Mavzu: Uzel va detallarning qanday qilib turlarga ajratiladi?


Download 56.2 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi56.2 Kb.
#1537168
1   2   3   4
Bog'liq
Uzel va detallarning qanday qilib turlarga ajratiladi

Yeyilishga chidamlilik. Berilgan xizmat muddati davomida detallarning ishqalanish
yuzalarining kerakli o’lchamlarini saqlay olish qobiliyati yeyilishga chidamlilik deyiladi
.
Yeyilishga chidamlilik tanlangan materialning xossalariga, yuzalarning termik ishloviga va
notekisligiga, bosim yoki kontakt kuchlanishlarning qiymatiga, sirpanish tezligaga, moy turi va
moylanish maromiga, ishlash sharoiti va maromiga hamda boshqalarga bog’liqdir. Yeyilish
detallarning mustahkamligani kamaytiradi, kontakt sharoitini og’irlashtiradi, moy tarkibini
o’zgartiradi, shovqinni vujudga keltiradi.
Aksariyat hollarda detallarni yeyilishga chidamlilikka hisoblash ruxsat etilgan bosim [p],
solishtirma bosim bilan ishqalanish tezligining ko’paytmasining ruxsat etilgan qiymati bilan
solishtirish usuliga ko’ra aniqlanadi:
r ≤ [r]; rv ≤ [rv]
Amaliyotda yeyilishni kamaytirish uchun turli tadbirlar qo’llaniladi. Ishqalanuvchi
detallarni kerakli darajada moylab turish, yeyilishga chidamli materiallarni qo’llash (bronza,
plastmassa, latun, o’z-o’zini moylab turish xususiyatiga ega bo’lgan moy shimdirilgan g’ovak
detallarni ishlatish, yuzaga termik ishlov berish va boshqalar) ana shunday tadbirlardan
hisoblanadi.
O’zbekiston hududining asosiy qismi cho’llar, qumliklar, tog’liklardan iborat.
O’zbekistonda yillik yog’in-sochin miqdori ham juda kam. Orol dengizining qurib borishi
mamlakatimizning ekologak barqarorligini izdan chiqarishga sabab bo’lmoqda.
Sug’orma dexqonchilik rivojlangan mamlakatimizda ishlatiladigan barcha mashinalar
kabi qishloq xo’jalik texnikasiga ham qator talablar qo’yiladi. Abraziv muhit, yerlarning
sho’rlanganlik darajasining yuqoriligi, yer osti suvlarining yer sathiga yaqinligi, kunlik o’rtacha
haroratning keskin farqlanishi kabi omillar mashina detallarining mustahkamligiga, yeyilishiga,
issiqlikka chidamliligiga hamda titrashga ustuvorligiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Issiqqa chidamlilik (issiqbardoshlik). Mashina detallarining yoki konstruktiv
tuzilmaniig berilgan harorat chegarasida berilgan xizmat muddati davomida ishlay olish
qobiliyati issiqbardoshlik deyiladi.
Detallarning ish vaqtida qizib ketishi xavfli va zararli
hodisadir, chunki bunday holda ularning mustahkamligi kamayadi, moylarning xossalari
yomonlashadi, harakatchan birikmalardagi tirqishlarning kamayishi yeyilishning oshishiga va
sinishga olib kelishi mumkii. Shuning uchun mashinalarni loyihalashda mashinada ish jarayonida hosil bo’ladigan issiklik miqdori Q mashinadan tashqi muhitga tarqaluvchi issiqlik
miqdoridan Q1, kichik yoki unga teng bo’lishi lozim. Bu holatni quyidagicha ifodalash o’rinlidir:
Q Q1
Mashina detallarining issiqbardoshlikka hisobi ularning me’yoriy issiqlik maromini
ta’minlash uchun amalga oshiriladi.
Titrashga ustuvorlik. Кonstruktiv tuzilmaning rezonans sohalaridan yetarlicha uzoqdagi
kerakli maromlar diapazonida ishlay olish qobiliyati uning titrashga ustuvorliga deyiladi.
Tezlikning oshishi, detallarning yengillashuvi, konstruksiyaning noto’g’ri tuzilganligi, mashinalardagi
elastik elementlar xossalarining ish davomida yomonlashganligi, detallarga ta’sir etuvchi o’zgaruvchan
kuchlanishlar, mahkamlangan detallarning bo’shashib qolganligi titrashni vujudga keltirishi mumkin.
Bu holatlardagi titrashlar detallarning toliqish oqibatida ishdan chiqishiga olib keladi. Ma’lumki,
detalning xususiy tebranishlar chastotasi tashqi kuchlar oqibatida hosil bo’luvchi tebranishlar
chastotasiga mos kelganda rezonans hodisasi yuz beradi. Titrashga ustuvorlik masalalari asosan
«Tebranishlar nazariyasi» kursida o’rganiladi. Shuni qayd etish lozimki, titrashga ustuvorlik odatda
mashinalar yoki mashinalar tizimi uchun (qisqacha tizim) bajariladi.
Titrashni kamaytirish uchun uni vujudga keltiruvchi omillarni yo’qotish choratadbirlarini ko’rish lozim. Mashina detallarining ishchanlik qobiliyati baholangavda, yuqorida
keltirilgan mezonlarning hammasiga ularni hisoblash shart emas, balki ma’lum detal uchun
asosiy hisoblangan mezonlarning biri yoki bir nechtasi baholansa etarlidir.

Download 56.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling