Mavzu: Uzunlik va yuza o‘lchov birliklar. Massa va sig‘im o‘lchov birliklari. Vaqt o‘lchov birliklari. Reja: kirish


Download 157.62 Kb.
bet1/9
Sana09.11.2023
Hajmi157.62 Kb.
#1758973
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Uzunlik va yuza o‘lchov birliklar. Massa va sig‘im o‘lchov birliklari. Vaqt o‘lchov birliklari


MAVZU: Uzunlik va yuza o‘lchov birliklar. Massa va sig‘im o‘lchov birliklari. Vaqt o‘lchov birliklari.


Reja:
KIRISH
I.BOB. BOSHLANG’ICH SINISLARDA ASOSIY MIQDORNING NAZARIY ASOSI VA ULARNI O`RGANISH METODIKASI.
1.1. Boshlang`ich sinflarda miqdorlarni o`rgatish metodikasining umumiy masalalari.
1.2.Asosiy miqdorlar haqida tushuncha.
II.BOB. BOSHLANG`ICH SINFLARDA UZUNLIK VA YUZA O`LCHOV BIRLIKLARI
2.2.Uzunlik va uning birliklari bilan tanishtirish metodikasi.
2.1.Massa va hajm, ularning birliklari bilan tanishtirish metodikasi
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.

MUNDARIJA:
KIRISH................................................................................................................3
I.BOB. BOSHLANG`ICH SINFLARDA ASOSIY MIQDORNING NAZARIY ASOSIY VA ULARNI ’O`RGANISH METODIKASI…….........5
1.1. Boshlang`ich sinflarda miqdorlarni o`rgatish metodikasining umumiy masalalari............................................................................................................6
1.2.Asosiy miqdorlar haqida tushuncha..................................................................8
II.BOB. BOSHLANG`ICH SINFLARDA UZUNLIK VA YUZA O`LCHOV BIRLIKLARI....................................................................................................9
2.1.Uzunlik va uning birliklari bilan tanishtirish metodikasi.................................9
2.2.Massa va hajm, ularning birliklari bilan tanishtirish metodikasi......................21
XULOSA............................................................................................................33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI....................................34

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Boshlang`ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog`liqlikda turli miqdorlarni ham o`rganish nazarda tutilgan. Miqdorlarsiz tabiatni, borliq olamni o`rganish mumkin emas. Chunki miqdorlarda turli narsalarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan. Miqdor tushunchasi narsa yoki hodisaning xossasi bo`lib, bu tushunchalar o`quvchilarning butun o`qishi davrida shakllanadi.


Biz o`quvchilarga uzunlik, jismning massasi (og`irlik), hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar to`g`risida tushuncha berishimiz kerak. Bu tushunchalarni o`rganish arifmetik material bilan qo`shib o`qitiladi.
Masalan: o`lchashni o`rganish, sanashni o`rganish bilan, o`lchov birliklari sanoq sismavzusi bilan, ismli sonlar abstrakt sonlarni nomerlash bilan miqdorlar ustida amallar arifmetik amallar bilan parallel o`qitiladi. Miqdorlarni o`qitish matematikani hayot, sharoit bilan bog`liq holda o`qitib, politexnik bilimlar berish demakdir.
Hisoblash va yasash ishlarini bajarilishini, mehnat tarbiyasini, estetik ta`lim berishni kuchaytiradi. Ayniqsa miqdorlarni ko`rgazmali, aynan o`zini va laboratoriyalarda tushuntirish imkoni mavjud. Atrof muhitdagi mavjud miqdorlar va ularni o`lchashni amaliyotda ko`radilar, kuzatadilar, haqiqatligiga ishonadilar. Hisoblash ishlarini yakka bajaradilar. Miqdorlarni tushuntirishda figuralar modellar, chizmachilik va o`lchash asboblaridan keng foydalanish kerak.
Kesma uzunligini eng avvalo taqqoalash bilan kesmalarning “teng, “katta, “uzun, “qisqa, “kalta” kabi tushunchalarini beramiz. Amaliy ishlar bilan bir-birining ustiga qo’yib taqqoslaydigan uzunliklarni tayoqcha yoki metallar yordamida solishtiradilar. Turli xil o`lchov birliklarini tanlash mumkin.
O`quvchilar chamalash yordamida uzunliklarni o`lchash, qadamlarni metrga aylantirib, uylarigacha yoki boshqa obyektlarigacha bo`lgan masofalarni m va km lar bilan aniqlaydilar. Erta maktabda geometrik yo'nalish shakl va qattiqlikda bo'lishga intiladi. U yerdan siz shakllar va qattiq moddalarning xususiyatlari va munosabatlarini o'rganishga kirishasiz. Siz muammoni hal qilish qobiliyatlarini, deduktiv fikrlashni, o'zgarishlarni, simetriyani va mekansal fikrlashni tushunishni boshlaysiz.

Download 157.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling