Mavzu: Valyuta bozorining makroiqtisodiy tahlili Reja: Kirish Asosiy qism


Download 155.92 Kb.
bet9/10
Sana18.06.2023
Hajmi155.92 Kb.
#1599325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Valyuta bozorining makroiqtisodiy tahlili

III. Аlmashuv kursi dinamikasi
2021-yilda milliy valyutaning almashuv kursi dinamikasi ichki valyuta bozoridagi talab va taklif faktorlari hamda tashqi omillar taʼsirida shakllandi.
Xususan, respublikada iqtisodiy va investitsion faollikning tezlashishi natijasida valyutaga boʼlgan talabning oʼsishi oʼz navbatida qulay tashqi sharoitlar va jahonda asosiy eksport tovarlarimizga boʼlgan narxlarning oshishi fonida xoʼjalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan valyuta taklifining koʼpayishi bilan muvozanatlandi.
Natijada, hisobot yilida milliy valyutaning АQSh dollariga nisbatan kursi 3,4 foizga qadrsizlandi. Milliy valyutaning АQSh dollariga nisbatan qadrsizlanishi 2020-yilda 10,1 foizni hamda 2019-yilda 13,9 foizni tashkil etgan.
2021-yilda real samarali almashuv kursi indeksi savdo-hamkor davlatlar valyuta kurslarining qadrsizlanishi hamda ichki inflyatsiyaning hamkor davlatlar inflyatsiya darajasiga nisbatan yuqoriroroq boʼlishi hisobiga 5,2 foizga mustahkamlandi.


Xulosa
Davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillarida milliy valyutamizning joriy operatsiyalar bo’yicha ayirboshlanishini amalga oshirish uchun respublikamizda zarur shart-sharoit mavjud emas edi. O’tgan o’n to’rt yil davomida esa aynan shu shart-sharoitni yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Jahon tajribasidan malumki, ko’pgina mamlakatlar bozor munosabadari ma’lum darajada shakllanib, iqtisodiyotning rivojlanishi muayyan bosqichga etganidagin milliy valyuta konvertatsiyasiga erishishgan. Ushbu davlatlarda amalga oshirilgan barcha islohotlar asosida, shu jumladan, tashqi iqtisodiy aloqalarda ham o’z mamlakati manfaatlari ko’zda tutilgan. Agarda ulardagi islohotlar jarayoni hamda XVF Nizomining 8-moddasini qabul qilish vaqtiga e’tibor qaratsak, ushbu fikrimiz yana bir bor o’z tasdig’ini topadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi va o’tkazilgan tahlillarga suyangan holda, O’zbekiston hukumati va Markaziy bank o’z imkoniyatlarimizni puxta chamalab, milliy valyuta konvertatsiyasiga boshichma-bosqich o’tish siyosatini olib bordi. Hukumatimiz tomonidan olib borilgan oqilona valyuta siyosati natijasida ko’plab investitsion loyihalar amalga oshirildi. Bu borada, ayniqsa, xorijiy kredit yo’nalishlarini o’zlashtirish asosida xususiy sektorda amalga oshirilayotgan loyihalarning o’rni salmoqli bo’lmoqda. Pirovardida mustaqillik yillarida respublikamizda meva va sabzavotni qayta ishlash, go’sht va sut maxsulotlari, sariyog’, pishloq, yogurt, qandolatchilik, non va non maxsulotlari, shuningdek, dori-darmon ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ko’plab korxonalar tashkil etildi. O’zbekistonda XVF Nizomining 8-moddasini imzolash, ya’ni joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning erkin konvertatsiyasini joriy etish uchun real iqtisodiy asos yaratilganmi, degan savolga to’la ishonch bilan “xa” deb javob berish mumkin. Chunki hozirda, mamlakatimizda so’mning erkin ayirboshlanishiga o’tish jarayonining uzviyligini tauminlash hamda bu boradagi majburiyadarni samarali bajarish imkonini beruvchi mustahkam poydevor yaratildi. Respublikamizda islohodarning keyingi bosqichidagi vazifalarga mos ravishda valyuta siyosati ham takomillashtirib borilmoqda. Hozirgi bosqichda ichki valyuta bozorini yanada erkinlashtirish hamda milliy valyutamizning joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha erkin konvertatsiyasini joriy etishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, valyuta siyosatini erkinlashtirish iqtisodiyotning eksportga yo’naltirilgan tarmoqlarini raq’batlantirishda muhim turtki bo’ladi. Bu esa o’z navbatida, iqtisodiyotning an’anaviy va yangi tarmoqlarida markazlashmagan eksport hajmining oshishiga, kichik va o’rta biznes korxonalarining tashqi bozordagi faoliyati jadallashuviga hamda xalqaro bozor konuyunkturasiga moslashib borishiga va oxir-oqibat ularning mamlakat YalMdagi salmog’ining ortishiga olib keladi. Shuningdek, valyuta bozorining erkinlashtirilishi banklarning moliyaviy vositachilik rolini oshirish, ularning depozit va investitsiya faoliyatini jadallashtirish, korxonalar o’rtasidagi to’lovlarni tezlashtirish hamda iqtisodiyotdagi o’zaro qarzdorlikni kamaytirishga ijobiy ta’sir qiladi. Bundan tashqari, so’mning almashuv kursini barqaror ravishda saqlab turilishi respublikamizning valyuta, pul va moliya bozorlarini mustaxkamlaydi, inflyatsion jarayonlarni hamda valyuta kursi bilan boq’liq xavf-xatarni kamaytiradi, xo’jalik yurituvchi subuektlarning buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarini yuritish, soliqlar, bojxona hamda boshqa to’lovlarni amalga oshirish jarayonini engillashtiradi. Shuni ham alohida taukidlab o’tish joizki, valyuta rejimining erkinlashtirilishi nafaqat xo’jalik yurituvchi subuekdarga, balki aholi uchun ham xorijiy valyutalarga bo’lgan ehtiyojlarini yanada to’laroq qondirishga keng imkoniyadar ochib beradi. Nihoyat milliy ishlab chiqaruvchilar, xususan, xalq istemoli mollari, oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalarining yanada samarali faoliyat ko’rsatishi uchun yangi imkoniyadar yaratiladi. Bunday korxonalarda ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan va xorijdan keltiriladigan xom - ashyo hamda ehtiyot qismlarni import qilish uchun valyuta mablag’larini erkin sotib olish imkoniyati yanada kengayadi. Bu esa ichki bozorni o’zimizda ishlab chiqariladigan sifadi iste’mol mahsulodari bilan to’ldirishga olib keladi. Bir so’z bilan aytganda, valyuta rejimining erkinlashtirilishi O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy hamjamiyatdagi nufuzini yanada oshirish, mamlakatimizdagi investitsion muhitni yaxshilash, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni rag’batlantirish, iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini oshirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish orqali iqtisodiyotimizga salmoqli ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’zbekistonda valyuta siyosatining ta’sirchanligini oshirish borasida bir qator muammolar mavjud. Hozir ularni hal qilish dolrzarb masalalardan biridir. Mazkur muammolar hal qilinsa, valyuta siyosatini takomillashtirish va demakki, valyuta siyosati iqtisodiyotni yanada barqarorlashtirish va milliy valyuta qadrini oshirish uchun xizmat qilishiga zamin yaratiladi.



Download 155.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling