Mavzu: Valyuta bozorining makroiqtisodiy tahlili Reja: Kirish Asosiy qism


Download 155.92 Kb.
bet6/10
Sana18.06.2023
Hajmi155.92 Kb.
#1599325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Valyuta bozorining makroiqtisodiy tahlili

Yettinchi muammo, Respublikaning yana bir jiddiy makroiqtisodiy
muammolaridan biri bu uning tashqi savdo balansining holatidir. Bu erda bir fikrni
aytib o’tish joizki, O’zbekiston paxta, oltin va boshqa rangli metallar ko’rinishidagi eksport salohiyatiga ega bo’lib ushbu bozorlarda jahon konyukturasini barqaror halati mavjud bo’lganda o’zining savdo balansida ijobiy saldoni hamda kerakli oltin va valyuta zaxiralarini shakllantirish bo’yicha katta imkoniyatlarga ega.
Bir vaqtning o’zida bu erda bir qator jiddiy cheklanishlar ham mavjud. Birinchidan, bu paxta, oltin va mis kabi eksport mahsulotlarini doimiy ravishda ishlab chiqarishni ko’paytirishni ilojisi bo’lmasligidadir. Ikkinchidan, ushbu mahsulodarning eksport qilinishining qiymat xajmi jahon bozoridagi narxlarning o’zgarishiga boq’liqligidir va shu sababli ularning narxi o’zoq vaqt mobaynida barqaror bo’lmasligi mumkin. Uchinchidan, iqtisodiqtning yuqori sur’adarda o’sishi import xajmini (xom-ashyo, budovchi qismlar va materiallar) ortishini talab etadi, bu esa o’z navbatida eksport xajmini keskin ravishda o’stirishni taqazo etadi.
Bu erda qarama-qarshilik shundan iboratki, import bo’yicha cheklovlar mavjud bo’lganda yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlariga erishish juda ham qiyin. Biroq, importni o’sish sur’atlari eksportdan ortib ketishi to’lov balansi kamomadini keltirib chiqaradi va mamlakatning makroiqtisodiy holatini qmonlashuviga olib keladi. Bunday holat, oqibatda haqiqatda kerak bo’lgan investitsion dasturlarni moliyalashtirishni qiyinlashtiradi va iqtisodiy o’sish bo’yicha bir qator mummolarni keltirib chiqaradi.
Muammolarni turli xil bo’lishi va ularni xal qilish yo’llarini izlash, valyutani
birjadan tashqari kursini devalvatsiya qilish, valyuta kurslarini ko’p xilligini bartaraf etish, jixozlar, butlovchi qismlar va xom ashyoni hand qiluvchi korxonalarni hamda ahvolini ancha qiyin axvolga solib qo’yishi aqn. Bu jarayon o’rta va o’zoq muddatli davrda amalga oshishi kutilayotgan qayta qurish sur’atlarini va iqtisodiy o’sishni sekinlashtirib qo’yadi.
Respublikadagi valyuta bozorining makroiqtisodiy muammolarini hal etish,
valyuta operatsiyalarini amalga oshirishni kengaytirishning asosi sifatida xizmat
qiluvchi banklar va real sektor korxonalarining valyuta mablag’larini ko’paytirish
milliy valyuta bozorida ushbu korxona va banklar faoliyat ko’rsatishini yanada yangi pog’onaga yoki darajaga olib chiqadi. Ushbu yangi daraja ularga quyidagilarni ta’minlaydi:
-xalqaro to’lovlarni amalga oshirishda va eksport-import operatsiyalari bo’yicha real sektor korxonalariga o’z vaqtida xizmat ko’rsatish;
-valyuta va kredit tavakkalchiliklarini boshqarish;
-valyuta, kredit, moliya bozorlarida kapitalni erkin oqishi va muomalada
bo’lish;
-banklar, korxonalar va davlatning valyuta zaxiralarini diversifikatsiyalash;
-valyuta kurslarini mutanosib boshqarilishi va muvofiqiashtirilishi;
-bozor kanallari orqali davlat tomonidan iqtisodiqtni boshqarish maqsadida
muqobil valyuta siqsatini o’tkazish.
Milliy valyuta bozori. 2017 yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o‘rta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Ushbu yo‘nalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog‘liq amaliy qadamlar bo‘ldi. Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan foydalanilishi, o‘z navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini takomillashtirish imkoniyatini beradi. Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bog‘liq. Ichki valyuta bozorini yanada liberallashtirish va kurs siyosatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar. Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish bozor mexanizmlari asosida erkin shakllanadigan suzib yuruvchi valyuta kursining amal qilishini talab etadi. Bunda, Markaziy bankning valyuta siyosati va intervensiya strategiyasining aniq belgilab olinishi, shaffoflikning ta’minlanishi hamda qabul qilinayotgan qarorlarni valyuta bozori ishtirokchilari tomonidan to‘liq tushunilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan, ichki valyuta bozorini erkinlashtirishda milliy valyuta ayirboshlash kursining shakllanishida bozor sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning davom ettirilishi Markaziy bankning mazkur yo‘nalishdagi ustuvor vazifasi bo‘lib qoladi. Ushbu maqsadda Markaziy bankning valyuta kurslari shakllanish jarayoniga aralashuvini kamaytirib borish, valyuta intervensiyasi strategiyasini erkin suzib yuruvchi valyuta kursi tamoyillari asosida takomillashtirish hamda iqtisodiyot sub’ektlari va valyuta bozori ishtirokchilarini yangi sharoitlarda ishlashga tayyorlab borish ko‘zda tutilmoqda. O‘rta muddatli davrda Markaziy bank intervensiyalarining valyuta kursi shakllanishiga yuqori darajada ta’sir ko‘rsatishining oldini olish maqsadida keyingi davrlarda amalga oshiriladigan intervensiyalar neytral xususiyatga ega bo‘ladi. Xalqaro amaliyotda valyuta bozorida almashuv kursining erkin o‘rnatilishida markaziy bankning minimal ishtiroki talab etiladi. Bunda faqatgina inqirozli vaziyatlar yuzaga kelgandagina valyuta kursining keskin tebranishlarini oldini olish va valyuta bozorini barqarorlashtirish maqsadida Markaziy bank intervensiyani amalga oshiradi. Biroq O‘zbekiston sharoitida Markaziy bankning valyuta bozorida muntazam ishtirok etish zaruriyati Markaziy bank tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalardan monetar oltin va boshqa qimmatbaho metallarni bevosita sotib olinishi bilan izohlanadi. Qimmatbaho metallarning bevosita Markaziy bank tomonidan sotib olinishi milliy valyutadagi mablag‘larning to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiyotga tushishiga va inflyatsion xatarlar oshishiga olib keladi. Ayni vaqtda qimmatbaho metallarni sotishdan tushadigan valyuta mablag‘lari esa ichki valyuta bozoriga tushmaydi. Markaziy bank tomonidan qimmatbaho metallarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilishining salbiy ta’sirini oldini olish va valyuta bozori muvozanatliligini ta’minlash maqsadida Markaziy bank valyuta bozorida tegishli miqdorlarda xorijiy valyutaning muntazam sotuvini amalga oshirib boradi. Xalqaro amaliyotda ishlab chiqaruvchilardan qimmatbaho metallarni xarid qilish va valyuta tushumlarini ichki valyuta bozorida sotish borasidagi to‘laqonli va samarali vositachilik funksiyasini Markaziy bank tomonidan bajarilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri intervensiya hisoblanmaydi. Bunda Markaziy bank tomonidan xorijiy valyutaning sotilishi faqatgina vositachilik xususiyatiga ega bo‘lib, Markaziy bankning valyuta bozoridagi faol ishtiroki almashuv kursini boshqarish maqsadini ko‘zlamaydi hamda klassik ma’nodagi intervensiya deb hisoblanmaydi. Bugungi kunda aholining inflyatsion kutilmalari ko‘p jihatdan valyuta bozoridagi almashuv kursining dinamikasi bilan bog‘liqligini inobatga olgan holda, qisqa muddatli davrda milliy valyuta kursining barqarorligini ta’minlash pul-kredit siyosatining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunda, almashuv kursi barqarorligini ta’minlash vazifasi bevosita markaziy bankning to‘g‘ridan-to‘g‘ri intervensiyalari hisobiga emas, balki quyidagi choralarni bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish orqali ta’minlanadi: -qisqa muddatli davrda valyuta kursi o‘zgarishi tebranishlari kengligini bosqichma-bosqich oshirish yo‘li bilan valyuta bozoridagi talab va taklif muvozanatiga erishish hamda valyuta bozorini ta’minlanganlik darajasini oshirish; -pul-kredit siyosatining foiz va boshqa instrumentlarini ustuvor ravishda qo‘llash hamda bank tizimida tegishli hajmdagi likvidlikni saqlab turish orqali valyutaga bo‘lgan talabga ta’sir ko‘rsatish.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun Markaziy bank “xalqaro valyuta zaxiralarining neytralligi” tamoyiliga amal qiladi, ya’ni ishlab chiqaruvchilardan qimmatbaho metallarni xarid qilish natijasida bank tizimiga tushgan milliy valyutadagi mablag‘larning sterilizatsiyasini amalga oshiradi. Shu bilan birga, iqtisodiyotda mavjud yuqori inflyatsion bosimning milliy valyuta kursi barqarorligiga salbiy ta’sirini inobatga olib, kelajakda valyuta kursining barqarorligini ta’minlash ko‘p jihatdan inflyatsiya darajasini pasaytirishga bog‘liq bo‘ladi. Real almashuv kursining muvozanatli darajasini ta’minlash uchun valyuta kursining dinamikasi ichki bozordagi hamda asosiy savdo hamkor mamlakatlardagi narxlar darajasining o‘zgarishini o‘zida aks ettirishi kerak. Ushbu jihatlar hamda valyuta bozorining joriy rivojlanganlik darajasini inobatga olgan holda, Markaziy bank intervensiya siyosatida dastlabki bosqichlarda asosiy e’tibor fundamental omillar emas, balki qisqa muddatli davrda valyuta bozorida talab va taklifning nomuvofiqligi natijasida yuzaga keladigan valyuta kursidagi keskin tebranishlarning oldini olishga qaratiladi. O‘rta muddatli istiqbolda ichki valyuta bozorini rivojlantirish vazifasiga valyutani tartibga solish va valyuta kursi shakllanishini liberallashtirish, jumladan, almashuv kursi tebranishi chegaralarini oshirish vositasida erishiladi. Bu, o‘z navbatida, valyuta bozorining rivojlanish va ta’minlanganlik darajasini oshirishga hamda valyutaga bo‘lgan talab va taklifning muvozanatiga erishish uchun bozor mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Valyuta svopi, valyuta opsionlari, fyucherslar va shu kabi instrumentlarni amaliyotga joriy qilinishi valyuta bozorini rivojlantirish va valyuta almashuv kursi barqarorligini ta’minlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratadi.
2. O’zbekiston Respublikasi valyuta siyosati O`zbekiston Respublikasida valyuta siyosatini yanada riojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 02.09.2017 yildagi PF-5177-son farmoni qabul qilindi. Hujjatda quyidagilar valyuta siyosatini liberallashtirishning asosiy ustuvor yo'nalishlar qilib belgilangan: Barcha davlat organlarining nazorat-cheklash orqali boshqarish usullarini himoyalash-rag'batlantirish yondashuviga o'zgartirish, bunda xususiy aktivlarni o'z ixtiyoriga ko'ra boshqarish huquqini amalga oshirishni ta'minlash va qulay investitsion iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yaratishni ko'zda tutish; Respublikaning eksport salohiyatini rag'batlantirish, milliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish; Tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokchilariga valyuta operatsiyalarin amalga oshirishda teng sharoitlar yaratish, bunda alohida korxona yoki sohalarga imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish amaliyotini taqiqlash; Milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan qiymatini faqatgina bozor mexanizmlaridan foydalangan holda o'rnatish; Milliy valyuta barqarorligiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi qonunchilik normalarining o'rnatilishiga yo'l qo'ymaslik. Quyidagilar bilan mos keluvchi tartiblarning o'rnatilishi rejalashtirilmoqda: O'zbekiston hududida sotilayotgan (ko'rsatilayotgan) tovarlar va xizmatlar narxlari, jamiyatlar ustav kapitaliga eng kam talablar faqatgina milliy valyutada belgilanishi lozim; O'zbekiston hududida tovar va xizmatlar uchun xorijiy valyutada to'lovlarni amalga oshirish to'lov kartalar orqali to'lovlarni amalga oshirish istisno qilingan holda qat'iyan taqiqlanadi; O'zbekiston hududida davlat bojlari, yig'imlar va boshqa majburiya to'lovlar faqatgina milliy valyutada qabul qilinadi, bunda O'zbekiston norezidentlaridan erkin bojxona zonalari va erkin omborxonalar hududlarida olinadigan bojxona yig'imlari istisno etiladi. Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mablag'larini erkin tasarruv etish huquqlarini to'laqonlik ta'minlash maqsadida quyidagilar o'rnatiladi: Valyuta daromadlari va yuridik shaxslar hisoblarida mablag'lar mavjud bo'lgan hollarda xorijiy valyutada foyda, dividentlar va boshqa daromadlarni aksionerlar (ishtirokchilar) qarori asosida to'lashga ijozat beriladi; O'zbekiston hududida jismoniy shaxslar o'rtasida bank o'tkazmalari, pochta o'tkazmalari yoki to'lov tizimlaridan foydalangan holda xorijiy valyuta mablag'larini ўтказишга ruxsat beriladi; Yakka tartibdagi tadbirkorlarga yuridik shaxs tashkil etmasdan o'z bank hisoblari orqali import mahsulotlari va xizmatlari uchun to'lovlarni amalga oshirishga ijozat beriladi; Eksportyor va importyorlar ular tomonidan imzolangan tashqi savdo shartnomalari bo'yicha to'lov shaklini valyuta nazorati qonunchiligi doirasida o'z xohishiga ko'ra erkin tanlaydi; Hukumat qarorlari bilan o'rnatilgan istisnoli hollardan tashqari, 10 ming AQSH dollari ekvivalentiga teng miqdorgacha bo'lgan naqd puldagi xorijiy valyutani respublikadan olib chiqib ketish hech qanday cheklovlarsiz amalga oshiriladi. Bunda 2000 AQSH dollari ekvivalentigacha miqdorda bo'lgan naqd puldagi xorijiy valyutani O'zbekistondan olib chiqish va O'zbekistonga olib kirishda majburiy deklaratsiya qilinmaydi; Tijoriy banklar va Markaziy banklarning naqd puldagi xorijiy valyutani O'zbekistondan tashqariga olib chiqib ketishga ijozat berishi amaliyoti bekor qilinadi; O'zbekiston norezidentlari (yuridik va jismoniy shaxslar) qonunchilikda belgilangan tartibda O'zbekiston banklarida hisob ochish va mablag'larini erkin tasarruf etish huquqiga ega. Valyuta styosatining asosiy shakllari. Markaziy bankning valyuta siyosati pul-kredit siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Jahon bank amaliyotidan shu narsa ma’lumki, Markaziy bankning valyuta siyosati, asosan, quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: Markaziy bank hisob stavkasini o’zgartirish, valyuta intervenstiyasi, devalvastiyasi, revalvastiyasi, valyuta rezervlarini diversifikastiyalash. Markaziy bankning diskont siyosati kapitallarning davladararo harakatini jadallashtiradigan muhim vositadir. Ammo, bu vositadan MDH davladarida foydalanib bo’lmaydi. Valyutalarni konvertastiyalash muammosi to’laqonli hal etilmaganligi kapitallarning erkin harakat qilishida jiddiy to’siq bo’lmoqda. Shu bois, bu mamlakadarda hisob stavkasining o’zgarishi kapitallarning harakatiga bevosita ta’sir qilmaydi. Hozirgi davrda valyuta intervenstiyasidan ko’zlangan maqsad valyuta kursining qisqa vaqt mobaynida kutilmaganda yuzaga keladigan keskin tebranishlariga barham berishdan iborat. Markaziy banklar valyuta kursini istalgan darajada o’zgartirish imkoniyatiga ega emas, chunki ular valyuta bozorlarida tijorat banklari bilan raqobadasha olmaydilar. Shu sababli valyuta intervenstiyasi sohasida valyuta kursining keskin tebranishlari oqibadarini yumshatishga to’g’ri keladi. Valyuta intervenstiyasi rasmiy oltin-valyuta zaxiralari yoki Markaziy banklarning banklararo "svop" bitimlari hisobiga amalga oshiriladi. Bretton-Vuds tizimi (Oltin - deviz standard inqirozga uchragach, 1944 yilda Bretton - Vuds (AQSH)da valyuta - moliya konferensiyasida yangi valyuta tizimi qabul qilingan. Bu tizimga muvofiq, xalqaro to’lov vositalari va zahiradagi (asosiy) valyutalar sifatida oltin bilan birga xalqaro oborotda AQSH dollari, Buyuk Britaniya funt sterlingi kabi oltinga tenglashtirilgan valyutalar qo’llanilgan) doirasida valyuta intervenstiyasi asosan qat’iy belgilangan kurslar qadrini ushlab turish maksadida o’tkazilar edi. Bu tadbirni o’tkazishda asosiy valyuta AQSh dollari bo’lgani uchun AQSh boshqa davladar zimmasiga dollar kursini ma’lum darajada ushlab turish yuzasidan majburiyat yuklaydi. Yamayka tizimiga (Yamayka valyuta tizimi 1976-78 yillarda Kingston (Yamayka) da XVF (Xalqaro Valyuta Fo`ndi) a’zolarining valyuta - moliya konferensiyasida qabul qilingan. Bu tizimga muvofiq, XVF a’zolari bo’lgan mamlakatlarga erkin suzib yuruvchi kurslar rejimiga o’tish tavsiya etilgan.), ya’ni tez o’zgarib turadigan valyuta kurslariga o’tilganidan so’ng valyuta intervenstiyasi asosan kurslarning tez tebranishi oldini olish maqsadida o’tkaziladigan bo’ldi. AQSh dollarining rezerv valyuta sifatidagi roli pasayishi oqibatida valyuta intervenstiyasi soxasida dollar bilan bir qatorda nemis markasi va yapon ienasi hamda bir qator G’arbiy Evropa davladarining valyutalari ham qo’llanila boshladi. Valyuta intervenstiyasining ruxiy ta’siri katta ahamiyatga ega. Markaziy bank operastiyalarining oshkorlik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, taxmin qilish mumkinki, valyuta bozoridagi sub’ektlar boshqaruv organlarining tazyiqiga shunchalik darajada bo’ysunadilar. Devalvastiya milliy valyuta kursining qonuniy asosda pasaytirilishi demakdir. Uning yuzaga kelishiga quyidagi ikki omil sabab bo’ladi: 1. Eksportni rarbadantirishning zarurligi; 2. Milliy valyutaning rasmiy kursi bilan uning real xarid quvvati o’rtasida sezilarli farqning paydo bo’lishi. Mamlakatning to’lov balansi yomonlashganda va mamlakatga import oqimi kuchayganda devalvastiyani amalda ko’llash iqtisodiyotga ijobiy ta’sir etishi mum- kin. Masalan, 1949 yilda jahonning 37 mamlakati o’z valyuta kurslarining AQSh dollariga nisbatan devalvastiya siyosatini qo’llashi (12 foizdan 30,5 foizgacha), bir tomondan, G’arbiy Evropa davladari korporastiyalarining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, Amerika monopoliya- larining ular iktisodiyotiga bo’lgan ta’sirini kamaytirishi va investistiyalarga bo’lgan xarajadarni pasaytirishi lozim edi. Demak, devalvastiyani qo’llash shart-sharoiti yuzaga kelganda uni darhol amalga oshirish lozim, aks holda valyuta kursini sun’iy ravishda qat’iy ushlab turish butun iktisodiyotga sezilarli da-rajada zarar etkazishi mumkin. Revalvastiya qadri kuchli valyutalarga nisbatan qo’llaniladi. Masalan, uni Olmoniya, Shveystariya, Yaponiya davladarining valyutalariga nisbatan bemalol qo’llash mumkin. Inflyastiyaning nihoyatda past darajada bo’lishi, uzok vaqt da- vomida mamlakat to’lov balansining aktivligi milliy firma va kompaniyalarning jahon savdo bozorida juda raqobatbardoshliligi revalvastiyaning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Revalvastiya devalvastiyaga nisbatan xalqaro amaliyotda kamroq qo’llaniladi. Valyuta rezervlarini diversifikastiya qilish deganda bir vaqtning o’zida bir necha valyutada zahiralar tashkil qilish tushuniladi. Bu valyuta zahiralarining tarkibi barqaror valyutalar hisobiga yangilab turiladi. Masalan, hozirgi kunda AQSh dollari bilan bir qatorda Olmoniya markasi, Yaponiya ienasi, Shveystariya franki xam valyuta zaxirasi sifatida xizmat kilmoqda. Hozirgi kunda valyuta siyosatining iqtisodiy kon’yunkturaga va pul massa-siga ta’sirchanligini oshirish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki fao-liyatidagi asosiy masalalardan biri bo’lib turibdi. Fikrimizcha, ushbu masalani hal qilishga ko’maklashish uchun birinchidan, Markaziy bankning svop operastiyalarini rivojlantirish, ikkinchidan, eksportga ishlovchi korxonalarga chet el valyutasida kredidar berish va ularni rarbadantirish zarur. Markaziy bank valyuta operastiyalarining asosiy qismi svop operastiyalariga to’g’ri keladi. "Svop" operastiyalarining pul bozoriga ta’siri sezilarlidir. Markaziy bank tijorat banklaridan svop bitimlari bo’yicha chet el valyutasini, masalan, AQSh dollarini sotib oldi deylik. Bunda u banklar ixtiyoriga Markaziy bank pullarini ma’lum davrga berib qo’yadi. Va aksincha, u svop bitimi bo’yicha banklarga AQSh dollarini sotdi deylik. Unda mamlakat pul bozori ma’lum vaqtgacha tikvidtigi yuqori mablag’lardan maxrum bo’ladi. Markaziy bank valyuta siyosatining muhim jixatiaridan bin shundan iboratki, u orqati kredit muassasalarining tikvidtigiga ta’sir ko’rsatish mumkin. Ulaming kreditiga ta’sir etishning muhim usullaridan bin - garov evaziga ssudalar berishdan bortiq valyuta operastiyalarini amalga oshirishdir. Ushbu operastiyani amalga oshirish uchun tijorat banklariga Markaziy bankning chet el valyutasidagi aktivlaridan vaqtinchalik foydalanish xukuki beriladi. Aktivlarning o’zi esa Markaziy bankning mulki bo’hb qolaveradi, shu sababh unga foiz hisoblab borilaveradi. O‘zbekiston va Xalqaro valyuta fondi. O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) bilan hamkorligi to‘g‘risida ma‘lumotnoma. O‘zbekiston Respublikasi 1992 yilning 21 sentabrida Xalqaro valyuta jamg‘armasining a’zoligiga qabul qilindi. 1993 yilning sentabr oyidan boshlab XVJning O‘zbekitondagi vakolatxonasi ish yuritadi va u XVJning Vashingtondagi (AQSh) bosh qarorgohi (shtab-kvartirasi) bilan ma’lumotlarning tezkor ayirboshlanishini ta’minlagan holda respublikaning Jamg‘arma bilan o‘zaro aloqalarini amalga oshirishda hamkorlik qiladi. 2016 yilga qadar O‘zbekistonning XVJdagi kvotasi 275,6 mln SDRni tashkil etdi. XVJ kvotalarini navbatdagi qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha XVJ Boshqaruvchilar Kengashining qarori kuchga kirganidan keyin ya’ni 2016 yil yanvarida respublikamiz kvotasi 275,6 mln. SDRdan 551,2 mln. SDR ga yetkazildi. Bunda, kvotalarning umumiy sonidagi mamlakatimizning ulushi 0,116 foiz miqdorida saqlanib qoldi. O‘zbekiston Respublikasi ovoz berish jarayonlarida o‘z tarkibiga Janubiy Koreya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya Papuasi, Mongoliya, Vanuatu, Solomon orolllari, Samoa, Seyshel orollari, Palau, Mikroneziya, Marshall orollari, Karibati va Tuvalu mamlakatlarini o‘z ichiga olgan guruh tarkibiga kiradi. Guruhga 2016 yildan boshlab Xinam ChOY rahbarlik qiladi. XVJdagi O‘zbekiston nomidan boshqaruvchi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri, uning o‘rinbosari esa – Markaziy bank Raisi hisoblanadi. Markaziy bank XVJ bilan hamkorlik manzili qilib belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi XVJ Bitimlari VIII moddasining 2 (a), 3 va 4 bo‘limlari bo‘limlari bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi. Bitimlar IV moddasiga muvofiq maslahatlar berish va texnik yordam ko‘rsatish maqsadida XVJning missiyasi muntazam ravishda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradi. Missiyalar faoliyati iqtisodiyot, moliya sektori va statistika sohalaridagi ishlar holatini o‘rganish hamda kelgusida amalga oshiriladigan islohotlarning yo‘nalishlarini belgilashga qaratilgan. O‘zbekiston delegatsiyasi XVJ Boshqaruvchilar kengashi va Jahon bankining yillik yig‘ilishlarida muntazam ishtirok etadi. XVJning moliyaviy ko‘magi yordamida Yaponiya, AQSh va Avstriyadagi magistratura va doktoranturalarda maxsus dasturlar bo‘yicha davlat iqtisodiy idoralari xodimlarini o‘qitish ishlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Birlashgan Vena institutida (JVI) makroiqtisodiy siyosat yo‘nalishlarida muntazam ravishda qisqa muddatli trening va seminarlar muntazam o‘tkazib boriladi. Oxirgi yillarda Markaziy bankning XVJ bilan texnik ko‘maklar doirasidagi hamkorligi asosan monetar siyosat, bank faoliyatini tartibga solish va bank nazoratini takomillashtirish yo‘nalishlarida amalga oshirilmoqda. 2017 yilda amalga oshirilgan islohotlar munosabati bilan XVJ bilan hamkorlik sezilarli ravishda faollashdi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi o‘tgan yilning 19-21 aprel kunlari Vashington shahrida bo‘lib XVJ va Jahon banki Boshqaruvchilar kengashining yig‘ilishida ishtirok etdi. Shuningdek, XVJning ijro direktori K. Lagard O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nomiga maktub yo‘llab, unda mamlakatimizda o‘tkazilayotgan islohotlarni qo‘llab - quvvatlashini hamda texnik ko‘mak va tavsiyalar berish orqali yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. Missiya tashrif yakunlari bo‘yicha quyidagi bayonotni berdi: “Missiya Prezident” Shavkat Mirziyoev tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ga asoslangan rasmiy organlarning iqtisodiyotni isloh qilish bo‘yicha kompleks rejalarini ma’qullaydi. Mazkur rejalarning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishi iqtisodiyotning sifatli ish o‘rinlari barpo etilishi va barqaror o‘sishini ta’minlash salohiyatini sezilarli darajada oshishiga sharoit yaratadi. Respublikada valyuta siyosatini erkinlashtirish borasidagi islohotlar dasturi missiya tomonidan alohida e’tibor berilgan holda ma’qullandi. Valyuta kurslarini unifikatsiya qilish va valyuta resurslarini bozor tamoyillari asosida taqsimlash imkoniyatlarini yaratish O‘zbekiston Markaziy bankiga barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash va inflyatsiyani samarali nazorat qilishga yo‘naltirilgan pul-kredit siyosatini olib borishiga sharoit yaratadi. Shuningdek ushbu islohotlar tashqi raqobatbardoshlik, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hajmlarini oshirish va ichki resurslar taqsimotini takomillashtirish orqali ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy o‘sish suratlarini tezlashtirishga yordam beradi. O‘zbekistonning sezilarli valyuta rezervlari ushbu islohotlarni dadil amalga oshirish imkonini beradi”. XVJning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari departamenti direktoi D.Azur 14-16 sentabr kunlari tashrif bilan Toshkent shahrida bo‘ldi. Ushbu missiya tomonidan e’lon qilingan bayonotda quyidagilar qayd etildi: “O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida qator masalalarni hal etishga duch kelinishi mumkin va ushbu islohotlar mamlakatga yanada samarali va yakunda tez rivojlanuvchi iqtisodiy tizimga o‘tish imkonini beradi. Shuningdek, men mamlakat hukumatining hududiy hamkorlikni rivojlantirish va hududiy savdoni kengaytirishga qaratilgan tadbirlarini mamnunlik bilan ma’qullayman”. Yuqori darajadagi O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga tashrifi davomida Nyu-York shahrida 19 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning XVJ direktori - taqsimlovchisi K. Lagard bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda Jamg‘arma rahbari O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar jarayonlariga yuqori baho berdi va ularni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi: “O‘zbekistonning islohotlarni amalga oshirish borasidagi harakatlari oson bo‘lmaydi va uzoq davom etadi. Jamg‘armaning mamlakat iqtisodiyotini o‘sish suratlari va aholining turmush darajasini yuksaltirish borasida yuqori darajalarga chiqarishda O‘zbekistonning sherigi bo‘lishi aniq maqsadi ekanligini yana bir bor tasdiqlayman”.



Download 155.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling