Mavzu. Variatsiya, asimmetriya va ekssess ko`rsatkichlari reja: Variatsiya to`g’risida tushuncha. Variatsiya ko`rsatkichlari
Download 43.69 Kb.
|
VARIATSIYA, ASIMMETRIYA VA EKSSESS KORSATKICHLARI
2. Variatsiya ko`rsatkichlari.
Statistikada variatsiya quyidagi ko`rsatkichlar yordamida tavsiflanadi (jadval): Variatsiya ko`rsatkichlari
Bu erda: Xmax – belgining eng katta darajasi; Xmin – belgining eng kichik darajasi; x – variatsion qatorning alohida miqdorlari; x– ularning o`rtacha miqdori; f – hadlar soni (vazn); Σf – hadlar yig’indisi. Variatsion kenglik (R) deyilganda belgining eng katta va eng kichik darajalari o`rtasidagi farq tushuniladi. Bu ko`rsatkich ranjirlangan qatorning ikkita chetki hadlariga asoslanganligi sababli ayrim hollarda o`zgaruvchanlikni noto`g’ri ta`riflashi mumkin. Bunday holat, odatda, chetki hadlar tasodifiy bo`lgan taqdirda sodir bo`ladi. Bu ko`rsatkichdan qatorning hadlari bir-biridan unchalik katta miqdorda farq qilmaydigan sharoitlarda foydalanish maqsadga muvofiqdir. O`rtacha mutlaq tafovut (d) alohida miqdorlar bilan ularning o`rtacha miqdori o`rtasidagi farqlarning to`plamdagi birliklar soni yig’indisiga bo`lgan nisbat natijasidir. Dispersiya (σ2) alohida miqdorlar bilan ularning o`rtacha miqdori o`rtasidagi farqlar kvadratining to`plamdagi birliklar soni yig’indisiga bo`lgan nisbat natijasidir. Agar dispersiyani kvadrat ildizdan chiqarsak, u holda o`zgaruvchanlikning haqiqiy darajasi kelib chiqadi. Bu ko`rsatkich o`rtacha kvadratik tafovut deb ataladi. Variatsiya koeffitsienti (v) o`rtacha kvadratik tafovutning (σ) o`rtacha miqdorga (x ) bo`lgan nisbat natijasiga teng. Bu koeffitsient qiymati, agar u foizda ifodalangan bo`lsa, 0 bilan 100 orasida bo`ladi. U 0 ga qancha yaqin tursa, o`zgaruvchanlik shuncha kuchsizligidan va 100 ga qanchalik yaqinlashsa, o`zgaruvchanlikning shunchalik kuchliligidan dalolat beradi. Variatsiya koeffitsientini foizda ifodalash yordamida turlicha ifodalangan o`rtacha kvadratik tafovutlar bir xil asosga keltiriladi va ular yordamida turlicha hodisalar o`zgaruvchanligi qiyosiy tahlil qilinadi. Download 43.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling