Mavzu: Uzunlik va yuza o‘lchov birliklar. Massa va sig‘im o‘lchov birliklari. Vaqt o‘lchov birliklari. Reja: kirish


Download 157.62 Kb.
bet2/9
Sana09.11.2023
Hajmi157.62 Kb.
#1758973
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Uzunlik va yuza o‘lchov birliklar. Massa va sig‘im o‘lchov birliklari. Vaqt o‘lchov birliklari

Mavzuning ishlanganlik darajasi. Tajriba shuni ko`rsatmoqdaki, o`lchashga oid birinchi mashqlarni raqamlar qo`yilmagan chizg`ich yordamida ham, santimetr modeli yordamida ham bajarish foydali ekan. Bu bolalarga amalda chizg`ichdan foydalanishning afzalligini ko`rsatish imkonini beradi, bir xil modeldan foydalanishda boshqa modeldan foydalanishga uzluksiz va to`la qonuniy o`tishni amalga oshirish imkonini beradi.
Shuni ta`kidlab o`tamizki, raqamlangan shkalali lineykadan foydalanib o`lchamga o`tishga shoshilmaslik kerak.
Mavzuning obyekti. Maktabgacha bo`lgan yoshdayoq bolalar, yengil”, og`ir, “bir xil og`irlikda” kabi so`zlarni eshitib, shug`ulanib massa haqida boshlang`ich tushunchalarni egallaganlar. 1-sinfda massa birligi 1 kg bilan tanishadilar. Tarozilar yordamida tortish bilan turli xil predmetlardan 1 kg haqida tushunchani amaliy ko`rsatish mumkin. Navbatdagi darsda hajm (sig`im) o`lchov birligi litr bilan tanishadilar. Bunda litrning har xil namunalarda bo`lishi, ya`ni 1 litrli banka, krujka, shuningdek ular yordamida chelak, kastryulka, bidon kabilarni o`lchab to`ldirish ishlari amalga oshiriladi.
Mavzuning predmeti.Boshlang`ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog’liqlikda turli miqdorlarni ham o`rganish nazarda tutilgan. Miqdorlarsiz tabiatni, borliq olamni o`rganish mumkin emas. Chunki miqdorlarda turli narsalarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan. Miqdor tushunchasi narsa yoki hodisaning xossasi bo`lib, bu tushunchalar o`quvchilarning butun o’qishi davrida shakllanadi. Maktabda matematika oʻqitishni tashkil etishning tarixiy, murakkab, koʻp yillik, tajribada sinalgan va hozirgi zamonning asosiy talablariga javob beradigan shakli – darsdir. Boshlangʻich sinflarda matematika oʻqitishda oʻquvchilarni masalalar yechishga oʻrgatish gʻoyat muhimdir. Maktabda oʻqitishning boshidan oxirigacha matematik masalalar oʻquvchilarga matematik tushunchalarni toʻgʻri shakllantirishga, uni oʻrab turgan muhitning oʻzaro aloqadorligini chuqur anglashga yordam beradi. Oʻrganilayotgan nazariy qoidalarni qoʻllash, kuzatilayotgan hodisalarga har xil sonli bogʻlanishlarni oʻrnatish imkonini beradi. Shu bilan birga, masalalar yechish bola tafakkurining rivojlanishiga yordam beradi. Oʻquvchilarga beriladigan ta’limda masalalar va ularning yechimlari vaqt boʻyicha ham, bolaning aqliy rivojlanishiga ta’siri boʻyicha ham muhim oʻrin egallaydi. Yechilayotgan masalaning oli oʻqituvchining u yoki bu masalani yechish uchun berib, undan qanday pedagogik maqsadni koʻzlaganiga bogʻliq.
2-sinfda 100 likka doir masalalar oʻquvchilar bilimini mukammallash tirishga xizmat qiladi. Masala yechishga oʻrgatishning muhimligi shundaki, oʻquvchi oʻzining asosiy e’tiborini matnli masalalar mazmunini matematika tiliga koʻchirishga qaratmogʻi lozim.
Murakkab masala yechish – bolaning fikrlash qobilyatini rejalashtirishning foydali vositasi boʻlib, odatda, oʻz ichiga “yashirin informatsiyalarni oladi”. Bu informatsiyalarni qidirish masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish, fikrlarni taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. Bilimning bu usullarini oʻrgatish matematika oʻqitishning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi. Mazkur mavzuning dolzarbligi ham mana shundadir.

Download 157.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling