Mavzu: Valyuta mablag’lari harakatining tahlili Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 40.39 Kb.
|
valyuta mablag\'lari harakati tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Xulosa
Moliyaviy faoliyat – bo’limida aksiya chiqarishdan kelib tushgan tushum, uzoq va qisqa muddatli qarzlarni kelib tushishi va chiqimlar aks etadi. Bulardan tashqari korxona pul ishtirokisiz investitsiya va moliyaviy faoliyat bo’yicha chiqimlarni amalga oshirishi mumkin. Masalan, asosiy vositalarni uzoq muddatli kredit hisobiga sotib olish, kreditor qarzlarni aksiyani chiqarish va kreditlarga qo’shimcha aksiyani berish orqali bo’lishi mumkin. Korxona moliyaviy holatining sog’lomligini sharti bo’lib, pul mablag’larini kirimi korxonaning majburiyatlarini qoplay olishidir. Minimal miqdordagi pul mablag’larini yetishmasligi moliyaviy holat tangligiga sabab bo’ladi. Ortiqcha mablag’larga ega bo’lish inflyatsiya natijasida pulni qadrsizlanishiga, hamda ortiqcha mablag’larni samarali foydalanishga yo’naltirmaslik natijasida qo’shimcha daromad ololmasligi mumkin. Shu bois pul mablag’larini ratsional boshqarishni doimo nazorat qilish va tahlil qilish lozim. Bunday tahlil etishni amalda bir qancha usullari mavjuddir. Moliyaviy holat tangligini sabablaridan biri bu korxona joriy aktividagi pul mablag’larini joriy majburiyatlarga nisbatan keskin kamayib borishidir. Shu bois har oyda pul mablag’lari bilan muddati kelgan majburiyatlarni bir-biri bilan taqqoslab, tahlil kilish lozim. Xo’jalik sub’ektlarining faoliyatini tahlil qilish jarayonida ikkala uslub (to’g’ri va egri)ning qo’llanilishi bir-birini to’ldirib boradi hamda hisobot davrida korxonani pul mablag’lari oqimining harakati haqidagi real holatini ko’rsatib beradi. Pul mablag`lari - bu korxonaning asosiy tulov vositalaridan biri hisoblanadi. Korxonalarning pul mablag`lari asosan hisob-kitob schyotida, kassada, valyuta schyotida va maxsus schyotlarda saklanadi. Pul mablag`lari hisobi kassa kitobi, kassa kirim-chiqim orderlari, hisob-kitob schyotidan ko`chirmalar va boshqa hujjatlar yordamida yuritiladi. Naqd va naqd pulsiz shaklidagi hisob-kitob operatsiyalari mavjud. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. - T. O’zbekiston, 1995. 2. Qodirxonov S.B. Sanoat korxonalarida buxgalteriya hisobi T.: O’qituvchi 1993. 3. Umarova M. Eshboyev U. Axmadjonov K. Buxgalteriya hisobi 1999 4. Kondrakov N.P. Buxgalterskiy uchet. M.: "INFRA M". 1998. 5. www.ziyonet.uz Download 40.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling