Mavzu: Valyuta bozorining makroiqtisodiy tahlili Reja: Kirish Asosiy qism


Download 155.92 Kb.
bet5/10
Sana18.06.2023
Hajmi155.92 Kb.
#1599325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Valyuta bozorining makroiqtisodiy tahlili

Beshinchi muammo, albatta yuqorida bayon etilgan barcha muammolar bilan bevosita bog’liq bo’lgan milliy pul birligi “so’m”ni boshqa xorijiy valyutalarga erkin ayirboshlanish muammosidir. Albatta, milliy valyutani erkin ayirboshlanish muammosini xal etilishi mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib bergan bo’lar edi. Ammo, ushbu masalani bir zumda xal etib bo’lmaydi. Hukumatimiz tomonidan valyuta cheklovlarini bosqichma-bosqich bekor qilib borilishi, ushbu muammoni xal etishni yagona to’g’ri yo’li deb atasak ham bo’ladi. Shubhasiz, ichki valyuta bozorini va iqtisodiyotning barcha tashqi aloqalarini rivojlanishiga milliy valyutani konvertatsiya bo’lmasligi to’sqinlik qilmoqda. Iqtisodiqtni qayta qurishni boshlang’ich davridan boshlab faoliyat ko’rsataqtgan mavjud mexanizm iqtisodiy ko’rsatkichlar va mablag’lar harakatini bo’g’ilishi sababli ayni vaqtda oqsoqlanmoqda va o’zida valyuta zaxiralarini qayta taqsimlashning bozor munosabatlariga to’g’ri kelmaydigan ko’rinishini aks ettirmoqda. Lekin ushbu muammo ancha murakkab bo’lib, iqtisodiy tizimning tarkibiy tuzilishni o’zgartirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish bilan bog’liq bo’lgan bir qator chora tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. Joriy operatsiyalar bo’yicha konvertatsiyaga bosqichma bosqich o’tish xo’jalik sub’ektlari uchun teng sharoit yaratib berishi va eksporterlar manfaatini ko’zlashi zarur. Ushbu muammoni kelgusida hal etishning yana bir vositasi bu respublikada banklararo valyuta bozorini rivojlantirishdir va bu yo’nalish valyuta bozorini erkinlashtirishning asosiy bo’g’inlaridan biri bo’lib qoladi.
Oltinchi muammo, respublikamiz ichki bozorida forvard, fyuchers, optsion, svop valyuta operatsiyalari va ularga taaluqli bozorlarini rivojlanmaganligidir. Ushbu operatsiyalarning rivojlanmaganligiga yuqorida barcha ko’rsatib o’tilgan mamlakatimiz ichki valyuta bozorida mavjud muammolar sabab bo’la oladi.
Bir qator mamlakatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, milliy valyutani erkin
ayirboshlanishiga ular iqtisodiy rivojlanishning hamda bozor iqtisodiyotiga o’tishning qaysidir bosqichida erishganlar. Bunday maqsadga erishish tovar ishlab chiqarishning, mehnat samaradorligini, milliy mahsulotlarning sifatini, eksport salohiyatini oshirishning yanada tubdan yaxshilanishini talab etadi. Misol tariqasida shuni aytish lozimki, xatto jadal ravishda rivojlanib kelayotgan Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya,Isroil, Janubiy Koreya, Tailand kabi davladar milliy valyuta konvertatsiyasini ta’minlashga tegishli XVFning VIII moddasiga faqat 90-yillarga kelibgina imzo qo’yganlar.
Yana shuni aytib o’tish joizki, Rossiya va Qozog’istonda o’tish jarayoni
mobaynida vaqtidan oldin valyuta tizimini erkinlashtirish va tashqi savdo aylanmasini tartibga solish iqtisodiqtni barqaror rivojlanishiga olib kelmadi va natijada xalq xo’jaligining muhim ob’ektlari xorijiy investorlar tomonidan arzon narxda sotib olindi hamda yirik miqdordagi valyuta mablag’larini xorijiy davladarga oqib ketishi vujudga keldi.

Download 155.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling