Mavzu: Valyuta bozorining makroiqtisodiy tahlili Reja: Kirish Asosiy qism
O’zbekiston respublikasi milliy valyuta bozori
Download 155.92 Kb.
|
Valyuta bozorining makroiqtisodiy tahlili
1.O’zbekiston respublikasi milliy valyuta bozori
O’zbekiston Respublikasida valyuta bozori va valyuta operatsiyalarini rivojlantirish hamda ularni takomillashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish taklif etiladi: 1. Birjadan tashqari valyuta bozorini, ayniqsa banklararo valyuta bozorini yanada rivojlanishi uchun tegishli shart-sharoidar yaratish. Buni, banklararo bozor faoliyatini tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi qonun qoidalarni qabul qilish, ushbu bozor faoliyatini ta’minlovchi moliyaviy vositachilar va erkin muhit hamda moliyaviy maulumotlar yoki axborotlar ochiq-oydinligini ta’miniash. 2. ”Qora bozor”ni yo’q qilish va valyuta kursini Markaziy bank tomonidan nazorat etilishi hamda muvofiqlashtirilishini ta’miniash uchun birinchidan, naqd xorijiy valyuta muomalasi borasida mavjud valyuta cheklovlarini bekor qilish, ikkinchidan, valyuta birjasi savdo jarayonida ishtirok etuvchi sub’ekdar va operatsiyalar ko’lamiga bo’lgan cheklovlar bekor qilinishi lozim. buni, Markaziy bank va tijorat banklari valyuta resurslari yordamida valyuta ayirboshlash shahobchalari orqali jismoniy shaxslarning naqd valyutaga bo’lgan talabini qondirish va ushbu orqali naqdli valyuta kursini nazorat qilish va muvofiqlashtirish. Valyuta birjasida bo’ladigan savdo sessiyalarida xorijiy valyutaga bo’lgan talab va taklif tendensiyalarini hisobga olgan holda valyuta zahiralari hisobiga interventsiya instrumentidan foydalangan holda davlatning iqtisodiy siyosatiga muvofiq valyuta kursiga ta’sir etish va uni muvofiqlashtirish jarayonlarini o’z nazoratiga olish. 3. Naqd valyuta muomalasi, ya’ni valyuta ayirboshlash shahobchalari operatsiyalarini soddalashtirish va ko’lamini kengaytirish uchun shahobchalarning sotuv va sotib oluv opreatsiyalariga mavjud barcha cheklovlar va sotuvchi hamda sotib oluvchilarni maxsus ro’yxatga olish tartibini bekor qilish zarur. Bundan tashqari, valyuta shahobchalari nafaqat valyutalarni oldi-sottisi, balki muomala uchun yaroqsiz bo’lib qolgan kupyuralarni yaroqlilariga almashtirish operatsiyalari bilan shu qo’llanishi lozimligini maqsadga muvofiq deb xisoblaymiz. 4.O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta zahiralarini kengaytirish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada rivojlantirish va ularni xorijiy valyutada tushumlar olishini yanada kengaytirishga manfaatdorligini kuchaytish maqsadida ushbu valyuta tushumlaridan tovar turlariga muvofiq amalga oshiriladigan majburiy sotuv me’qrlarini pasaytirish zarur. 5.Shu bilan birgalikda, respublikaga xorijiy investitsiyalarni keng ko’lamda jalb etish, respublika milliy iqtisodini ko’tarish va qo’shma korxonalar barpo etilishini jadallashtirish maqsadida mamlakatimiz hududlarida tadbirkorlikning erkin iqtisodiy hududlarini tashkil etish lozim. 6. Milliy valyuta “so’m”ni xorijiy valyutalarga erkin ayirboshlanish muammosini xal etish uchun, valyuta munosabatlari va operatsiyalari borasida hukumatimiz tomonidan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalangan erkinlashtirish jarayonlarini amalga oshirilishi natijasida barcha valyuta cheklovlarini bekor qilinishiga erishish kerak. O’z navbatida ushbu muammoni xal etib borilishi bilan mamlakatda valyuta operatsiyalarining turlari va bozorlarini rivoji uchun yanada kengroq sharoit tug’iladi. 7. Respublika makroiqtisodiy muammolaridan biri bo’lmish tashqi savdo balansi holatini yaxshilash uchun eksport faoliyati mavjud yoki ichki bozor uchun eksport mahsuloti o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqaruvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga, faoliyatning ushbu turlarini yanada rivojlantirishga raq’badantiruvchi imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish lozim. Zikr etilgan imtiyozlar soliqlardan va valyuta tushumidan amalga oshiriladigan majburiy sotuvni butunlay bekor qilinishidan iborat bo’lishi mumkin. 8. Yuqorida bayon etilganlardan tashqari pul-kredit munosabadarining zamonaviy infrato’zilmasi rivoji uchun sharoitlar yaratib berish lozim (mustaqil bank tashkilotlari, dilerlik idoralari, qimmatli qoq’ozlarning ikkilamchi bozori va boshqalar). 9. Tashqi iqtisodiy va moliyaviy faoliyatga bo’lgan davlat sirini bekor qilish, to’lov va savdo balanslari, oltin-valyuta zaxiralari to’g’risidagi yillik maulumotlarni va xalqaro standartlarga muvofiq boshqa maulumotlarni matbuotda chop etish. 10. Valyuta tavakkalchiliklarini bartaraf etish yoki ularni samarali boshqarish, risklarni kamaytirish uchun tijorat banklarida muddatli valyuta operatsiyalari turlarini (forvard, fuyuchers, optsion) rivojlantirish zarur. Milliy valyuta bozorining asosiy segmentlari. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining milliy valyuta bozori quyidagi segmendardan iborat: Banklararo birja valyuta bozori - asosan O’zbekiston Respublika valyuta birjasidan iborat bo’lib, ushbu birja paydo bo’lishidan boshlab, to xozirgi kungacha O’zbekiston Respublikasi valyuta bozorining asosiy va yirik segmenti bo’lib kelmoqda. Birja valyuta bozorining O’zbekiston valyuta muomalasi tarkibiy tuzilishdagi o’ziga xos o’rni, valyuta operatsiyalarini asosiy xajmini ushbu birjada amalga oshishidadir. So’mning boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan rasmiy almashuv kurslar so’mning AQSH dollariga nisbatan rasmiy almashuv kurslari va ushbu valyutalarning xalqaro valyuta bozorlaridagi AQSH dollariga nisbatan joriy kross-kurslari orqali xisoblanadi. O’zbekiston respublikasi valyuta birjasi (o’rvb) quyidagi turdagi operatsiyalarni amalga oshiradi: -savdolarni tashkil etadi va savdo ishtirokchilari bilan xorijiy valyutani oldi-sottisi bo’yicha bitimlarni to’zadi; -O’RVB tuzilgan bitimlar bo’yicha xorijiy valyuta va so’mlardagi banklar aro hisob-kitoblarni tashkil etadi; -birjada, O’zbekiston Respublikasi xududida asosiy rasmiy almashuv kursi bo’lmish, milliy valyuta «so’m»ning kursi shakllanadi. Valyuta birjasi, valyuta bozorini shakllanishi va rivojlanishidagi o’z rolini bajarganidan so’ng, vaqti kelib o’zining yetakchilik ahamiyatini yo’qotadi. Banklararo savdo sessiyalarida Markaziy bank va vakolatli banklar ishtirok etadi. Ayni paytda bunday savdo sessiyalari har kuni o’tkazilmoqda. Vakoladi banklar o’z mijozlari tomonidan xorijiy valyutani harid qilish va sotish bo’yicha taqdim etilgan buyurtmalar asosida ana shu savdo sessiyalarida qatnashadilar. Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida vakolatli banklar zimmasiga bir qator majburiyadar yuklatildi. Sababi - ular bundaybozorning asosiy ishtirokchilari hisoblanadi. Vakolatli banklar korxona va tashkilotlar bilan bevosita ish olib borib, ular nomidan banklararo savdo sessiyalarida ishtirok etibgina qolmasdan, balki mijozlar tomonidan konvertatsiyaga taqdim etilgan buyurtmalarning to’g’riligi, harid qilingan valyutaning o’z vaqtida va samarali ishlatilishi hamda boshqa talablarning bajarilishini ham nazorat qiladi. Birjadan tashqari valyuta bozorini rivoji uchun yana bir qator chora-tadbirlar ko’rilgan, masalan vakolatli tijorat banklariga investitsiya loyihalariga xorijiy valyutada ssudalar berishga ruxsat etildi. Birjadan tashqari valyuta bozorida operatsiyalarni amalga oshirganda vakolatli banklar, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan chegaraviy parametrlar doirasida, xorijiy valyutaga bo’lgan talab va taklif nisbatidan kelib chiqqan xolda valyutaning sotib olish va sotish kursini belgilaydilar. Vakolatli banklar tomonidan xorijiy valyuta sotilgan paytda rasmiy almashuv kursiga bo’lgan 12 foizli marjaning olinishi bekor qilindi. Markazlashmagan eksport bo’yicha valyuta tushumining birjadan tashqari bozorda majburiy sotuvning foiz miqdori 30-dan 50 foizgacha oshirildi. Bu albatta birjadan tashqari valyuta bozorini raq’badantiradi. Biroq, boshqa tarafdan eksport tushumidan qilinadigan majburiy sotuvni amalga oshirishda malum bir kamchilik vujudga kelmoqda. Ushbu kamchilikning mohiyati shundaki majburiy sotuv rejasini bajaraqtgan korxona, tashkilodar qiyin axvolga tushib qolmoqda. Chunki, majburiy sotuvning amalga oshirilishi kerak bo’lgan summasi oldindan belgilanib qo’yilmoqda hamda majburiy sotuv bo’yicha ushbu rejani belgilanib, uning bajarilishini talab etilishi bozor tomoyillariga mutlaqo zid deb o’ylaymiz. Modomiki, bozor o’z talab va taklif mexanizmiga ega bo’lib, ushbu talab va taklif u yoki bu tarafga keskin o’zgarishi mumkin. Xozirgi kunda Hukumat va Markaziy bank tomonidan birjadan tashqari valyuta bozorini erkinlashtirish va rivojlantirish borasida izchil siyosat amalga oshirilmoqda. Tijorat banklari endi xorijiy valyutaga bo’lgan talab va taklif nisbati, banklar va mijozlarning o’zaro manfaatidan kelib chiqqan xolda, mustaqil ravishda, almashuv kurslarini belgilay oladilar. Birjadan tashqari valyuta bozorida quyidagi operatsiya turlari amalga oshadi: -vakoladi banklar tomonidan o’z mijozlariga xorijiy valyutani sotib olinishi; -korxona va Tashkilodar valyuta tushumlarining, belgilangan me’qrlarda, bir qismini majburiy sotuvi; -valyuta ayirboshlash shahobchalarini ta’miniash maqsadida xorijiy valyutani sotib olish va sotish; -vakoladi banklarning banklararo operatsiyalari. Vakoladi banklarning birjadan tashqari valyuta bozorida operatsiyalarm amalga oshirishning asosiy manbalari bo’lib quyidagilar xisoblanadi: -vakolatli banklarning, taqsimlanmagan foydani ichiga olgan xoldagi, o’z resurslari; -korxona va Tashkilodar tomonidan to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar (markazlashmagan eksport) bo’yicha tovarlar (ishlar va xizmatlar) sotilishi evaziga olingan valyuta tushumining 50 foizi; -byudjetga to’lovlar va bank ssudalari bo’yicha so’mlarda muddati o’tgan qarzdorlik to’lovlariga ega korxona va Tashkilotlarning, Markaziy bank joriy kursi asosida vakolatli banklarga, xosil bo’lgan qarzdorlikni qoplash uchun, majburiy sotilishi kerak bo’lgan valyuta mablag’lari; -vakolatli banklarda joylashtirilgan mijozlar depozitiari va boshqa jalb etilgan mablag’lar; -ayirboshlash shahobchalari va banklar-aro operatsiyalar orqali vakolatli banklar tomonidan xorijiy valyutani sotib olinishi; -O’zbekiston Respublika Valyuta Birjasida markazlashtirilgan valyuta resurslarini sotib olinishi. Birjadan tashqari valyuta bozorida operatsiyalarni amalga oshirish manbalari: Download 155.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling