Mavzu: Valyuta mablag’lari harakatining tahlili Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 40.39 Kb.
bet5/6
Sana21.06.2023
Hajmi40.39 Kb.
#1638112
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
valyuta mablag\'lari harakati tahlili

Pul oqimlari – pul va pul mablag’larining hamda so’m va o’zga ekvivalentlarining kirimi (kelib tushishi) va chiqimi (sarflanishi).
Pul ekvivalentlari – bu pul mablag’lariga erkin almashtiriladigan qisqa muddatli likvidlanadigan, qiymati o’zgarishi xatariga kamroq moyil bo’lgan investitsiyalar.
Pul mablag’lari – bu kassadagi naqd pul va talab bo’yicha beriladigan depozitlar, shuningdek, hisob-kitob, valyuta va o’zga bank hisob raqamlaridagi mablag’lar.
Operatsiya faoliyati – bu investitsiya va moliyaviy faoliyatni istisno qilganda, korxonaning daromad keltiradigan asosiy va boshqa faoliyati.
Investitsiya faoliyati – pul ekvivalentlariga kiritilmagan uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiyalarni sotib olish va sotish.
Moliyaviy faoliyat – xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati bo’lib, u natijada o’z sarmoyasi va qarz olingan mablag’lar hajmi va tarkibining o’zgarishiga olib keladi.
Pul mablag’larining oqimini quyidagi asosiy ko’rsatkichlar ta’riflaydi:
1. Pul mablag’larining kelib tushishi va sarflanishi summasi.
2. Kelib tushgan va sarflangan pul mablag’larining tuzilmasi.
3. Kelib tushgan va sarflangan pul mablag’larining o’zaro saldosi.
4. Kelib tushgan va sarflangan pul mablag’lari nisbatining koeffitsiyenti (pul mablag’lari oqimi koeffitsiyenti).
3. Moliyaviy faoliyatdagi pul mablag’lari harakatining tahlili
Moliyaviy faoliyat – bo’limida aksiya chiqarishdan kelib tushgan tushum, uzoq va qisqa muddatli qarzlarni kelib tushishi va chiqimlar aks etadi. Bulardan tashqari korxona pul ishtirokisiz investitsiya va moliyaviy faoliyat bo’yicha chiqimlarni amalga oshirishi mumkin. Masalan, asosiy vositalarni uzoq muddatli kredit hisobiga sotib olish, kreditor qarzlarni aksiyani chiqarish va kreditlarga qo’shimcha aksiyani berish orqali bo’lishi mumkin.
Korxona moliyaviy holatining sog’lomligini sharti bo’lib, pul mablag’larini kirimi korxonaning majburiyatlarini qoplay olishidir. Minimal miqdordagi pul mablag’larini yetishmasligi moliyaviy holat tangligiga sabab bo’ladi. Ortiqcha mablag’larga ega bo’lish inflyatsiya natijasida pulni qadrsizlanishiga, hamda ortiqcha mablag’larni samarali foydalanishga yo’naltirmaslik natijasida qo’shimcha daromad ololmasligi mumkin. Shu bois pul mablag’larini ratsional boshqarishni doimo nazorat qilish va tahlil qilish lozim. Bunday tahlil etishni amalda bir qancha usullari mavjuddir.
Moliyaviy holat tangligini sabablaridan biri bu korxona joriy aktividagi pul mablag’larini joriy majburiyatlarga nisbatan keskin kamayib borishidir. Shu bois har oyda pul mablag’lari bilan muddati kelgan majburiyatlarni bir-biri bilan taqqoslab, tahlil kilish lozim.
Xo’jalik sub’ektlarining faoliyatini tahlil qilish jarayonida ikkala uslub (to’g’ri va egri) ning qo’llanilishi bir-birini to’ldirib boradi hamda hisobot davrida korxonani pul mablag’lari oqimining harakati haqidagi real holatini ko’rsatib beradi.
Xo’jalik sub’ektlarining pul mablag’lari oqimini egri uslub orqali o’rganish uchun aloxida analitik hisobot tayyorlash lozim bo’ladi. Analitik hisobot tuzish uchun quyidagi axborot manbalaridan foydalaniladi:
 «Buxgalteriya balansi» (1 shakl);
 «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot» (2 shakl);
 «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» (3 shakl);
 Bosh daftar;
 Jurnal-orderlar;
 Buxgalteriya hisobi ma’lumotnomalari va boshqalar.
Pul oqimlari tahlilining egri uslubi natijalari bo’yicha quyidagi savollarga javob olishimiz mumkin bo’ladi:
1. Qanday hajmda va qaysi manbalardan pul mablag’lari kirim qilindi hamda qanday asosiy yo’nalishlarga pul mablag’lari sarflandi?
2. Korxona joriy faoliyati natijasida to’lov mablag’lari (pul qiymatliklari zahirasini) kelishini ko’paytirishni ta’minlay oladimi?
3. Korxona debitorlik qarzlarini undirish hisobiga qisqa muddatli majburiyatlarini qoplash holatiga egami?
4. Investitsiya faoliyatiga yo’naltirish uchun o’zlik mablag’lari (sof foyda va amortizatsiya ajratmalari) yetarlimi?
5. Korxonaning olgan sof foydasi uning pul mablag’lariga bo’lgan joriy talabini qoplash uchun yetarlimi?
Egri uslub orqali pul oqimlarini tahlil etishda yuqoridagi singari analitik hisobot tuziladi va pul oqimlarini hisoblash tizimi yaratiladi. Mazkur tizim orqali korxonaning pul oqimlariga har bir faoliyat turi qanday ta’sir ko’rsatayotganligi o’rganiladi. Egri uslubni qo’llash orqali har bir ko’rsatkich pul mablag’lariga qanday va qancha miqdorda ta’sir ko’rsatganligini ko’rishimizga imkon beradi. Jadvaldan ko’rinadiki, har ikkala uslub orqali ham pul mablag’lari qoldig’i bir xil natijani bermoqda. Bundan ko’rinadiki korxonada pul mablag’lari harakati buxgalteriya hisobi va hisobotlarida to’g’ri aks ettirib borilgan.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning pul oqimlarini tahlil qilish natijasida pul mablag’larining taqchillik sabablari to’g’risidagi dastlabki xulosalarni qilish mumkin bo’ladi.
Bunday sabablarga quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin:
• Xo’jalik sub’ektlarining mol-mulk va mahsulot sotish rentabelligini pastligi;
• Soliqlar va dividend to’lovlarining yuqori ekanligi;
• Korxonalarda qoplash manbalaridan yuqori bo’lgan kapital xarajatlarining katta miqdorda amalga oshirilishi;
• Me’yordan ortiqcha bo’lgan zahira va xarajatlarni tashkil etishga pul mablag’larining yo’naltirilganligi;
• Korxonalarda aylanma mablag’lar aylanishining pastligi, ya’ni aylanma mablag’larning aylanishi sekinligi hisobiga korxona oborotiga pul mablag’larining qaytishi sekinligi natijasida oborotga qo’shimcha pul mablag’larini jalb etilganligi;
• Balans passivida qarz majburiyatlari ulushining ortishi hisobiga qarz va kreditlarni qoplashga hamda foiz to’lovlariga yuqori miqdorda to’lanmalar qilinganligi.


Download 40.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling