Mavzu: Valyuta bozorining makroiqtisodiy tahlili Reja: Kirish Asosiy qism


-2021-yillarda yuridik shaxslarning birja va birjadan tashqari valyuta bozorlarida chet el valyutasi xaridi (


Download 155.92 Kb.
bet8/10
Sana18.06.2023
Hajmi155.92 Kb.
#1599325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Valyuta bozorining makroiqtisodiy tahlili

2019-2021-yillarda yuridik shaxslarning birja va birjadan tashqari valyuta bozorlarida chet el valyutasi xaridi (mln.АQSh doll.)
2021-yilda importni moliyalashtirish manbalari tarkibida ichki valyuta bozorida sotib olingan mablagʼlar (konvertatsiya) ulushi 60 foizni, xorijiy valyutadagi oʼz mablagʼlari hisobiga importni moliyalashtirish 25 foizni, chet el valyutasidagi kreditlar hisobiga moliyalashtirish esa 16 foizni tashkil etdi. Oʼtgan yilda ushbu koʼrsatkichlar mos ravishda 57, 24 va 18 foizga teng boʼlgan.
2020-2021-yillarda importni moliyalashtirish manbalari(foizda)
Ichki valyuta bozorida chet el valyutasining asosiy qismi yoki 57 foizi ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, tovarlar va xomashyo importi, 20 foizi valyutadagi kreditlarni soʼndirish, 20 foizi xalq isteʼmoli tovarlari va dori-darmon mahsulotlari importi1 foizi xorijiy investorlar daromadlarining repatriatsiyasi va qolgan 2 foizi boshqa maqsadlar uchun xarid qilingan.
2021-yilda ichki valyuta bozorida chet el valyutasini xarid qilgan xoʼjalik yurituvchi subyektlarning oylik oʼrtacha soni 9 887 tani tashkil etib, 2019 va 2020-yillarning mos davriga nisbatan 48 va 39 foizga oshgan (2019 yilda – 6 686 ta, 2020-yilda – 7 137 ta).
2020-2021-yillarda chet el valyutasini sotib olish maqsadlari tarkibi(foizda)
II. Jismoniy shaxslar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar. 2021-yil mobaynida jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklariga sotilgan chet el valyutasi miqdori 7,1 mlrd. АQSh dollarini tashkil etib, avvalgi yilga nisbatan 1,5 barobarga oshdi (2020-yilda - 4,6 mlrd. АQSh doll.).
Shu bilan birga, jismoniy shaxslarga 4,6 mlrd. АQSh dollari sotildi hamda ushbu koʼrsatkich oʼtgan yilga nisbatan 12 foizga oʼsdi (2020-yilda - 4,1 mlrd. АQSh doll.).

2021-yilda jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi (mln.АQSh doll.)
2021-yilda jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasiga boʼlgan taklif hajmi unga boʼlgan talab hajmidan 2,5 mlrd. АQSh dollariga ortiq boʼldi (2020-yil 5 barobar koʼp). Bu oʼz navbatida, ichki valyuta bozorida qoʼshimcha taklif manbai boʼlib xizmat qildi.
2021-yilda xalqaro pul oʼtkazmalari orqali respublikaga 8,1 mlrd. АQSh dollari miqdorida valyuta mablagʼlari kelib tushgan boʼlib, ushbu koʼrsatkich 2019 - 2020-yillarga nisbatan 34 foizga oshdi (6,0 mlrd. АQSh dollar).
Xalqaro pul oʼtkazmalari orqali respublikadan 1,6 mlrd. АQSh dollari miqdorida valyuta mablagʼlari chetga joʼnatilgan.
2019 - 2021-yillarda xalqaro pul oʼtkazmalari orqali respublikaga kelib tushgan valyuta mablagʼlari hajmi(mln.АQSh doll.)

Download 155.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling