Mavzu: Valyuta kursi Mundarija


Bular:  - valyuta inqirozini bartaraf etish va barqarorligini ta’minlash


Download 243.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana20.11.2023
Hajmi243.93 Kb.
#1787904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2 5429552305319979821

Bular: 
- valyuta inqirozini bartaraf etish va barqarorligini ta’minlash; 
- valyuta cheklashlar
- valyutani erkin ayirboshlashga o’tish; 
- valyuta operatsiyalarini erkinligi va boshqalardir. 
Hukumatning valyuta siyosati valyuta qonunchiligi bilan rasmiylashtiriladi.
Bu qonunchilik o’z ichiga mamlakat ichida va tashqarisida valyuta 
qiymatliklari bilan operatsiyalarni tartibga soluvchi huquqiy qoidalar majmuasi, 



shuningdek, valyuta muammolari bo’yicha davlatlararo kelishuvlari (ikki 
tomonlama va ko’p tomonlamasiga bo’lish mumkin)ni oladi. 
Valyuta siyosatini amalga oshirish yo’nalishlaridan biri bu valyutani tartibga 
solishdir. Valyutani tartibga solish – bu valyuta operatsiyalarini amalga oshirish 
tartibi va xalqaro hisob-kitoblarni davlat tomonidan aniq belgilab berishdir. Bu o’z 
navbatida, milliy, davlatlararo va xududiy darajada bajarilishi mumkin. 
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Maskur kurs ishim kirish asosiy qism 
asosiy qism esa beshta rejadan tashkil topgan bo’lib hamda xulosa va 
foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan tashkil topgan.
 
 
 



1. O’zbekistonda milliy valyutani mustahkamlash va xorijiy valyutaga
bo’lgan talab 
Respublikada milliy valyutani mustahkamlash ishida so’mning xarid 
quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta’minlash asosiy vazifa 
hisoblanadi. Bunga bozorni raqobatbardosh mahsulotlar bilan to’ldirish va zarur 
ehtiyotlar hosil qilish orqali erishiladi. Bozorni iste’mol mollari bilan to’ldirishda 
milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib, maxsulot sifatini yaxshilab 
borish, hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki shu orqali iste’mol mollari sotishning 
umumiy hajmida milliy mahsulotlar hissasi oshirib boriladi. Bu yerda shuni 
ta’kidlash lozimki, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali so’mning 
barqarorligini ta’minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini 
sifatli chet el mollari bilan ta’minlash maqsadida import ham rag’batlantirib 
boriladi. 
So’mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin 
almashtirilishi yetarli valyuta zaxirasi bo’lishiga bog’liq. Unga erishishda 
korxonalar va barcha sub’ektlarning, jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulot 
ishlab chiqarishi uchun zarur bo’lgan rag’batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish 
alohida ahamiyatga ega. Jumladan, keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotida 
ro’y berayotgan jiddiy tarkibiy o’zgarishlar bu borada qulay imkoniyatlarni 
vujudga keltirmoqda. Xususan, 2007 yilda eksport hajmining o’sish sur’ati 40,7 
foizga ortib, importga nisbatan sezilarli darajada bo’ldi. Natijada, tashqi savdo 
aylanmasida 3,5 mlrd. dollardan ortiq miqdorda ijobiy saldoga erishilib, oltin-
valyuta zaxiralarini 1,5 barobar ko’paytirish imkonini berdi. 
Inflyatsiyaga qarshi aniq o’ylangan siyosat o’tkazish milliy valyutani 
mustahkamlanishning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo inflyatsiya 
darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsizlanish 
darajasi ustidan kat’iy nazorat o’rnatish hamda unga qarshi samarali tadbirlar 
qo’llash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishda 
maqbul sur’atni tanlashga erishiladi. 



Inflyatsiyaga qarshi siyosat negizini pul miqdorining o’sishini tovarlar va 
xizmatlar miqdorining tegishli darajada o’sishi bilan bog’lab olib borishga 
qaratilgan tadbirlar tashkil qilish zarur. Chunki xarid qilish uchun mollar yetarli z 
holda aholi qo’lida pulning ortiqcha ko’payib ketishi inflyatsiyaning yanada avj 
olib ketishiga, oxir oqibatdada inqirozlarga sabab bo’ladi. Pul miqdori bilan birga 
narxlarning ham tobora o’sib borishi muqarrar ravishda, uzoq davom etadigan 
giperinflyatsiyani keltirib chiqaradi. Bu o’z navbatida, milliy ishlab chiqarishning 
izidan chiqishi, aholi keng tabaqalarining qashshoqlashuvi va butun ijtimoiy 
tizimning barbod bo’lishi xavfini tug’diradi. 
So’mning barqarorligini ta’minlashda naqd pul emissiyasining o’sishiga, 
aholi qo’lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo’l qo’ymaslik birinchi darajali 
ahamiyatga ega.
Bunda muomalaga chiqarilgan pul miqdorining o’z vaqtida qaytarilishiga 
erishish, mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi ta’minlamagan korxonalarga 
kreditlar berilishiga yo’l qo’ymaslik choralari ko’rilishi kerak. 
Inflyatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil milliy valyuta almashuv kursining 
barqarorlashuviga 
erishishdir. 
Bu 
o’z 
navbatida 
import 
narxlarning 
barqarorlashuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o’zgaradi.
Valyuta birjalarida valyuta operatsiyalarining barcha turlari uchun talab va 
taklif natijasida shakllanadigan yagona almashuv kursini belgilash, valyuta kursi 
barqarorligiga erishishning dastlabki shartidir. 
Milliy valyuta kursi barqarorligini ta’minlashning navbatidagi sharti daslabki 
bosqichda valyutani nakd pulsiz almashtirish hajmini ko’paytirishga ustunlik 
berishidir. Bu borada 2007 yilda xo’jalik sub’ektlari va aholining bank 
xizmatlaridan foydalanishini qulaylashtirish, ayni paytda naqd pulsiz aylanma 
miqyosini kengaytirish maqsadidagi chora-tadbirlar davom ettirildi. Xususan, 
muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni 500 mingtaga, xizmat 
ko’rsatuvchi terminallar soni esa 3,5 mingtaga oshirildi.



Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning 
muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valyutamiz almashuv kursining 
barqarorlashuviga, uning xarid qilish quvvatining oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
1. Pulning iqtisodiyotda o’z vazifalarini bajarish jarayonida to’xtovsiz 
harakatda bo’lishi, tovarlar va xizmatlar ayirbosh qilish jarayonida qo’ldan qo’lga 
o’tib, aylanib turishi pul muomalasi deyiladi. 
2. Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy 
ravishda mustahkamlab qo’yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. 
Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: milliy pul 
birligi; naqd pul muomalasida qonuniy to’lov vositasi sifatida amal qiluvchi 
qog’oz, tanga va kredit pullar tizimi; pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy 
tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi; pul muomalasini tartibga soluvchi 
davlat idoralari. 
3. Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd 
pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. 
Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to’lov 
talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Bularning hammasi birgalikda 
pul agregati deb yuritiladi.
4. Muomalani ta’minlash uchun zarur bo’lgan pul miqdori muayyan davr 
davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo’lgan tovarlar summasi, pul birligining 
aylanish tezligi va kreditning rivojlanishi kabi omillarga bog’liq bo’ladi. 
5. Makroiqtisodiy beqarorlikning ko’rinishlaridan biri inflyatsiya hisoblanib, 
u pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida qog’oz pul birliklarining 
qadrsizlanishi va shunga mos ravishda turli tovar narxlarining o’sishida 
ifodalanadi. 
6. Kelib chiqish sabablariga ko’ra talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasi 
farqlanadi.
Talab inflyatsiyasi iqtisodiyotdagi barcha mavjud resurslar to’liq 
foydalanilgan sharoitda ishlab chiqarish sohasi ortiqcha talabni qondira olmasligi 
natijasida kelib chiqadi.



Taklif inflyatsiyasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga qilinadigan 
xarajatlarning ko’payishi hisobiga narxlarning oshishi natijasida kelib chiqadi. 
Shuningdek, o’sish sur’atiga ko’ra inflyatsiyaning o’rmalab boruvchi, jadal va 
giperinflyatsiya; bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan 
inflyatsiya kabi turlari farqlanadi.
7. Kredit bo’sh turgan pul mablag’larini ssuda fondi shaklida to’plash va 
ularni pulga muhtoj bo’lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish 
va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to’lovlari bilan qaytarish 
shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi. 
Kredit resurslarining asosiy manbalari korxonalarning amortizatsiya 
ajratmalari; mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari; korxonalarning ishlab 
chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag’batlantirish fondlari; 
korxonalar foydasi; bankdagi budjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa 
ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari; aholining bo’sh pul mablag’laridan 
iborat. 
8. Banklar pul mablag’larini to’plash, joylashtirish va ularning harakatini 
tartibga solish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiy muassasadir. Ular kredit 
munosabatlariga xizmat qilib, kreditning har xil shakllarini o’z ichiga olib, kredit 
muassasalarining asosini tashkil qiladi. Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo’lib, 
o’z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan 
shaxobchalarini oladi.
1-rasm. 




Download 243.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling