Mavzu: Valyuta bozorining makroiqtisodiy tahlili Reja: Kirish Asosiy qism


Download 155.92 Kb.
bet4/10
Sana18.06.2023
Hajmi155.92 Kb.
#1599325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Valyuta bozorining makroiqtisodiy tahlili

Ikkinchi mu ammo, respublika ichkarisida hali ham valyutaning qora bozorini mavjudligida. Qora bozor faoliyati noqonuniy bo’lib, uning asosiy ishtirokchilari jismoniy shaxslardir. Ushbu bozorni mavjudligiga asosiy sabab, bu birjadan tashqari bozorning valyuta kursi va qora bozor valyuta kursi orasidan sezilarli farqdir. Mazkur kurslar farqlarini bartaraf etish uchun hukumat va Markaziy bank xorijiy valyutaga bo’lgan talabni bozor tamoyillariga asoslangan holda qondiradigan mexanizmni shakllantirishi va ushbu mexanizm faoliyatini erkin amalga oshishi uchun sharoidar yaratib berishi darkor.
Valyutaning birjadan tashqari va «qora bozor» kursi o’rtasidagi farq katta
bo’lganda hamda turli valyuta kurslari rejimi sharoitida valyuta zaxiralarini oqilona
bo’lmagan ravishda taqsimlanishiga olib keladi.
Iqtisodiqtning industrial sektorini rivojlantirish o’rniga valyuta mablag’lari
valyutani konvertatsiya qilishga to’g’ridan to’g’ri imkoniyatiga ega savdo bilan shug’ullanuvchilar, xorijiy kompaniyalar, aholining boy qatlami qo’lida to’planadi. Bu jarayonda davlat byudjeti, qishloq xo’jaligi va aholining asosiy qismi talofat ko’radi.
Uchinchi muammo, naqd valyuta muomalasi, ya’ni valyuta ayirboshlash
shahobchalari operatsiyalarini soddalashtirish va ko’lamini kengaytirishdir.Hozirgi kunda valyuta ayirboshlash shaxobchalarida faqat xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish operatsiyalari amalga oshiriladi. Rivojlangan davlatlar amaliyotida esa valyuta ayirboshlash shaxobchalari, vositachilik haqi evaziga, muomalaga yaroqsiz bo’lib qolgan erkin muomalada yuradigan valyuta yaroqlisiga almashtiriladi hamda ushbu nosavdo operatsiyalar bankka sezilarli daromad keltiradi. Xorijiy banklar ayirboshlash shahobchalarining zikr etilgan operatsiyalari turlarini O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari valyuta ayirboshlash shaxobchalari amaliyotiga tadbiq etish nafaqat banklarga qo’shimcha daromad, balki naqd valyutaning ichki bozorini rivojlantirish imkonini beradi.
To’rtinchi muammo, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta zaxiralarini shakllantirish bilan bog’liq. Ma’lumki, ushbu zaxirani to’latishning muhim manbasi, bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tashqi iqtisodiy faoliyati natijasida olgan xorijiy valyutadagi tushumdan majburiy sotuv shaklida to’laydigan to’lovidir. Ushbu to’lovning xajmi esa bevosita xorijiy valyutadagi tushum xajmiga bog’liqdir. Demak, respublikadagi xorijiy valyuta zaxiralarini to’latish va uning xajmini kengaytirish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning eksportga yo’naltirilgan faoliyatini rivojlantirish va respublikaga xorijiy investitsiyalarni keng oqib kelishi, ularning zaminida qo’shma korxonalar barpo etilishiga shart-sharoidar yaratib berish lozim. Shunday sharoitlardan bin, bizning fikrimizcha, tadbirkorlikning erkin iqtisodiy xududlari bo’lishi mumkin.

Download 155.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling