Mavzu: Valyuta bozorining makroiqtisodiy tahlili Reja: Kirish Asosiy qism


Download 155.92 Kb.
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi155.92 Kb.
#1599325
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Valyuta bozorining makroiqtisodiy tahlili


Mavzu: Valyuta bozorining makroiqtisodiy tahlili


Reja:
Kirish
Asosiy qism:
1.O’zbekiston respublikasi milliy valyuta bozori
2. O’zbekiston respublikasi valyuta siyosati
3. O’zbekiston ichki valyuta bozorining makroiqtisodiy tahlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish.
Jamiyat xo’jalik faoliyatining baynalmilallashuvi, bir turdagi milliy valyutalarni boshqa turdagi milliy valyutalarga almashinishiga ob’ektiv zarurat tug’diradi. Bunday zarurat, talab va taklifning ta’siri asosida valyutani o’ziga xos bahosi - valyuta kursi shakllanadigan maxsus bozorda tug’ilib, amalga oshadi. Mazkur bozor o’z ichiga, xorijiy valyutalarni bir-biriga ayirboshlash bilan bog’liq jami munosabadarni olgan holda, ularning mohiyati, hukmron valyuta tizimini xarakteri bilan belgilanadi. Jahon bozori tizimida xorijiy valyutalar bozori, tovarlar va kapitallar bozoriga nisbatan ob’ektiv ravishda ikkilamchi o’rinni egallab, ularga xizmat ko’rsatadi.
Rivojlangan davlatlar iqtisodchilari, ko’p hollarda, valyuta bozorini milliy,
xorijiy banklarni va broker firmalarni o’zaro bog’lovchi zamonaviy aloqa vositalarni tizimi deb atashadi. Ba’zi paytlarda, valyuta bozori deganda, uning asosiy sub’ekdari sifatida, odatda banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlar yig’indisi tushuniladi. Masalaga bunday yondashish, bozorni tashqi tashkil etilishini o’ziga xos xususiyatlarini aks ettirgan holda, uning mohiyatini ochib bermaydi.
Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda valyuta siyosati muhim o’rinni egallaydi. Valyuta siyosati milliy valytani barqaror saqlab turishda eng yaxshi vosita hisoblanadi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin, biz eng avvalo, o’z milliy valyutamizga ega bo’lish muammosini o’rtaga tashladik. Chunki milliy valyuta ega bo’lgan davlatda o’z fuqarolari uchun, qisqasini aytganda o’z hududida erkin savdoni amalga oshirish oson bo’ladi. Shu bilan birga o’z milliy valyutasining qadrini jahon miqyosida oshirishga qaratilgan siyosatlar olib borildi. Milliy valyutamiz ta’sis etilgandan keyingi davrlada O’zbekiston milliy valyuta qadrini oshirishni ko’zda tutgan valyuta siyosati, eksport va import siyosatlarini olib borishdi. Hozirgi davrga kelib milliy valyutamizning qadri esa chet el valyutalariga nisbatan anchagina yaxshi holatda desak bo’ladi.
Keyingi yillarni tahlil qiladigan bo’lsak, O’zbekistonda chet el investorlarini jalb qilish juda ham katta yordam beryapti. U iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlariga erishishga qaratilgan bo’lib, iqtisodiy o’sish barqarorligi, inflyatsiya, narxlar, ishsizlik va makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni barqaror ushlab turishni ta’minlashga qaratilgan siyosatdir.
Milliy valyuta qadrini oshirish har bir davlatning oldiga qo’ygan maqsadlaridan biri hisoblanadi. Har bir davlat o’z valyutasi qadrini oshirishda chet el tashkilodarining ularga qaratgan yordamlaridan kelib chiqsa ham bo’ladi. Chunki bunday tashkilodar davlatga uzoq muddadi kreditlar kiritish natijasida, davlatdagi bozor muhitini yanada rivojlantirib yuboradi. Qo’shma korxonalar faoliyati aynan shu narsalar bilan bog’liq. Ular ishlab chiqargan mahsulotlar
mamlakat bozorlarida o’z haridorligini namoyish qiladi, balki chet elda ham o’z
hardidorlariga ega bo’ladi. Bu o’sha davlatga bo’lgan qiziqishni keltirib chiqaradi, eksport qilish ortadi, milliy valyuta qadri chet el valyutalariga nisbatan yaxshilanadi. Biz shunday milliy valyuta siyosatini olib borishimiz mumkinki, natijada milliy valyuta qadrini oshirish va valyuta operatsiyalari harakatini erkinlashtirish yuzaga chiqish mumkin bo’ladi.
Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari tizimida Markaziy bankning valyuta
siyosatining iqtisodiyotga ta’siri kapitallarni eksport va import qilishni
rag’badantirishda namoyon bo’ladi. Buning mazmuni milliy valyuta kursini barqaror saqlab turish bilan belgilanadi. Milliy valyuta kursini barqaror ushlab turish uchun esa, hozirgi davrda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankiga oltin – valyuta zaxiralarini boshqarish topshrilgan. So’mning nisbiy barqarorligiga faqat
makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni bir maromda yetkazilgadagina erishish mumkin.
Keyingi yillarda ichki inflyatsiya darajasining pasayishi O’zbekiston tovarlarining eksportini importga qaraganda ancha foydali qilib qo’yishi kerak edi. Lekin aslida tamoyil shuning teskarisini ko’rsatadi. O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tovarlarning jahon bozoridagi jozibadorligiga ta’sir ko’rsatishi, shuningdek, o’zbek ishlab chiqaruvchilarining maxsulotni eksport qilishdan manfaatdorligini oshirishga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan kuchli vosita milliy valyutaning real kursini devalvatsiya qilishdan(devalvatsiya sur’adari inflyatsiya sur’atlaridan yuqori bo’lganda) iboratdir. Shu maqsadda so’nggi yillarda O’zbek so’mining AQSH dollariga nisbatan silliq devalvatsiyasi amalga oshirib kelindi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki valyuta siyosati, o’ziga xos
xususiyatlaridan kelib chiqmoqda. Markaziy Bankning valyuta siyosati ta’sirchanligi qancha oshsa, shu darajada iqtisodiyotimiz barqarorligi kafolatlanadi.

Asosiy qism



Download 155.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling