Mavzu va g`oya Syudjet Konflikt


Download 24.63 Kb.
bet1/3
Sana25.02.2023
Hajmi24.63 Kb.
#1227592
  1   2   3
Bog'liq
11. Senariydagi boshlovchilar so’zlari ustida ishlash — копия


ASAR MUHITINI O`RGANISH


REJA:

  1. Mavzu va g`oya

  2. Syudjet

  3. Konflikt

  4. Adabiy montaj



Tayanch so’z va iboralar:Asar muhiti,asar mavzusi,badiiy obraz, mavzu, g`oya, syudjet, tugun, kulminatsiya, vaziyat, konfilikt, ekpozitsiya,yechim, prolog, epilog, adabiy montaj.

Ijrochilik asari puxta, mukammal va to`g`ri talqin etilishi uchun uni har tomonlama o`rganib chiqish shart. Bu ish esa tanlangan asarning avtori, uning hayoti va ijodiy faoliyatini o`zlashtirishdan boshlanadi.


Aslida, asar muhitini o`zlashtirmay turib, uning to`g`ri talqini haqida o`ylash imkonsiz. CHunki, asar muhitini o`rganish avtorning tili, uslubi, asarning tarixiy asoslari va yana qator xususiyatlarini o`rganmoq demakdir. Jumladan, Umar Xayyomning:
Tangri, o`zing shunday yaratding meni,
Mayu cholg`uvchiga qaratding meni.
Azalda shu xilda yaratib qo`yib,
Nechun do`zaxingga qulatding meni?
Va:
Bir qo`lda qur`onu, bittasida jom,
Ba`zida- halolmiz, ba`zida harom.
Feruza gumbazli osmoi tagida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom
kabi isyonkor ruboiylarini ijro etish uchun muallifning hayot va ijodi, u yashagan davr va asarlarining o`z davriga, muhitiga bo`lgan munosabati haqida ma`lumotga ega bo`lish lozim.
Furqatning: (Aydi:) «Ey bechora qilding ne uchun tarki vatan?» kabi savolga (Man dedim:) «G`urbatda Furqat bor ekan tahdirda!» deb bergan javobidagi «G`urbat»lar nima ekanligi, nimalar orzusida o`z hayotini garovga qo`yib «tarki vatan» etganligini, ana shu mudhish davrni o`rganmasdan turib, shoirning:
Ayo bodi sabo, olloh uchun tur,
O`zingni Toshkand shahrig`a etkur,
deb boshlanuvchi «Sabog`a xitob» nomli sahnabop maktubini; ijro etish haqida gap ham bo`lishi mumkin emas.
Demak, ijro etish uchun tanlangan asar avtorining dastavval hayot va ijodi bilan tanishib chiqish lozim. Ba`zan avval avtorning hayot va ijodi mukammal o`rganilgach, keyin uning biror asari ijro etish uchun tanlanadi.
Muallifning hayotini o`rganish deganda o`sha sohib qalamning ijodiy siymosi bilan aloqador bo`lgan faktlarni o`rganish kifoya. Jumladan, Akademik shoir G`ofur G`ulomning «Sen etim emassan» she`rlaridan ijro etiladigan bo`lsa shoirning qaerlik, kim ekanligi va u xaqda ma`lumotlar etarli bo`lishi kerak.
Xullas muallif hayotini o`rganilayotgan diqqat-e`tiborni faqatgina xal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lgan xarakterli tomonlarga qaratish lozim. Muallifning ijodini o`rganish uning yozish uslubi, tili, ijodiy yo`nalishi va ideali kabi tomonlarini o`zlashtirish demakdir. Buning uchun, muallifning ijodiy xlzinasidagi eng ahamiyatli asarlarini o`qib chiqish va ular haqida tegishli ma`lumotga ega bo`lish kerak. Jumladan, Oybekiing qaybir asaridan bo`lmasin parcha ijro etmoq uchun, uning «Qutlug` qon», «Alisher Navoiy», «Oltin vodiydan shabadalar», «Bolalik», «Ulug` yo`l», «Dilbar—davr qizi» kabi asarlirini o`rganish shart.
Tanlangan asar muallifning hayoti va ijodi haqida tegishli ma`lumotga ega bo`lgach, asar muhitini o`rganishning ikkinchi. bosqichiga o`tiladi. Bunda ijro etish uchun tanlangan asarning muallif ijodiy xazinasidagi o`rni va qimmati belgilanadi. Ijrochi «nima uchun men boshqa asarni emas, ayni shuni tanladim?" — deb o`z oldiga savol qo`yishi va unga ishonarli, asosli, njobiy javob qaytara olishi kerak.
SHundan keyin asarning o`zini har tomonlama o`rganish boshlanadi. Bu bosqich parcha olinadigan mazkur asarning yozilish tarixi, davri va adabiy-badiiy xususiyatlariga oid qator tomonlarni o`z ichiga oladi.

...Ijrochi biror asar yoki asardan parcha tanlar ekan, uning qanday mavzuda ekanligi katta ahamiyatga ega. Hatto material tanlash ishi mavzudan boshlanishi ham mumkin. Asar mavzuiga qiziqmasdan turib, uni ijro etishga bel bog`lash mantiqqa to`g`ri kelmaydi. Mavzu nima?


Adib biror g`oyani olg`a surmoq uchun turmushni o`rgana boshlaydi, undan o`ziga lozim bo`lgan hodisalarni olib tasvirlaydi va badiiy obrazlar yaratadi. YOzuvchi tomonidan tanlab olinib, badiiy asarda aks ettirilgan ana shu turmush hodisalari asar mavzusi deb ataladi.
Bizning tushunchamizda mavzu muallif tomonidan tanlanib, o`quvchilarga tomoshabinga badiiy obrazlar orqali talqin etilgan xodisalarning umumiy majmuasidir.
Har bir muayyan asar, ayniqsa epik polotnolar, asosiy mavzu bilan birgalikda qator yondosh mavzularni ham qamrab oladi. Jumladan, Said Ahmadning «Jimjitlik» romanining o`zida ommaviy vatanparvarlik tuyg`ulari uchun kurash bilan birga sof muhabbat, axloq, do`stlik va ahillik kabi yana bir qator yondosh mavzular bor.
SHuningdek, O`ktam Usmonovning «Girdob» nomli qissasidagi asosiy mavzu asosan yosh olimning izlanishlari yo`lidag kurashi va so`ngida maqsadiga erishishi bilan birgalikda, asarda muhabbat va sadoqat, xalqning kundalik turmushi kabi mavzularga keng o`rin berilgan.
SHuni ta`kidlash lozimki, yondosh mavzular asosiy mavzuning tarkibiy qismi bo`lib, uning yoritilishiga xizmat qiladi.

...Har qanday asarning qimmati, salmog`i uning g`oyasi bilan belgilanadi. Har qanday ijrochilik san`ati uchun repertuar tanlashning eng muhim sharti ham uning g`oyaviy qimmatidir.


YOzuvchi biror asari orqali o`quvchilarga aytmoqchi bo`lgan asosiy fikri-maqsadiga g`oya deyiladi.
YOzuvchi o`z g`oyasini talqin etmoqlik uchun turmush voqeliklaridai kerakli hodisalarni tanlab oladi va badiiy' obrazlar yaratadi. G`oyaning salmog`i badiiy obrazlarning etuklik darajasi bilan ham chambarchas bog`liq. Agar «O`tgan kunlar» romanidani Otabek va Kumush obrazlari shu qadar to`laqonli bo`lmaganda, mazkur asarda olg`a surilgan g`oyalar ham shu qadar boqiylik kasb etolmagan bo`lur edi.
Odatda asarning yozilishi g`oya tug`ilishi bilan bog`liq deyilsa, xato bo`lmaydi. YOzuvchi biror turmush hodisasini ko`radida, chuqur taassurot natijasida biror fikr — g`oya kurtaklari boshlanadi, so`ngra esa yozuvchi o`sha va o`shanga o`xshagan voqealarni birlashtirib badiiy obraz yarata boshlaydi. O`quvchilar uchun aytmoqchi bo`lgan asosiy fikr (g`oya) tug`ilgach, yozuvchi barcha voqea va hodisalarni shu fikr ifodasiga xizmat qildiradi, bunga aloqasiz narsalarni esa olib tashlaydi.
Lekin masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Ba`zan yozuvchi shu asari bilan nima demoqchi ekanligini, asaridan qanday xulosa chiqarmoqchi ekanligini o`zi ham bilmasligi mumkin.
Ijrochi qanday asarni tanlab olishidan qat`i nazar, uning g`oyasini belgilab olishi shart. Agar ijro etish uchun katta lsarlardan parcha tanlanadigan bo`lsa, unda o`sha parchaning emas, balki asarning g`oyasi belgilanadi va shu g`oya o`sha parchaga tatbiq etiladi. Zarur bo`lganda o`sha parchaning o`zidan chiqadigan g`oyani aniqlash ham mumkin. Agar kichik hajmdagi she`r, doston, ballada va hikoya kabi narsalar bo`lsa, unda shu asardagi g`oya ijrochilik asari uchun ham .yagon.a ozuqa manbai bo`ladi.
SYUJET.
Adib biror maqsad-g`oyani talqin etmoqlik uchun qator hayotiy voqealarni mujassamlashtirib, badiiy obrazlar yaratadi. Badiiy obraz yaratilish jarayoni esa qandaydir bir aniq hodisa yo voqeadan boshlanib, yozuvchi borgansayin uni o`stiradi, boyitadi. U o`z maqsadini ifoda etuvchi hodisalarnigina tashlaydi va ularni aniq rivojlanib, takomillashib boruvchi asosiy voqea yo`nalishi atrofiga birlashtiradi. Asarda muallifning fikri va maqsadlarini ifoda etuvchi turmush hodisalarining o`sib, rivojlanib borishiga syujet deyiladi. YAna soddaroq qilib aytganda, syujet adabiy asarning asosiy mazmun skeletidir. Syujet frantsuzcha sulet — predmet demakdir.
Mana bir misol: shoir Abdusaid Ko`chimovning «Xovuz bo`yida» she`ri shunday ta`riflanadi:
Necha yillar qalibni o`rtab,
Tutab yotgan o`tni so`ndirdi.
Men bu oqshoim katta xovuzda,
Uxlab yotgshan Oyni sindirdim

O`! bog`lanib qolgandim unga,


Mehrimning ming tolasi bilan.
Mayda-mayda qilib tashladim,
Ko`zimning tosh jalosi bilan.

So`z san`ati ijrochiligida tanlangan asarning syujetini bilish muhim ahamiyatga ega. Aslida asar syujetini bilish — uning tuzilishini bilish demakdir. SHuning uchun ham biror asar ijro etish uchun tanlanar ekan, uning syujetini aniqlab olish shart. CHunki syujet liniyasi o`ziga xos qator elementlardan iborat bo`lib, bu elementlar ijrochilik asarida ham o`z o`rnida qolishi kerak. Bu elementlar quyidagilardan iborat:


Tugun. Har qanday asar manzara, hodisa tasviri yoki dialogdan boshlanadi va asta-sekin rivojlanib boradi. Keyingi voqealar rivojlanishiga turtki beruvchi dastlabki to`qnashuv va hodisalarning bog`lanishiga tugun deyiladi.
Masalan, Abdulla qahhorning «Adabiyot muallimi» nomli hikoyasidagi tugun hikoya qahramoni Boqijon Baqoevning «hayvon! Sigir emas, hayvon!» — deb og`ildan jahl bilan chiqish joyida. Bu asarlarda ham keyingi voqealar ana shu tugunlardan rivojlanadi.

Download 24.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling