Mavzu va g`oya Syudjet Konflikt
Download 24.63 Kb.
|
11. Senariydagi boshlovchilar so’zlari ustida ishlash — копия
Kul’minatsiya. Tugundan keyin voqealar usa boshlaydi. Qandaydir muammolar ko`tariladi, vaziyat keskinlashadi, konflikt chuqurlasha boshlaydi. Qarama-qarshi kuchlarning to`qnashuvi tobora keskinlashadi, yondosh voqea va hodisalarning barchasi ana shu keskinlashuvga ko`maklashadi. Asardagi voqealar rivojlanishiga oid ana shu eng yuqori nuqta, eng shiddatli payt, xal qiluvchi vaziyat kul’minatsiya deyiladi. Kul’minatsiya latincha culmen — cho`qqi demakdir.
Demak, kul’minatsiya badiiy asardagi voqea va hodisalarning eng rivojlangan, konfliktning eng keskin tus olgan hal qiluvchi paytidir. Echim. Asarning kul’minatsiyasidan keyin shart-sharoit ancha mo``tadillashib, susayib boradi. CHunki kul’minatsion to`qnashuv natijasida qarama-qarshi kuchlarning birortasi engilib, ikkinchisi esa engadi. Kul’minatsiyadan keyingi to`qnashuvchi kuchlarning oydinlashib borishidan iborat bir necha bosqichdan so`ng personaj va hodisalarda o`zgarish yuz beradi, muammo hal etila boshlaydi. Voqealarning ana shu yakunlovchi, xal etuvchi, uzil-kesil Oydinlashuvchi oxirgi davriga echim deyiladi. Vaziyat. Har qanday badiiy asar ham biror voqeadan boshlanib o`sib boradi va biror natija bilan tugallanadi. Masalan, Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romanida Anvarning Solih Mahdum xonadonida yashash davri bilan boshlanadi. SHu tasvir davomida Anvar haqida anchagina ma`lumot beriladi. Uni, shubhasiz, og`ir turmush, etimlik mashaqqatli ahvol Solih Mahdumning xonadonida yashashga majbur qiladi. Ana shu og`ir ahvol yoki asardagi personajlarning ma`lum bir paytdagi o`zaro munosabatlariga vaziyat (situatsiya) deyiladi. Asarda son-sanoqsiz vaziyat bo`lib, ular voqealar zanjirida- birin-ketin o`rin almashib turadi. Ekspozitsiya. Badiiy asardagi voqea va hodisalarning tugungach? bo`lgan tasviri va talqini ekspozitsiya deyiladi. ekspozitsiya latincha expozitio — tushuntirish demakdir. Ayrim asarlar to`ppa-to`g`ri tugundan boshlanadi. Biroq, aksariyat badiiy asar albatta ekspozitsiyadan boshlanadi. ekspozitsiya qismi ba`zan kengayib, mustaqil syujetga ega bo`lib qolgan chog`larda prolog deb ataladi. Prolog yunoncha rgologs so`zidan: rgo — old, logos— so`z. Bu hodisa ko`proq epik asarlarda uchraydi. Epilog. (YUnoncha epilogs so`zidan: epi-so`ng, logos — so`z.) Ko`pgina asarlar echimdan keyin xam birmuncha davom etadi. Ayrim paytlar, ayniqsa epik asarlarda, ana shu bo`lim mustaqil bir qism tusini olib qoladi. Epilog ayrim paytlar xotima deb ham ataladi. Bu ko`pincha epik asarlarga mansubdir. Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon», e.Voynichvning «So`na», erkin Vohidovning «Orzu chashmasi», Sayyorning «Boshsiz haykal» nomli asarlarida epilogning eng to`liq ma`nodagi namunalarini uchratish mumkin. KONFLIKT
Konflikt turmushda jo`da ko`p uchraydi, to`g`rirog`i turmushdagi bir narsaga intilish, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, yutuq va kamchiliklar ana shu to`qnashuvlarning natijasi deyish mumkin. Badiiy asarlarda ham manfaatdorlik, dunyoqarash, intilishlarning ziddiyatidan konflikt kelib chiqadi. YOki oqibati jiddiy kurashlarga olib keluvchi bahs-munozara va kelishmovchiltklarga ham konflikt deyiladi. Har qanday badiiy asar son-sanoqsiz va turli darajadagi konfliktlar tizmasidan iborat. Aslida ana shu konfliktlargina voqea va hodisalarni tug`diradi hamda asarning qon tomirlarini tashkil qiladi. Har qanday asarning asosida, mayda konfliktlar tizmasidan tashqari, bir asosiy konflikt yotadi. Asar xotimasida bu konflikt albatta bartaraf etilishi kerak. Oybekning «Qutlug` qon» romanidagi asosiy, hal etuvchi konflikt sinflar, manfaatlar to`qnashuvi, sinfiy kurashdir. Bundan tashqari, romanda bir necha yondosh va ikkinchi darajali konfliktlar ham mavjudki, ular asardagi ana shu asosiy konfliktning rivoji uchun xizmat qiladi. Va`zan asarlar, bir qarashda, konflikti yo`qdek ko`rinadi. Biroq bu tashqi ko`rinish, xolos. Aslida ana shunday asarlarda ham, diqqat bilan qaralsa, konflikt mavjudligi ayon bo`ladi. Konflikt — lirik she`rlarda ham mavjud. Jumladan, Uyg`uniing «Oyga» nomli lirik hazil she`rini olib ko`raylik: Men go`zalning hajrida kuyib, CHiqqan edim axtarib visol. Sen duch kelib yuzingni tutding, Deding: bo`sa kerak bo`lsa ol. Ammo qancha cho`zmayin labni, YUzlaringga, go`rnimi, etay, So`zlariangga laqqa tushibman, Oshiq bo`lmay, yor bo`lmay ketay, Ijrochi, biror adabiy materialni tanlar ekan, uning konfliktini aniqlab olishi shart. Aks holda, konfliktai aniqlab olishi san`at asarining maqsadsizligi, monotoyaligi, nursizligi va eng muhimi harakatsizligi kabi oqibatga olib keladi. Asar konfliktini to`g`ri belgilash ham muhim ahamiyatga ega, chunki konfliktning noto`g`ri belgilanishi asar talqinini ham o`zgartirib yuboradi va sahna asaridan chiqadigan xulosani mutlaqo keraksiz, ba`zan esa hatto zararli qilib qo`yadi. Asosiy konfliktni to`g`ri xal etish uchun yondosh ziddiyatlarni ham aniq belgilab olish kerak. Asarning ijro etilishi ijrochining o`sha konfliktlarni bartaraf etish uchun kurashi jarayonidir. SHuning uchun ham ijrochi nimaga qarshi kurashayotgani va nimalarni himoya qilayotganini bilishi shart. Boshqacha qilib aytganda, konflikt — to`qnashuv, to`qnashuv — kurash, kurash — harakat demakdir. Harakatlilik esa sahna asarining yagona o`lchovidir. Download 24.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling