Xolmatova Xaitgulning "Pul va Banklar"
Download 15.86 Kb.
|
Xolmatova Xaitgul Pul va bank
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rezerv valyuta
- To‘lov topshiriqnomasi
Toshkent Moliya Instituti Moliya va moliyavit texnalogiyalar fakulteti SMMT-87 guruh talabasi Xolmatova Xaitgulning “Pul va Banklar” fanidan yozgan Nazorat ishi 23-variant Xalqaro rezerv valyutalar. To’lov topshiriqnomasi bilan amalga oshiriladigan hisob kitoblar. Nullifikatsiya va uni amalga oshirish tartibi. 1. Rezerv valyuta — mamlakat hukumati va Markaziy banki valyuta, pul mablagʻlari zaxiralarini tashkil etishda, tashqi savdo operatsiyalari va boshqalarda foydalanadigan erkin almashtiriladigan, kurelari boʻyicha gʻoyat barqaror chet el valyutalari. Rezerv valyutadan koʻpincha davlatlar oʻrtasida xalqaro hisob-kitoblarda hamda tashqi savdo, investitsiya va boshqa operatsiyalar bilan bogʻliq toʻlovlar uchun foydalaniladi. Rezerv valyuta sifatida faqat erkin almashtiriladigan, istiqbolda barqaror toʻlov qobiliyatiga ega valyutalar tanlab olinadi. Rezerv valyuta — Xalqaro valyuta fondi (XVF) Nizomining 8bandida belgilangan talablarga toʻliq javob bera oladigan hamda mazkur fondning kapitalini toʻldirib borish uchun aʼzo davlatlar tomonidan toʻlovlarni amalga oshirishda foydalaniladigan valyuta turi boʻlishi zarur. Undan tashqari, Rezerv valyuta sifatida jahon iqtisodiyotiga sezilarli taʼsir koʻrsata oladigan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarda oʻziga xos mavqega ega mamlakatlarning milliy valyutalari tanlab olinadi. Xalqaro amaliyotda dollar (AQSH), yevro, Buyuk Britaniya funt sterlingi, Yaponiya iyenasi, Shveysariya frankidan Rezerv valyuta tarzida foydalaniladi. Valyuta kurelaridan koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlar boʻyicha xatarlarning oldini olish maqsadida Markaziy banklar hukumat tasarrufidagi oltinvalyuta zaxiralarini turli valyutalar boʻyicha diversifikatsiya kilishda aynan Rezerv valyutaga (Mas, AQSH dollariga) asoslanadi. 2. O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonunining 33-moddasiga asosan to‘lov hujjati qog‘ozda tuzilgan yoki elektron shaklda shakllantirilgan hujjat bo‘lib, to‘lov uning asosida yoki yordamida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lovlarni amalga oshirishda quyidagi to‘lov hujjatlaridan foydalaniladi: to‘lov topshiriqnomasi; to‘lov talabnomasi; inkasso topshiriqnomasi; memorial order; akkreditivga ariza; kirim-chiqim va kassa to‘lov hujjatlari. To‘lov hujjatlarining shakllari, majburiy rekvizitlari va ularning mazmuniga doir boshqa talablar, elektron to‘lov vositalaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi. To‘lov topshiriqnomasi - mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z hisobvarag‘idan topshiriqnomada belgilangan summani mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i nazarda tutilgan to‘lov hujjatidir. 3.Nullifikatsiya (lotincha: nullifi catio -yoʻqotish) — biror hujjatni yuridik kuchdan, qonuniylikdan mahrum etish. Qimmatli qogʻozlarga va pul belgilariga nisbatan ularning davlat tomonidan bekor qilinishini bildiradi. Baʼzan amalda devalvatsiyam toʻgʻri keladi. Download 15.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling