qilib ularda bir birlariga yaqinlik bo’lgan ilk shaharlarga xos madaniyat saviyasi yuqori darajada bo’lgan deb yozadi. Mutaxassislarning takidlashicha O’zbekiston qadimgi SHarq shahar tsivilizatsiyasi ilk bor shakllangan hududga kirgan. Unga Sopolli tepa va Jarqo’ton topilmalari ham misol bo’ladi. Mintaqamizda agrar taraqqiyot asosida shaharlarni paydo bo’lishi jamiyatni ijtimoiy tabaqalanishi va sinflarga bo’linishi dastlabki davlat uyushmalarini vujudga kelishiga olib keldi. Qadimshunos olimlar A.Sagdullaev, T.SHirinovlar fikricha yurtimizda davlatchilik
Do'stlaringiz bilan baham: |