Mavzu: Uzel va detallarning qanday qilib turlarga ajratiladi?
Download 56.2 Kb.
|
Uzel va detallarning qanday qilib turlarga ajratiladi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bikrlik. Bikrlik deb yuklamalar ta’sirida detallarning o’z rasmi va o’lchamlarini o’zgartirishga qarshilik ko’rsatish xususiyatiga aytiladi.
Mustahkamlik. Barcha detallarning ishchanlik qobiliyatining asosiy mezoni - bu
mustahkamlikdir. Mustahkamlik detalning yemirilishga yoki unga qo’yilgan yuklama ta’sirida plastik deformasiyaga qarshilik ko’rsatish qobiliyatidir. Mustahkamlikni hisoblash usullari asosan «Materiallar qarshiligi» kursida o’rganiladi. Detallarning ishlash sharoiti, ularga ta’sir etadigan turli yuklamalar detallarning albatta qisman bo’lsada, deformasiyalanishiga olib keladi. Detallar ish jarayonida deformasiyalanganda ham o’z xizmat vazifasini benuqson bajarishi va sinmay ishlay olish xususiyatini ularning mustahkamligi deb atash joiz. Detallarni mustahkamlikka hisoblashda normal [σ] va urinma [τ] ruxsat etilgan kuchlanishlarni to’g’ri aniqlay olish birlamchi ahamiyatga molikdir. Normal va urinma kuchlanishlar juda ko’p omillarga bog’likdir. Bu omillarga quyidagilar kiradi: a) tanlab olingan material va zagotovka (tanovar)larni olish usuli (quyma, bosim ostida rasm berish, qirqish va boshqalar), termik ishlov turi; b) detalning ma’suliyatlilik darajasi va uning ish maromi; v) detalning rasmi va o’lchamlari; g) detal yuzasining notekisligi va b. Mazkur kursda ruxsat etilgan kuchlanishlarni tanlash to’g’risidagi aniq ko’rsatmalarni mos detallarni hisoblashlarda berishni lozim topdik. Bikrlik. Bikrlik deb yuklamalar ta’sirida detallarning o’z rasmi va o’lchamlarini o’zgartirishga qarshilik ko’rsatish xususiyatiga aytiladi. Ba’zi detallarning mustahkam bo’lishi etarli bo’lmaydi, ularning bikr bo’lishi ham talab etiladi. Ayniqsa, kuch va momentlarning birgalikdagi ta’siri ostida ishlaydigan detallar mustahkam bo’lishiga qaramay, kutilganidan ortiq darajada egilishi mumkin. Misol tariqasida vallarni keltirish mumkin. Ruxsat etilganidan ortiq egilgan valning ishlatilishi mumkin emas, chunki valga o’rnatilgan detallar (tishli g’ildiraklar, muftalar, yulduzchalar, podshipniklar) muddatidan ilgari ishdan chiqishi mumkin. Ba’zi detallarning ishlashiga ularning haddan tashqari bikr bo’lishi salbiy ta’sir ko’rsatadi, chidamliligining kamayishiga, shovqinning oshib ketishiga, qo’shimcha dinamikaviy kuchlarning hosil bo’lishiga olib keladi. Bu holatni po’latdan tayyorlangan tishli g’ildiraklarda kuzatish mumkin. Bundan shunday xulosa chiqarish lozim: zarur hollarda detallarning nisbatan beriluvchan bo’lishiga erishish kerak. Mashina detallarining bikrlik me’yorlari mashinalarni ishlatish tajribasiga asosan tajribaviy yo’llar bilan aniqlangan hamda turli ma’lumotnomalarni jamlagan kitoblarda keltirilgan. Detallarning beriluvchanligi «Materiallar qarshiligi» kursida bayon etilgan usullar orqali anikdanadi. Download 56.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling