Mavzu: Valyuta kursi Mundarija
Bular: - valyuta inqirozini bartaraf etish va barqarorligini ta’minlash
Download 243.93 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5429552305319979821
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tarkibiy tuzilishi
- 1. O’zbekistonda milliy valyutani mustahkamlash va xorijiy valyutaga bo’lgan talab
Bular:
- valyuta inqirozini bartaraf etish va barqarorligini ta’minlash; - valyuta cheklashlar; - valyutani erkin ayirboshlashga o’tish; - valyuta operatsiyalarini erkinligi va boshqalardir. Hukumatning valyuta siyosati valyuta qonunchiligi bilan rasmiylashtiriladi. Bu qonunchilik o’z ichiga mamlakat ichida va tashqarisida valyuta qiymatliklari bilan operatsiyalarni tartibga soluvchi huquqiy qoidalar majmuasi, 4 shuningdek, valyuta muammolari bo’yicha davlatlararo kelishuvlari (ikki tomonlama va ko’p tomonlamasiga bo’lish mumkin)ni oladi. Valyuta siyosatini amalga oshirish yo’nalishlaridan biri bu valyutani tartibga solishdir. Valyutani tartibga solish – bu valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va xalqaro hisob-kitoblarni davlat tomonidan aniq belgilab berishdir. Bu o’z navbatida, milliy, davlatlararo va xududiy darajada bajarilishi mumkin. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Maskur kurs ishim kirish asosiy qism asosiy qism esa beshta rejadan tashkil topgan bo’lib hamda xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan tashkil topgan. 5 1. O’zbekistonda milliy valyutani mustahkamlash va xorijiy valyutaga bo’lgan talab Respublikada milliy valyutani mustahkamlash ishida so’mning xarid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Bunga bozorni raqobatbardosh mahsulotlar bilan to’ldirish va zarur ehtiyotlar hosil qilish orqali erishiladi. Bozorni iste’mol mollari bilan to’ldirishda milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib, maxsulot sifatini yaxshilab borish, hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki shu orqali iste’mol mollari sotishning umumiy hajmida milliy mahsulotlar hissasi oshirib boriladi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali so’mning barqarorligini ta’minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini sifatli chet el mollari bilan ta’minlash maqsadida import ham rag’batlantirib boriladi. So’mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin almashtirilishi yetarli valyuta zaxirasi bo’lishiga bog’liq. Unga erishishda korxonalar va barcha sub’ektlarning, jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishi uchun zarur bo’lgan rag’batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish alohida ahamiyatga ega. Jumladan, keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotida ro’y berayotgan jiddiy tarkibiy o’zgarishlar bu borada qulay imkoniyatlarni vujudga keltirmoqda. Xususan, 2007 yilda eksport hajmining o’sish sur’ati 40,7 foizga ortib, importga nisbatan sezilarli darajada bo’ldi. Natijada, tashqi savdo aylanmasida 3,5 mlrd. dollardan ortiq miqdorda ijobiy saldoga erishilib, oltin- valyuta zaxiralarini 1,5 barobar ko’paytirish imkonini berdi. Inflyatsiyaga qarshi aniq o’ylangan siyosat o’tkazish milliy valyutani mustahkamlanishning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo inflyatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsizlanish darajasi ustidan kat’iy nazorat o’rnatish hamda unga qarshi samarali tadbirlar qo’llash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishda maqbul sur’atni tanlashga erishiladi. 6 Inflyatsiyaga qarshi siyosat negizini pul miqdorining o’sishini tovarlar va xizmatlar miqdorining tegishli darajada o’sishi bilan bog’lab olib borishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilish zarur. Chunki xarid qilish uchun mollar yetarli z holda aholi qo’lida pulning ortiqcha ko’payib ketishi inflyatsiyaning yanada avj olib ketishiga, oxir oqibatdada inqirozlarga sabab bo’ladi. Pul miqdori bilan birga narxlarning ham tobora o’sib borishi muqarrar ravishda, uzoq davom etadigan giperinflyatsiyani keltirib chiqaradi. Bu o’z navbatida, milliy ishlab chiqarishning izidan chiqishi, aholi keng tabaqalarining qashshoqlashuvi va butun ijtimoiy tizimning barbod bo’lishi xavfini tug’diradi. So’mning barqarorligini ta’minlashda naqd pul emissiyasining o’sishiga, aholi qo’lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo’l qo’ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega. Bunda muomalaga chiqarilgan pul miqdorining o’z vaqtida qaytarilishiga erishish, mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi ta’minlamagan korxonalarga kreditlar berilishiga yo’l qo’ymaslik choralari ko’rilishi kerak. Inflyatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil milliy valyuta almashuv kursining barqarorlashuviga erishishdir. Bu o’z navbatida import narxlarning barqarorlashuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o’zgaradi. Valyuta birjalarida valyuta operatsiyalarining barcha turlari uchun talab va taklif natijasida shakllanadigan yagona almashuv kursini belgilash, valyuta kursi barqarorligiga erishishning dastlabki shartidir. Milliy valyuta kursi barqarorligini ta’minlashning navbatidagi sharti daslabki bosqichda valyutani nakd pulsiz almashtirish hajmini ko’paytirishga ustunlik berishidir. Bu borada 2007 yilda xo’jalik sub’ektlari va aholining bank xizmatlaridan foydalanishini qulaylashtirish, ayni paytda naqd pulsiz aylanma miqyosini kengaytirish maqsadidagi chora-tadbirlar davom ettirildi. Xususan, muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni 500 mingtaga, xizmat ko’rsatuvchi terminallar soni esa 3,5 mingtaga oshirildi. 7 Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valyutamiz almashuv kursining barqarorlashuviga, uning xarid qilish quvvatining oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 1. Pulning iqtisodiyotda o’z vazifalarini bajarish jarayonida to’xtovsiz harakatda bo’lishi, tovarlar va xizmatlar ayirbosh qilish jarayonida qo’ldan qo’lga o’tib, aylanib turishi pul muomalasi deyiladi. 2. Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo’yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: milliy pul birligi; naqd pul muomalasida qonuniy to’lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog’oz, tanga va kredit pullar tizimi; pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi; pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari. 3. Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to’lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Bularning hammasi birgalikda pul agregati deb yuritiladi. 4. Muomalani ta’minlash uchun zarur bo’lgan pul miqdori muayyan davr davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo’lgan tovarlar summasi, pul birligining aylanish tezligi va kreditning rivojlanishi kabi omillarga bog’liq bo’ladi. 5. Makroiqtisodiy beqarorlikning ko’rinishlaridan biri inflyatsiya hisoblanib, u pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida qog’oz pul birliklarining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda turli tovar narxlarining o’sishida ifodalanadi. 6. Kelib chiqish sabablariga ko’ra talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasi farqlanadi. Talab inflyatsiyasi iqtisodiyotdagi barcha mavjud resurslar to’liq foydalanilgan sharoitda ishlab chiqarish sohasi ortiqcha talabni qondira olmasligi natijasida kelib chiqadi. 8 Taklif inflyatsiyasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko’payishi hisobiga narxlarning oshishi natijasida kelib chiqadi. Shuningdek, o’sish sur’atiga ko’ra inflyatsiyaning o’rmalab boruvchi, jadal va giperinflyatsiya; bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyatsiya kabi turlari farqlanadi. 7. Kredit bo’sh turgan pul mablag’larini ssuda fondi shaklida to’plash va ularni pulga muhtoj bo’lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to’lovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi. Kredit resurslarining asosiy manbalari korxonalarning amortizatsiya ajratmalari; mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari; korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag’batlantirish fondlari; korxonalar foydasi; bankdagi budjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari; aholining bo’sh pul mablag’laridan iborat. 8. Banklar pul mablag’larini to’plash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiy muassasadir. Ular kredit munosabatlariga xizmat qilib, kreditning har xil shakllarini o’z ichiga olib, kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi. Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo’lib, o’z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi. 1-rasm. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling