Mavzu: V. A. Motsartning simfonik ijodiyoti


II BOB V.A.Motsartning simfonik ijodiyoti


Download 261.5 Kb.
bet6/14
Sana20.06.2023
Hajmi261.5 Kb.
#1632568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
V.A.Motsartning simfonik ijodiyoti 21 yangi

II BOB V.A.Motsartning simfonik ijodiyoti
2.1. Motsartning vokal-simfonik asarlari
 Ijodiy yo’li davomida Motsart vokal-simfonik asarlar yozishga ham katta e’tibor bergan. Bu asarlar xor, orkestr va yakkaxon qo’shiqchilar uchun yozilgan kantatalar, motetlar, messalardir. Rekviem asari - Motsartning vokal-simfonik musiqa yaratish borasida olib borgan izlanishlarining eng yuksak natijasidir. Motsartning bu asarlari diniy mavzularda bo’lib, cherkovda ijro etish uchun yozilgan. Lekin diniy tekstlarga yozilgan bo’lishiga qaramay bu asarlar musiqasi ibodat paytida ijro etiladigan cherkov musiqasidan keskin farq qiladi. Ularda kompozitorning boshqa asarlaridagi kabi hayotga, insonga muhabbat, kayfiyati ustundir. Lotin tilidagi diniy tekstlar chuqur mazmunli, umuminsoniy xarakterdagi musiqani tushunishga xalaqit bermaydi. Asarlarning bunday sifatlarga ega bo’lishiga asosiy sabab kompozitorning dunyoqarashidir. Albatta Motsartning xudojo’y, taqvodor kishi bo’lganligini inkor etib bo’lmaydi. Lekin ma’rifatparvar kompozitorning xudojo’yligi diniy aqidaparastlik ruhida emas, balki ma’naviy-falsafiy xarakterda edi. Shuning uchun bu asarlarda ham kompozitor insonning boy ichki dunyosini, qayg’uli va quvonchli kechinmalarini, ma’naviy barkamollikni tarannum etgan. Ana shunday asarlardan biri – Motsartning so’nggi asari «Rekviem» - jahon madaniyatining eng noyob durdonalaridan biridir.
Rekviem.
Rekviem fojiali xarakterdagi diniy asar bo’lib, inson vafoti munosabati bilan yozilar edi. Bu asar messa janriga oid. Katolik cherkovining lotin tilidagi duolari bu asarga she’riy tekst bo’lib hizmat qilgan. Aytib o’tilganidek Rekviem diniy aqidaparastlik ruhidagi asar emas. Ulug’vor, ta’sirchan, ko’ngilni yumshatuvchi musiqa insonparvarlik, insonning azob-uqubatlariga hamdardlik ruhi bilan sug’orilgan.
Rekviem yakkaxon qo’shiqchilar kvarteti (soprano, alt, tenor, bas), xor, simfonik orkestr va organ ijrosi uchun yozilgan. Asar o’n ikki nomerdan iborat bo’lib ulardan to’qqiztasini xor, uchtasini qo’shiqchilar kvarteti ijro etadi. Bevaqt vafoti sababli Motsart Rekviemni tugata olmadi. Uning shogirdi va yaqin do’sti kompozitor Zyusmayer asarni yozib tugatgan. U o’z musiqasini yozgan emas, balki Motsartning qo’lyozma va eskizlaridan foydalanib Rekviemni yozib tamomlagan.
Asarning birinchi qismi "Rekviem Eternem" (Abadiy osoyishtalik) deb nomlangan. Chuqur qayg’uni ifodalovchi musiqa re minor tonalligida yozilgan.
Birinchi qismning ikkinchi bo’limi "Kirie eleyson" (Xudo kechir gunohimizni) so’zlariga yozilgan ikki mavzuli fugadir. Bu fugada va Rekviemning boshqa ko’povozli epizodlarida Motsart, Bax va Gendelning polifoniya (ko’povozli) uslubini rivojlantirgan. Fuganing ikkala mavzusi bir-biridan farqli bo’lib bir paytda yangraydi.
Asarning ikkinchi qismi - "Diez ire" (Kahrli kun) deb atalgan va unda narigi dunyoda bo’ladgan dahshatli sud tasvirlangan. Bu qism musiqasi dramatik xarakterga ega bo’lib dinamika doimiy ravishda kuchayib boradi. Xor va orkestr ijrosi katta kuch bilan ajralib turadi.
Rekviem asarining lirik va dramatik markazi - "Lakrimoza" (Ko’z yoshlari) qismidir. Inson boshiga tushgan kayg’u va alam, azob-uqubatlar musiqa vositasida mahorat bilan tasvirlab berilgan. Skripkalar ijrosi inson yig’isini ifodalaydi. Ayni paytda xor nihoyatda mungli kuyni ijro etadi.
Rekviem musiqasida kayg’uli, fojiali kayfiyat ko’proq o’rin egallagan. Chunki janrning xususiyati shuni talab qiladi. Shunga qaramay boshqa qarama-qarshi xarakterdagi qismlar ham bor. Masalan qo’shiqchilar kvarteti ijro etadigan "Benediktus" (Oq fotiha olgan) deb nomlanuvchi qism musiqasida osoyishtalik va ravshanlik xarakteri xukmron.
"Sanktus" (Muqaddas) nomli qism musiqasi tantanali, shodiyona xarakterda.
Rekviem – kompozitor Motsartning eng buyuk asarlaridan biridir. U kompozitor polifonik mahoratining yorqin timsoli, I. S. Baxning shu janrdagi asarlari bilan bir qatorda XVIII asr musiqa san’atining eng sara, durdona asari hisoblanadi. Lyudvig van Betxoven XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshida yashab ijod qilgan buyuk nemis kompozitoridir. U o’zining zamondoshlari Gaydn va Motsart kabi musiqa san’atidagi klassicizim oqimining buyuk namoyondasidir. Betxoven ijodida klassik musiqa yangi taraqqiyot bosqichiga ko’tarildi va rivojlanish cho’qqisiga etdi. Uning asarlarida birinchi marta avval xech uchramagan "revolyutsion kurash" mavzusi asosiy o’rin egallagan. Chunki kompozitor 1789 - yilda sodir bo’lgan buyuk Franciya revolyutsiyasini katta xursandchilik bilan kutib oldi. U buyuk revolyutsiya g’oyalariga - barcha kishilarni teng huquqliligini, ozodlikka va haqiqatga intilish, ekspluatatsiyaga nafrat bilan qarash g’oyalariga umr bo’yi sodiq bo’lib qoldi va buni o’zining ajoyib asarlarda ko’rsatdi.
Lyudvig van Betxoven 1770 yilda Germaniyaning Bonn shahrida saroy sozandasi oilasida tug’ildi. Uning bobosi va otasi shahar hokimining saroyida hizmat qilar edi. Bo’lajak kompozitorning musiqiy qobilyati juda erta namoyon bo’ldi. Buni ko’rgan otasi iste’dodli bolani Motsart singari mashhur qilish va kontsertlar orqali boyib ketish maqsadida uni qiynab mashq qilishiga majbur qildi. Ko’pincha otasi yarim kechada mast holda kelar va uxlab yotgan o’g’lini bir necha soatlab fortepiano va skripkada mashqlar chaldirar edi. Musiqaga bo’lgan muhabbati sababli bola bu qiyinchiliklarga chidadi. Otasining orzusi amalga oshmadi. O’n yoshida Betxoven skripka, klavesin va organ chalishni yaxshi o’rganib oldi, lekin vunderkind (ajoyib iste’dodli bola) bo’la olmadi.
Oilaning iqtisodiy muhtojligi sababli Betxoven o’n yoshida o’qishni tashlab ishlashga majbur bo’ldi. 1782 yilda ajoyib pedagog, kompozitor va organ ijrochisi Xristian Nefe bilan tanishuvi Betxoven hayotidagi baxtli voqea bo’ldi. Boladagi katta iste’dodni ko’rgan Nefe unga dars bera boshladi. Uni buyuk nemis kompozitorlari F. E. Bax , Gendel, Gaydn va Motsart asarlari bilan tanishtirdi va musiqa yaratish sirlarini o’rgatdi. Shu davrda Betxoven o’zining dastlabki asarlarini: klavesin uchun uchta sonata, variaciyalar va boshqa pg’esalarni yaratdi. Nefe rahbarligida musiqa nazariyasi, garmoniya, polifoniyani qunt bilan o’rgandi. Shu davrda yosh Betxoven Bonn shahrining musiqiy hayotida taniqli shaxslardan biriga aylandi. Ijrochi sifatida juda ko’p kontsertlar berdi.
1787 yilda Betxoven o’zining orzusini amalga oshirdi va Venaga borib Motsart bilan uchrashdi. Mashhur kompozitorga o’zining asarlarini chalib ko’rsatdi. Motsart uning iste’dodga tan berdi, asarlaridagi o’ziga xos uslubni, ijrochilik mahoratini ko’rib qoyil qoldi va qimmatli maslaxatlar berdi. Ammo ularning muloqoti o’zoqqa cho’zilmadi. Onasining vafoti sababli Betxoven Bonnga qaytishga majbur bo’ldi va ro’zg’or tebratish, ukalarini boqish va tarbiyalashni o’z zimmasiga oldi. Pul topish maqsadida opera teatriga ishga kirdi va orkestrda alt chaldi, kontsertlarda qatnashdi va darslar berdi. Shu davrda 1789 yilda buyuk voqea - Franciya revolyutsiyasi sodir bo’ldi. Ozodlik, tenglik, hamdo’stlik, insonarvarlik kabi shiorlar ehlon qilindi. Yosh kompozitor dunyoqarashining shakllanishiga, ijodining keyingi davrda rivojlanishiga bu revolyutsion g’oyalar kuchli tahsir ko’rsatdi.
1792 yilda Betxoven Venaga ko’chib keldi va umrining oxirigacha shu shaharda yashadi. Venada musiqiy hayot qaynab toshgan edi. Bu shaharda buyuk kompozitorlar va sozandalar yashardi. Tez orada Betxoven fortepiano ijrochisi sifatida shuhrat qozondi. Gaydn, Salg’eri va boshqa atoqli kompozitorlardan dars oldi va kompozitorlik texnikasini o’rganishni davom ettirdi. Shu yillarda u sonatalar, simfoniyalar, kontsertlar kabi juda ko’p ajoyib asarlar yaratdi. Gaydnning yorqin va hayotga muhabbat ruhi bilan sug’orilgan musiqasiga, Motsartning nafis, ifodali va jozibador asarlariga ko’nikib qolgan Vena musiqa ixlosmandlari Betxovenning o’ziga xos yangi uslubdagi musiqasini ham samimiy qabul qildilar. Shiddatli va hayajonli "Patetik" va "Oy" sonatalari musiqasi, katta kuch va qudratga to’la "Qahramonlik simfoniyasi" kabi asarlar katta shuhrat qozondi.
Biroq 30 yoshga kirganda Betxoven to’satdan eshitmay qoldi. Bu kompozitor uchun katta fojia edi. U kishilardan uzoqlasha boshladi va uzoq vaqt yolg’izlikda yashadi. Ammo taqdirga tan bermadi. San’atga, hayotga bo’lgan muhabbat g’alaba qozondi. Kar bo’lib qolganiga qaramay ijodiy ishini davom ettirdi. Orkestr uchun simfoniyalar, mashhur "Egmont" va "Koriolan" nomli uvertyuralarni yaratdi. Fortepiano uchun buyuk asar "Appassionata" nomli sonatani yozdi. Skripka va fortepiano ijrosi uchun ajoyib "Kreycer sonatasi", fortepiano va orkestr uchun yozilgan 5 ta kontsert, skripka va orkestr ijrosi uchun yozilgan kontsertlar, kvartetlar va qahramonlik mavzusidagi "Fidelio" nomli opera - Betxoven ijodining durdona asarlari hisoblanadi.
Kompozitorning shaxsiy hayotida quvonchlar kam bo’ldi. Boy oiladan bo’lgan bir qizni sevib qoldi, lekin qizning oilasi qarshi bo’lgani uchun unga uylana olmadi. Kasalligi, turmushini og’irligi, azob uqubatlarga va yolg’izligiga qaramay hayotbaxsh ajoyib asarlar yaratdi. Ular orasida 1824 yilda yozilgan "Tantanali messa" va butun ijodiyotining cho’qqisi bo’lgan 9 - simfoniyasi ham bor. Bu simfoniyaning asosiy g’oyasi - qardoshlik, do’stlik, birlik, ozodlik va baxt simfoniya finalida o’zining yorqin ifodasini topgan. Bu finalda Betxoven buyuk nemis shoiri F. Shillerning "Shodlik" nomli odasi tekstidan foydalangan. Simfoniya finalida xor, yakkaxon qo’shiqchilar va orkestr tomonidan ijro etilgan "Millionlar birlashing" degan kuchli chaqiriq ulug’vor madhiyadek jaranglaydi. Betxoven musiqa tarixida birinchi marta simfoniya janriga xor ijrosini kiritdi. Chunki simfoniyaning asosiy g’oyasini ifodalab berish uchun orkestr ijrosi kamlik qilishini sezgan va so’z vositalaridan ham foydalangan. Haqiqatdan ham bu usul birlik va baxt tuyg’ularini juda ta’sirli ko’rsatib berdi.
Betxoven 1827 yilda og’ir jigar kasalligidan vafot etdi va Venada dafn etildi. Uning ijodi jahon musiqa san’atining eng baland cho’kqilaridan biridir. Kompozitor asarlarida inson quvonchi va qayg’u – hasrati, insoniyatning ajoyib kelajak va baxtiga erishish uchun olib borgan qahramonona kurashi o’zining yorqin ifodasini topdi. Betxoven musiqasi o’zining chuqur mazmuni, dramatizmi, ehtirosi va qudrati hamda tinglovchiga ta’sir qilish kuchi bilan kishini maftun etadi va xayratda qoldiradi.
Betxoven o’z davrining buyuk fortepiano ijrochisi edi. XVIII-asrning oxiriga kelib italyan cholg’u sozlari ustasi B. Xristofori yasagan fortepiano asta-sekin klavesin sozini siqib chiqara boshladi. Fortepianoda ijro texnikasini puxta egallagan Betxoven ajoyib ijrochilik mahorati bilan barcha tinglovchilarni qoyil qoldirgan. Baland, yorqin va kuychan tovushlarga ega bo’lgan fortepiano uning sevimli sozi edi. Bu soz uchun kompozitor butun ijodiy yo’li davomida asarlar yozgan. Sonatalar, variaciyalar, 60 dan ortiq turli pesalar bunga misoldir. Bularning orasida 32 ta sonata mashhur asarlardir. Fortepiano sonatasi – kompozitor Betxovenni hayajonga solgan fikrlar va tuyg’ularni ifodalashning qulay shakli edi. Kompozitor yaratgan 32 ta sonata orstida uchtasi nihoyatda mashhur. Bular sakkizinchi sonli «Patetik» sonata, 14 - sonli «Oy» sonatasi va 23- sonli «Appassionata» asarlaridir.

Download 261.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling