Mavzu va g`oya Syudjet Konflikt
Download 24.63 Kb.
|
11. Senariydagi boshlovchilar so’zlari ustida ishlash — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar Asar muxitini o`rganish nima degani Mavzu va g`oya so`zlariga ta`rfi bering.
- Adabiy montaj va uning o`ziga xos jihatlarini tushuntirib bering.
ADABIY MONTAJ
Adabiy montaj — katta bilim va mahorat talab qiluvchi san`atdir. Biror asarni montaj qilish uchun kirishgan kishi o`sha asarni mukammal bilishi, o`z oldiga qo`ygan ijrochilik vazifasini aniqlab olgan bo`lishi, adabiyot va san`at nazariyasidan etarlicha ma`lumotga ega bo`lishi shart, Adabiy montaj — ijrochilik uchun tanlangan asarni qisqartirish, zarur bo`lgan qismlarini ajratib olish, kompozitsion muvofiqlashtirish, xullas, ijrochilik uchun moslash demakdir. SHuni aytish kifoyaki, teatr, kino, televidenie, radio orqali ijro etiladigan aearlarning qariyb hammasi-montaj qilinadi va ijrochilik maqsadiga muvofiqlashtiriladi. Qo`llanmada berilgan misollar, ayniqsa parchalarning hammasi ham montaj qilingan holda keltiriltan. Ayrim kichik va ihcham asarlargina bundan mustasno, xolos. SHuning uchun ham adabiy montaj namunalari tarzida qo`llanmadagi aksariyat asar va asarlardan keltirilgan parchalarga murojaat etish mumkin. Montaj uchun oliy maqsadni bilish yana shuning uchun ham kerakki, bir adabiy asardan turli ijrochi va turli rejissyor turlicha oliy maqsadni olg`a suruvchi, bir-biriga o`xshamagan montaj tuzishi mumkin. Ta`kidlanganidek, ijro etiladigan asarlarning aksariyati montaj qilinadi. Aks holda, SHekspir, SHiller asarlarini to`la teksti bilan sahnalashtirishni tasavvur qilib ham bo`lmaydi. SHuning uchun asarlari sahna ko`rgan, rejissyor va ijrochilar bilan hamkorlikda ish qilgan ko`pgina mualliflar bu jarayonni yaxshi biladilar va bu ishda san`atkorlarga yaqindan ko`maklashadilar. Biroq, adabiy asarlarni montaj qilish shart ekan deb unga palapartish qo`l urish, engiltak munosabatda bo`lishdan o`zni tutish kerak. To`g`rirog`i, har bir ijrochi, rejissyor biror asarni montaj qilish uchun kirishar ekan, muallifga nisbatan ham, o`sha asarga nisbatan ham adolatli bo`lishi, mantiq va badiiy etuklikka putur etkazmaslikka, aksincha, asarning sahna va badiiy so`z ijrochiligi variantida yanada izchillashuvi va kamol topishiga intilishi kerak. Buning uchun esa, san`at va adabiyot nazariyasini mukammal egallash, tanlangan asarni har tomonlama o`rganish, xullas, katta bilim va mahorat egasi bo`lish kerak. Nazorat uchun savollar Asar muxitini o`rganish nima degani? Mavzu va g`oya so`zlariga ta`rfi bering. Syudjet va uning bo`laklari haqida nimalarin bilasiz? Konflikt so`zini to`liq misollar bilan izoxlab bering. Adabiy montaj va uning o`ziga xos jihatlarini tushuntirib bering. Download 24.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling