Mavzu: Valyuta kursi Mundarija


-2020 yillar yanvar-iyun oylarida valyuta birjasida amalga


Download 243.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana20.11.2023
Hajmi243.93 Kb.
#1787904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2 5429552305319979821

2019-2020 yillar yanvar-iyun oylarida valyuta birjasida amalga 
oshirilgan operatsiyalar va Markaziy bank intervensiyalari hajmi (mln. 
AQSH doll.) 7-rasm.  
2020 yilning yanvar-iyun oylarida importni moliyalashtirish manbalari 
tarkibida ichki valyuta bozorida sotib olingan mablag‘lar (konvertatsiya) ulushi 58 


14 
foizni, xorijiy valyutadagi o‘z mablag‘lari hisobiga importni moliyalashtirish 
ulushi 21 foizni tashkil etdi. 2019 yilning tegishli davrida ushbu ko‘rsatkichlar mos 
ravishda 50 va 23 foizga teng bo‘lgan. 
O‘zbekistonda xorijiy valyutaga bo‘lgan talab taklifdan 3,8 mlrd dollarga 
oshib ketdi 
O‘zbekistonda 2019-yili xorij valyutasiga bo‘lgan talab 37,7 foizga oshib, 
15,5 milliard dollarni tashkil etdi, deb xabar beradi Markaziy bank. 
Shu bilan birga taklif 44 foizga oshib, 11,7 milliard dollarga yetgan. 
Talabning taklifga nisbatan oshishi 3,8 milliard dollarni tashkil etgan. 
36,6 trillion so‘m hajmdagi monetar oltinni sotib olish hisobiga yuzaga 
kelgann ortiqcha likvidlilikni sterilizatsiya qilish uchun Markaziy bank 33,6 trillion 
so‘m valyuta sotgan.“Regulyatorning 2019-yildagi valyuta intervensiyalari bozor 
kursini shakllantirishning bir qismi sifatida amalga oshirildi va valyuta kursining 
asosiy tendensiyasiga ta’sir qilmadi”, — deyiladi xabarda. 
8-rasm. 
 
 


15 
Valyuta siyosati va uning mohiyati 
Jahon tajribasi shuni ko’ ’rsatadiki, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida xalqaro valyuta 
munosabatlari bozor va davlat tomonidan 
tartibga 
solinadi. 
Valyuta 
bozorida 
valyutaning talab va taklifi hamda ularning 
kurslari 
nisbati 
shakllanadi. 
Bozor 
tomonidan tartibga solish qiymat qonuni, talab va taklif qonunlariga bo’ ysunadi. 
valyuta bozorlarida raqobat sharoitida bu qonunlarning harakati valyuta 
almashuvining harakati tovarlar, xizmatlar, kapitallar hamda kreditlar harakati 
bilan bog’ liq bo’ lgan jahon xo’ jaligining xalqaro valyuta ehtiyojlari oqimlarining 
muvofiqligini ta’minlaydi. Bozorlardagi baholar mexanizmi va valyuta 
kurslarining o’ zgarishi sabablari orqali iqtisodiy agentlar valyuta xaridorlarining 
ehtiyojlari va taklifining imkoniyatlari to’ g’ risida ma’lumot oladilar. 
Shunday qilib, bozorni valyuta operatsiyalarining holati haqida axborot 
beruvchi manba sifatida ham ko’ rish mumkin. Lekin davlat qadim zamonlardan 
valyuta munosabatlariga aralashib kelmoqda, avval bilvosita, keyinchalik esa 
bevosita (davlatlarning jahon xo’ jaligi aloqalarida o’ rinlarining muhimligini 
hisobiga olgan holda). XX asrning 70-yillarida oltin standarti bekor qilinishi bilan 
oltin pullarning valu-ta kursini tartibga soluvchi sifatida ishlashi to’ xtatildi. 
Kurslarning kuchli tebranishlari va valyuta inqirozlari iqtisodiy-ijtimoiy 
oqibatlarga ega bo’ lib, milliy va jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’sir etdi. 
Valyutaning bozor va davlat tomonidan tartibga solinishi birbirini to’ ldirib 
keladi. Bozor tomonidan tartibga solish esa valyuta munosabatlarini tartibga 
solishdagi salbiy oqibatlarning oldini olishga qaratilgan. Bu ular o’ rtasidagi foyda 
va zararlar bilan belgilanadi. Inqirozlar, urushlar, urushdan keyingi vaziyatlarda 
davlat tomonidan tartibga solish ustunlik qiladi. Iqtisodiy vaziyat yaxshilanishi 
bilan esa valyuta operatsiyalarining erkinligi vujudga kelib, bu sohada bozor 
raqobati qo’llab-quvvatlanadi. Ammo davlat har doim valyuta munosabatlari 


16 
ustidan nazorat qilish va uni tartibga solish maqsadida o’z valyuta nazoratini 
saqlab qoladi. 
Valyuta siyosati bozor iqtisodiyotini tartibga solish tizimida muhim o’rin 
egallaydi. valyuta siyosati – mamlakatning joriy strategik maqsadlarga muvofiq 
xalqaro valyuta va boshqa iqtisodiy munosabatlari sohasida amalga oshiriladigan 
chora-tadbirlar majmuasidir. U iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlariga 
erishishga qaratilgan, ya’ni iqtisodiy o’sishining barqarorligi, inflyatsiya va 
ishsizlikning o’sishini to’xtatish, to’lov balansi tengligini ushlab turish va 
boshqalarni ta’minlashga qaratilgan. 
Valyuta siyosatining yo’nalishi va shakllari mamlakatning valyuta bo’ yicha 
iqtisodiy vaziyati, jahon xo’jaligi evalutsiyasi, jahonda ishlab chiqarish kuchlari 
joylashtirilishiga ko’ra aniqlanadi. Har xil taraqqiyot bosqichlarda birinchi o’ rinda 
valyuta siyosatining aniq maqsad va masalalari chiqadi. Bular: 
– 
valyuta inqirozini bartaraf etish va barqarorligini ta’minlash; 
– 
valyuta cheklovlari; 
– 
valyutani erkin ayirboshlashga o’ tish; 
– 
valyuta operatsiyalarining erkinligi va boshqalar. 
Hukumatning valyuta siyosati valyuta qonunchiligi bilan rasmiylashtiriladi. 
Bu qonunchilik o’ z ichiga mamlakat ichida va tashqarisida valyuta qimmatliklari 
bilan operatsiyalarni tartibga soluvchi huquqiy qoidalar majmuasi, shuningdek
valyuta muammolari bo’ yicha davlatlararo kelishuvlar (ikki tomonlama va ko’ p 
tomonlama) ni oladi. 
Valyuta siyosatini amalga oshirish yo’ nalishlaridan biri – bu valyutani 
tartibga solishdir. valyutani tartibga solish valyuta operatsiyalarini amalga oshirish 
tartibi va xalqaro hisob-kitoblarni davlat tomonidan aniq belgilab berishdir. Bu, o’ 
z navbatida, milliy, davlatlararo va hududiy darajada bajarilishi mumkin. 
valyuta siyosati valyuta muammolari bo’ yicha qarorlarni tayyorlash, qabul 
qilish va amalga oshirishni o’ z ichiga oladi. 

Download 243.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling