2020 yilning may oyi davomida yuridik shaxslar tomonidan chet el valutasiga bo‘lgan talab joriy yilning o‘tgan oylari darajasida saqlanib qoldi va 1 025 mln AQSh dollarini tashkil etdi. - 2020 yilning may oyi davomida yuridik shaxslar tomonidan chet el valutasiga bo‘lgan talab joriy yilning o‘tgan oylari darajasida saqlanib qoldi va 1 025 mln AQSh dollarini tashkil etdi.
- Jumladan, hisobot oyida birjadan tashqari valuta bozorida xo‘jalik sub'yektlari tomonidan 258 mln AQSh dollari miqdorida chet el valutasi sotib olingan bo‘lsa, valuta birjasidagi operatsiyalar hajmi 767 mln AQSh dollarini tashkil etdi.
- Valuta bozorida chet el valutasini sotib olish maqsadlari tarkibida asosiy ulush (63 foizi) ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, tovarlar va xomashyo importi, 21 foizi – xalq iste'moli tovarlari va dori-darmon mahsulotlari importi, 13 foizi – xorijiy kreditlarni so‘ndirish va qolgan 3 foizi – boshqa maqsadlar uchun xarid qilingan.
Joriy yilning may oyida jismoniy shaxslar tomonidan valuta ayirboshlash shaxobchalari orqali sotilgan chet el valutasi miqdori 354 mln AQSh dollarini tashkil etib, aprel oyiga nisbatan 2,1 barobarga oshdi (2020 yilning aprel oyida - 172 mln AQSh doll.). Mazkur davrda jismoniy shaxslar tomonidan 217 mln AQSh dollari sotib olinib, ushbu ko‘rsatkich aprel oyiga (321 mln AQSh doll.) nisbatan 32 foizga pasaydi. - Joriy yilning may oyida jismoniy shaxslar tomonidan valuta ayirboshlash shaxobchalari orqali sotilgan chet el valutasi miqdori 354 mln AQSh dollarini tashkil etib, aprel oyiga nisbatan 2,1 barobarga oshdi (2020 yilning aprel oyida - 172 mln AQSh doll.). Mazkur davrda jismoniy shaxslar tomonidan 217 mln AQSh dollari sotib olinib, ushbu ko‘rsatkich aprel oyiga (321 mln AQSh doll.) nisbatan 32 foizga pasaydi.
- Hisobot oyi davomida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga kelib tushgan valuta mablag‘lari hajmi 485 mln AQSh dollarini tashkil etib, aprel oyi ko‘rsatkichiga nisbatan 1,9 barobarga yoki 235 mln AQSh dollariga oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |