Mavzu: vasiylik va homiylik


Farzandlarning huquq va burchlari


Download 170.34 Kb.
bet16/17
Sana02.06.2024
Hajmi170.34 Kb.
#1834720
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Mavzu vasiylik va homiylik

Farzandlarning huquq va burchlari.
Farzandlar ham ota- onalarining oldida o’z burchlari bajarishlari shart. Bu burchlar ayniqsa, mehnat qobiliyatini yuqotgan, kasal bo’lgan, boquvchisiz qolgan ota-onalarga g’amxo’rlik qilishdan iboratdir. Farzandlar burchlarini bajarishlari to’g’risida O’zbekiston Respulikasi Konititutsiyasining 66-moddasida jinoyat, nikoh, va oila qonunlarida ko’rsatilgan. Qonunda ajrim bilan birga, talab qilsalar, voyaga yetmagan farzandga nafaqa to’lashni yo’llarini ham ko’rsatgan.
Ota- ona va bolalarni huquq va majburuyatlarining mazmuni shundan iboratki, ota-ona voyaga yetmagan hamda voyaga yetgan-u, lekin mehnatga layoqatsiz va muhtoj bolalarni ta’minlashga majburdilar. Ota-ona voyaga yetmagan o’z bolalarini ta’minlash to’g’risida kelushuv tuzishga haqlidirlar. Aliment to’lash to’g’risidagi kelishuv aliment to’lashga majbur shaxs bilan aliment oluvchi shaxs o’rtasida yozma shaklda va notarial tartibda tasdiqlanib tuziladi. Bunda aliment to’lash tartibi va shakli tomonlar o’rtasida kelishilgan holda belgilanadi. Biroq alimentning miqdori sud tartibida undirilganda bolalar olishi mumkin bo’lgan miqdordan kam bo’lmasligi kerak. Mehnatga layoqatsiz voyaga yergan bolalar, o’z navbatida, mehnatga layoqatsiz, va yordamga muhtoj ota-onalarini majburdilar. Agar voyaga yetgan bolalar, o’z ota-onaiga ixtiyoriy ravishda moddiy yordam berishdan bo’yin tovlasalar, ota-ona sudga o’z taminotlari uchun bolalardan aliment undirib berish uchun murojat qilishga haqlidirlar. Alimentlarni sud qat’iy pul summasida belgilaydi. Qonun alimentlarning inekiya qilishini nazarda tutadi.
Ota-ona qaramog’idan maxrum bo’lgan bolalarni davlat alohida himoyaga oladi. Qonunda bunday bolalarni tegishli muassasalarga tarbiyalash uchun joylashtirish tartibi maxsus belgilab qo’yilgan bo’lib, ularga oilaga tarbiyalash uchun berish (farzandlikka olish) homiylikka olish yoki mehribonlik uylariga berish kabilar kiradi.
2.2. Ota-onalar va farzandlarning xuquq va majburiyatlari.
Voyaga yetmagan bolalarning oiladagi xuquqlariga bag’ishlangan qoidalar birinchi marta mazkur Oila Kodeksida nazarda tutilmoqda. Avvalgi nikoh va oila kodekida bevosita bolalar xuquqiga bag’ishlangan qoidalar yo’q edi, ularning xuquqlari ota-ona va bolalar o’rtasida vujudga keladigan xuquqiy munosabatlar orqali belgilanar hamda ular voyaga yetmagan bo’lganlari tufatli aksariyat xollarda mustaqil xuquqqa ega emasdirlar, bundaylar ota-ona qarmog’idagi obyektlar sifatida qabul qilinadilar.
Voyaga yetmagan bolalarga bag’ishlangan mustaqil bobning kiritilishi Oila Kodeksiga o’tmishda bolalar xuquqni cheklashga qaratilgan qoidalarni bartaraf qilish qonunchilik tajribasida qo’lga kiritilgan ijobiy yutuq bo’ldi. Bu bilan BMT tomonidan 1989- yil 20-noyabrda qabul qilingan va O’zbekistan Respublikasi Oliy Kengashning 1992-yil 9-dekabrdagi qarori bilan radifikatsiya qilingan “ Bola xuquqlari to’g’risida”gi Konvensiyaga amal qilindi. O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi Muqaddimasining 5-bandiga binoan, O’zbekistonda xalqaro xuquqning umumiy e’tirof etilgan qoidalari ustunligining tan olinishi va bu ustunlikning Bolalar xuquqlari Konvensiyasiga qo’shilishi Oila Kodeksi tomondan voyaga yetmagan bolalarni mustaqil shaxs sifatida muayyan xuquqlariga ega qilish, ularni ma’lum darajada amalga oshirish va himoya qila bilish uchun imkoniyat yaratdi.
Bola tushunchasi “Bola xuquqlari to’g’risida”gi BMT Konvensiyasining 1-moddasida, O’zbekiston Respublikasi Fuqorolar Kodeksining 22, 27, 29-moddalarida, Oila kodekining 71-moddasida ifodalanadi. Umumiy qoidaga ko’ra, o’n sakkiz yoshga to’lmagan bolalar voyaga yetmagan deb hisoblanadi.
Fuqorolar oilaviy munosabatdan kelib chiqadigan xuquqlarni o’z hoxishiga ko’ra tasaruf etadilar. Oila a’zolarini o’z huquqlarini amalga oshirishdagi hamda o’z majburiyatlarini bajarishlari oilaning boshqa a’zolarini va boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi shart.
O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 18-moddasigam asosan, nikoh fuqorolik xolati dalolatnomalarini qayd etish o’rganlarida ro’yxatga olingan paytdan boshlab nihokni tuzganalar er-xotin deb hisoblanadilar va shu paytdan e’tiboran ular o’rtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi. “Er- xotin oilada teng xuquqlardan foydalanadilar va ikkala taraf, ya’ni er-xotin teng majburiyatlarga egadirlar” ( Oila kodeksi-19).
Qonunga binoan faqat fuqorolik xolati faqat dalolatnomalarini yozish organida qayt etilgan nikohgina er-xotinlik xuquq va majburiyatlarining kelib chiqishiga asos bo’ladi.
Oila quruvchilarning qonuniy nikoh munosabatiga kirishi ularning xuquqiy xolatini o’zgartirib yuboradi. Nikoh tufayli er-xotinlik o’rtasigadi munosabatlar axloqiy qoidalar bilan emas, balki xuquqiy normalar bilan tartibga solinadi. Er-xotin qayd etilgan nikoh munosabati bilan vujudga keladigan xuquq va majburiyatlari ikki xil shaxsiy va mulkiy bo’ladi.
Ota-ona va bolalarning o’zaro munosabatlari oilada alohida o’rin tutadi. Bular shaxsiy (nomulkiy) va mulkiy huquq va majburiyatlardir.
Shaxsiy xuquqlar, er-xotinni nikoh tufayli yuzaga keladigan xuquqi kabi, nikohga o’tgunga qadar ham ularga tegishli bo’ladi. Masalan, familiya tanlash xuquqi, bolalar tarbiyasi va oila turmush masalalarini xal qilish, mashg’ulat turi, kabi va turar joy tanlash xuquqlari shular jumlasidandir. Bunday xollarda mehnat va fuqorolik xuquqi muomila layoqati elementi bo’lib, oila xuquqi sohasiga kirmaydi. Nikoh qayd etilgan paytdan boshlab, shaxsiy xuquqlar er va xotindan har birining sub’yektiv oila xuquqini tashkil etib, faqat oilaviy xuquqiy munosabatda nomoyon bo’ladi. Demak, u faqat shu ma’noda oilaga oid qonun hijjatlari bilan himoya qilinadi.
Er-xotinning xar biriga tegishIi bo’lgan shaxsiy xuquq va majburiyatlar faqat oila huquqi emas, balki xuquqning boshqa sohalari bilan ham tartibga solina. Fuqoroni shaxsi va qadr-qimmati O’zbekiston Respublikasi Fuqorolik kodekining 20-moddasiga asosan, o’z ismi bilan yashash huquqiga e’tiroz bildirayotgan yoki ismidan qonunsiz foydalanayotganligi munosabati bilan manfaatlari buzilayotgan shaxs manfaatlarini buzuvchidan bunday xarakatlarga chek o’qiyishi va raddiya berishini talab qilish mumkin. Agar manfaatlar qasddan buzilayotgan bo’lsa, jabrlangan shaxs qo’shimcha sur’atda zararni qoplashini talab qilishi mumkin. Manfaat qasddan buzilganda jabrlanuvchi ma’naviy ziyonning qoplashini ham talab qilish xuquqiga ega. Ushbu modda asosan oila a’zolari o’rtasida vujudga keladigan munosabatlarga ham tegishlidir.
Voyaga yetmagan bolalarning quyidagi huquqlari mavjud: oilada yashash va tarbiyalanish, ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko’rishish, o’z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, o’z fikrini ifoda etish, ism, ota ismi va familiya olish, ism va familiyasini o’zgartirish, oilada umumiy mulk, o’z hususiy mulkiga ega bo’lish va boshqalar.
65-modda. Bolalarning oilada yashash va tarbiyalanish huquqi.
Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o’z ota-onasini bilish, ularning g’amxo’rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega, bola manfaatlariga zid bo’lgan xolar bunday istasnodir.
Bola o’z ota-onasi tomondan tarbiyalanish, o’z manfaatlari ta’minlanishi, har taraflama komol topishi insoniy qadr-qimmatlari xurmat qilishi xuquqiga ega. Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari ko’rishish huquqiga ega. Bolaning ota-onasi bo’lmaganda yoki ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda va bola ota-ona qaramog’idan maxrum bo’lgan boshqa xollarda uning oilada tarbiyalanish xuquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi. Bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) tomondan amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan bola qonunga muvofiq to’la muomila layoqatiga ega deb e’tirof etilsa u o’z huquq va majburiyatlarini, shu jumladan, himoya huquqini mustaqil amalga oshirishga haqlidir.
Bolaning yashashi, komol topishi uchun oila birdan-bir makon tabiiy muhit hisoblanadi. Shuning uchun ham, Oila Kodeksning 2-moddasiga binoan, ota-ona zimmasiga oilada, ya’ni bola tug’ilgan va yashab turgan oilada uning faravon hayot kechirishi va kamolga yetishi haqida g’amxo’rlik qilish vazifasi yuklatiladi. Oilaning ichki hayotiga va bolalarning tarbiyasiga boshqalarning o’z boshimchalik bilan aralashishiga bola tarbiyasiga salbiy ta’sir o’tkazishga qonun bo’yisha yo’l qo’yilmaydi. Shu bilan qonun oila va bolaning huquqlarini muhofaza qilishga qaratilgan o’z funksiyasini bajaradi. Ammo bolani huquqi oilada kamsitilsa, bunday oilaga nisbatan qonun yo’li bilan zarur ta’sir o’tkazishga ota-onaning ota-onalik huquqini cheklashga, xattoki, umuman maxrum qilish chorasini qo’llashga ham to’g’ri keladi. Voyaga yetmagan bolalarning oilada yashash va tarbiyalanish huquqi ularni jismoniy va ruhiy sog’lom qilib o’stirish bo’yicha ota-onalarning majburiyatlaridan kelib chiqadi. Voyaga yetmagan bolalarning o’z ota-onasi tomonidan shaxsan tarbiyalanishi, manfaatlarining ta’minlnishi, ota-ona bilan oilada birga yashashi, ularni har tomonlama komol topishiga, insoniy qadr-qimmatning xurmat qilishga, yaxshilik va muruvat tuyg’ulari asosida tarbiyalanishlarga imkon beradi. Voyaga yetmagan bolalarni huquqlarini kamsitish, ular bilan qo’pol muomolada bo’lish, ularga jismoniy azob berish va ularning manfaatlariga zid bo’lgan boshqa g’ayri qonuniy xatti- xarakatlar sodir qilish qonun bilan qoralanadi va tegishli. javobgarlikka tortilishiga sabab bo’ladi.
Voyaga yetmagan bolalarning o’z ota-onasiasi bilan birga bir oilada yashashi va tarbiyalanishi uchun, u avvola o’zining bilishi kerak. Bolalarning o’z ota-onasini bilishi “ Bola huquqlari to’g’risida”gi BMT Konvensiyasining 7-moddasida nazarda tutiladi. Voyaga yetmagan bolaning ota yoki onasi deganda, qonuniy nikohda turgan erkak va ayol yoki qonun bilan belgilangan tartibda otaligi yoki onaligi aniqlanib fuqorolik holati dalolatnomalarini yozish daftarida bolaning otasi va onasi sifatida qayd etilgan shaxslar tushuniladi. Xar bir bola oilada ota-onasi g’amxo’rligidan foydalanish huquqiga ega deganda, bolani oziq-ovqat, davolanish, kiyim-kechak, o’quv qo’llanmalari va uning yashashi va bilim olish uchun zarur bo’lgan boshqa narsalar bilan taminlashi nazarda tutiladi.
Ota-onaning ota-onalik huquqidan maxrum etilishi munosabati bilan yoki boshqa sabablarda ko’ra, ota-onasi tarbiyasidan maxrum bo’lgan voyaga yetmagan bo’lgan voyaga yetmagan bolalarning oilada tarbiyalanishi huquqini ta’minlash vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklanadi. O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasining 64-moddasi ikkinchi qismida “ Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onaning vasiyligidan maxrim bo’lgab bolalarni boqish, tarbiyalash va o’qitishni ta’minlaydi” deyilgan.
Vasiylik va xomiylik organlari ota-onalari tarbiyasidan maxrum bo’lgan voyaga yetmagan bolalarni farandlikka berish, oilaga tarbiyaga berish yo’li bilan ularni tarbiyalanish huquqidan foydalanishini ta’minlaydilar.
66-modda. Bolaning ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko’rishish huquqi.
Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko’rishish huquqiga ega. Ota-onasining nihokdan ajralishi, nihokning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota-onaning boshqa boshqa yashashi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi.
Ota va ona alohida yashgan holda bola ularning har biri bilan ko’rishish huquqiga ega. Ota-ona turli davlatlarda yashagani taqdirda xam bola ular bilan ko’rishish huquqiga ega. Favqulotda vaziyatlarga tushib qolgan bola “ushlab turish, qamoqqa olish, hisobga olish, davolash muassasida bo’lish va boshqa xolatlarda” o’z ota onasi va boshqa qarindoshlari bilan qonunda belgilangan tartibda ko’rishish huquqiga ega.
Voyaga yetmagan bolalarning jismonan va ruhan sog’lom bo’lib o’sishi uchun ular bilan doimiy muloqotda bo’lib turishlari kerak . Voyaga yetmagan bolalarning bu xuquqlari ota-onalarning o`z bolalarini o`zlari shaxsan tarbiyalash xuquqi va majburyatidan kelib chiqadi.
Ota-onalarning nikoxdan ajralishi yoki nikoxlarning haqiqiy emas deb topilish,voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari ko`rishib turish va muloqatda bo`lish xuquqini cheklamaydi.
Shuningdek aloxida turgan ota yoki ona bola tarbiyasida ishtirok etish majburiyatidan ozod etilmaydi. Shuning uchun xam, voyga yetmagan bolalar,alohida turgan ota yoki ona bilan ko`rishib turish va doimiy muloqatda bo`lish xuquqiga ega.
Alohida turgan ota-onalar voyaga yetmagan bolalarni bilan ko`rishib turish xaqida o`zaro kelishuv tuzishlari mumkin, bunday kelishuv og`zaki yoki yozma shakilda tuziladi.
Ota-onasi bilan birga yashamaydigan yoki ular qarmog`idan mahrum bo`lagan bolalarni tarbiyalash uchun vasiylik va homiylik belgilangan bo`lish mumkin (Oila kodeksi 173-193-moddalari). Bunday holarda vasiy va xomiy bolaning o`z ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari bilan ko`rishib turishga to`sqinlik qilishga xaqli (Oila kodeksining 181-moddasi 5-qismi berilgan sharxlariga qaralsin ). Lekin boladan alohida turgan ota yoki onaning voyaga yetmagan bola bilan muloqatda bo`lishi uning tarbiyasiga, xulq atvoriga salbiy tasir ko`rsatadigan bo`lsa, masalan, ota yoki ona doimiy spirt ichimliklar ichishga, giyohvandlik vositalarni istemol qilishga, og`ir ruhiy kasalikka duchor bo`lgan bo`lsalar, manfaatdor shaxs tomonlarning talabi bilan, vasiylik va xomiylik yoki sud bunday ota-onani voyga yetmagan bola bilan ko`rishib turishini to`xtatib qo`yishi mumkin.
Ota yoki ona voyaga yetmagan boladan alohida yashagan xolda ham bola ularning xar biri bilan ko’rishib turish va muloqotda bo’lish huquqini yuqotmaydi. Xatto bolaning ota yoki onasi chet davlatlarda boshqa boshqa joylardayashab turgan taqdirdaham voyaga yetmaganbolalar ota-onalarning xar biri bilan ko’rishib turish huquqiga ega. Bunday huquq “ Bola huquqlari to’g’risida”gi BMT Konvensiyasi 10-moddasining 2-bandida ham nazarda tutiladi. Voyaga yetmagan bolalarni o’z ota-onalari bilan ko’rishib turishi to’g’risidagi vakillik va homiylik organining qarori ota-onalarning xar biri uchun ham majburiy hisoblanadi. Bola tarbiyasini zimmasiga olgan ota yoki onagarchi ular vasiylik va homiylik organlarining qarorida belgilangan vaqtda alohida-alohida turgan bo’lsalar bolaning o’z otasi yoki onasi bilan uchrashishga imkoniyat yaratib berishlari va bunday uchrashuvga monelik qilmasliklari kerak.
Har xil g’araz maqsadlarda eri(xotini)dan qasos olish uchun bolalarni o’z otasi (onasi)bilan ko’rishish imkoniyatidan maxrum qilishga xarakat qiluvchi ona (ota)lar ham uchrab turadi. Bunday hollarda manfaatdor tomonning talabiga binoan sudning xal qiluv qaroriga ko’ra voyaga yetmagan bola bilan uchrashuvga monelik qilgan ota-onani majbur qilish yo’li bilan buzilgan huquq tiklanishi mumkin . Sud o’zining xal qiluv qarori bilan faqat vasiylik va homiylik organlarining qarorini bajarish majburiyligini tasdiqlabgina qolmay, balki agar asoslar bo’lsa, ishni mazmunan ko’rib, ota-onalik huquqini suistemol qilgan ota yoki onani ota-onalik huquqidan maxrum qilish masalasini ham hal qilihi mumkin.
Bolaga eng yaqin bo’lgan qarindoshlar uning bobosi, buvisi hisoblanadi. Nevaralarini ko’rib turish bobo va buvilar uchun alohida xuzur va quvonch bag’ishlaydi. Bobo va buvilarga nevaralarini tarbiyalsh huquqi qonunda alohida ko’rsatilmagan bo’lsa ko’proq shug’ullanadilar ko’proq uchrashib muloqotda bo’ladilar. Bobo va buvilarning o’z nevaralari bilan bolaning ota-onasini bunga majbur qilishlari mumkin. Bobo va buvilarning voyaga yetmagan nevaralarini bilan muloqotda bo’lishi ularning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak.
Voyaga yetmagan bolalar favqulotda holatga tushib qolgada o‘z ota-onalari bobo va buvilari, aka-uka, opa-singillariva boshqa qarindoshlari bilan qonunda belgilanga tartibda ko’rib turish va muloqotda bo’lish xuquqini saqlab qoladilar.
67-modda. Bolaning himoyaga bo’lgan xuquqi.
Bola o’z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish xuquqiga ega . Bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi (ularning o’rin bosuvchi shaxslar), ushbu Kodeksda nazarda tutilgan xolarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror va sud tomonidan amalga oshiriladi.
Voyaga yetmagan qonunga muvofiq to’la muomila layoqatiga ega, deb e’tirof etilsa u o’z huquq va majburiyatlarini, shu jumladan himoya huquqini mustaqil amalga oshirishga xaqlidir. Bola ota-ona (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar ) tomonidan qilinadigan suistemolliklardan himoyalanish huquqiga ega.
Bolaning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganda shu jumladan, ota-ona (ulardan biri) bolani tarbiyalash va ta’lim berish bo’yisha o’z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan yoxud ota-onalik huquqlarini suistemol qilganda bola o’z huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini so’rab, vasiylik va homiylik organiga, 14 yoshga to’lgandan keyin esa, mustaqil ravishda sudga murojaat qilish xuquqiga ega. Bolaning hayoti yoki sog’ligiga xavf tug’ilganligidan uning huquq va majburiy manfaatlari buzilganligidan xabardor bo’lgan shaxslar bu haqda bola ayni paytda yashan turgan joydagi vasiylik va homiylik ma’lum qilishi shart. Shunday ma’lumatlarni olgach, vasiylik va homiylik organi bolaning huquq va qonuniy manfatlarini himoya qilish yuzasidan zarur chiralar ko’rish shart.
Ta’lim tarbiya berishda qonun bilan yuklatilgan vazifalarni bajarmagan yoki ota-onalik huquqini suistemol qilgan ota-onalarning xatti -xarakatilari ustidan shikoyat qilib, o’z huquqini himoya qilish o’n to’rt yoshga to’lmagan voyaga yetmagan bolalarga ham berilsin. Bunday xolarda voyaga yetmagan bolalar o’z huquqlarini himoya qilishniso’rab vasiylik organlariga murojat qilishga xaqlidirlar.
68-modda. Bolaning o’z fikrini ifoda etish huquqi.
Oilada bolaning manfaatlariga taaluqli xar qayday masala xal qilinayotganda bola o’z fikrini ifoda qilishga, shuningdek xar qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokamaga davrida so’zlashga xaqlidir.
“Bola huquqlari to’g’risida”gi BMT Konveniyasining 12-moddasida va 68-moddada bolaning o’z fikrini erkin ifoda etish huquqi nazarda tutiladi. Bunda bola oila a’zosi sifatida muayyan huquqlarga ega shaxs sifatida tan olinadi. Bolaning qaysi yoshdan boshlab firk bildirish huquqiga ega ekanligini mazkur moddada aniq belgilanmangan. Lekin Oila kodeksining bolalar huquqlari to’g’risidagi moddalarda bu masalaga e’tibor berilgan. “Bola huquqlari to’g’risida”gi BMT Konvensiyasida bola fikri uning yoshi va aqli- zakovatiga qarab baholanishiga e’tibor beriladi.
O’zbekiston Respublikasining xar bir fuqarosi o’zining hayot faoliyati, yurish turishiga va boshqa shaxsiy hislatlarga bog’liq masalalar davlat va jamoat tashkilotlarida muhokama qilinayotganda ishtirok etib, o’z fikrini ifoda etishga haqli. Voyaga yetmagan har bir bola ham teng huquqli fuqaro sifatida, o’zining shaxsiga, faoliyatiga va hayotiga bog’liq masalalar bo’yicha o’z fikrini ifoda etish huquqiga ega.
Oilada voyaga yetmagan bolalarning holati, turmush tarzi, sog’lig’i tarbiyasi, o’qishiga doir masalarni hal qilishda, ota-onalar albatta bolalarining fikrini hisobga olishlari shart. Voyaga yetmagan bolalar o’z huquqlari va qonun bilan mustahkamlangan manfaatlariga taaluqli masalalarni oilaviy muhokama qilishda tenglik davlat va jamoat tashkilotlarida ko’rib chiqishda, shuningdek ma’muriy organalar va sud jarayonida muhokama qilish paytida o’zlari ishtirok etishni talab qilish bilan birga, o’z fikrlarini erkin ifoda etishga ham haqlidirlar.
Voyaga yetmagan bolalar fikrlarini ifoda etish huquqini o’zlarining qonuniy vakillari ota-onalari, farzandlikka olganlar, vasiylik va homiylik organlari yordamoda amalga oshirilishi mumkin.


Xulosa
Ota-onalar bolalari oldidagi huquqlarini bajarishlari, bolalar ham ota-onalari oldidagi huquq va burchlarini bajarishlari ularni qiynamasliklari ruhan,jismonan sog’lom tarbiylashlari lozim. Ularga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishlari ularni qiziqishlari, nimani istashlarini, ularni fikrini, e’tibor berishlari lozim. Ularga manan va ruhan yordam berishlari shart. Afsuski ba’zi ota-onalar o’z majburiyatlarini bajarishdan bosh tortadilar, ota-onalik xuquqlarini suiste’mol qiladilar, bolalari bilan shavqatsiz munosabatda bo’ladilar, ularni taxqirlaydilar. Shu qatorda bolalar ham o’z huquqlarini eslaridan chiqarmasliklari va ota-onalariga g’amxo’rlik qilishlari lozim. Agar voyaga yetgan bolalar o’z navbatida mehnatga layoqatiz va yordanga muhtoj ota-onalariga moddiy tarafdan yordam berishdan bo’yin tovlasalar ular farzandlarini sudga berishlari ham mumkin. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak ota-onalar va farzandlar o’z xuquq va majburiyatlarini bajarishlari shart bo’lmasa ularniga qonunda belgilangan jazo turlari qo’llaniladi.
Voyaga yetmagan bolalarning o’z fikrlarini erkin ifoda etishda ularning qonuniy vakillaridan tashqari boshqa shaxslarning aralashishiga yo’l qo’yilmaydi. O’n yoshga to’lgan voyaga yetmagan bolalarning fikrlari, albatta, hisobga olinishi shart. Voyaga yetmagan bolalarning manfaatiga, ularning huquqini kamsitishga yoki huquq va manfaatlariga boshqa tarzd putur yetkazish bilan bog’liq bo’lgan har qanday xatti xarakatlarga yo’l qo’yilmaydi. Voyaga yetmagan bolalarning o’z ota-onalarining xatti-xarakatidan norozi bo’lib bergan shikoyatlarni ko’rishda, ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Agar bola o’zaro nikohda bo’lmagan shaxslardan tug’ilgan va otalik qonuniy tartibda belgilanmagan bo’lsa, otalik ixtiyoriy ravishda sud tomonidan belgilanadi (bolaning ota-onasi birgalikda yoki faqat otasining o’zi FXDYO organlariga ariza bilan murojat qilsa). O’zaro nikohda bo’lmagan ota-onadan tug’ilgan bola ota-onasi qonuniy nikohda bo’lgan bolalarniki kabi huquq va majburiyatlarga ega.
Qonun otalik- (onalik)ni da’vo qilishga ham yo’l qo’yadi, lekin bu faqat sudtartibda bo’lishi mumkin.O’zaro nikohda bo’lmagan bola tug’ilgan tartibda, bola ota-onasining birgalikdagi yoki otasining shaxsiy arizasiga ko’ra, otalik sud tartibida belgilanishi mumkin. Bola 18-yoshga to’lmagan (voyaga yetmagan) shaxsdir. U nafaqat shaxsiy, balkiy mulkiy huquqqa, o’z ota-onasidan ta’minot olish huquqiga egadir, ammo bola ota-onasining mulkiga egalik qilish huquqiga ega emas va o’z navbatida, ota-ona bolaning mulkkiga egalik qilishiga xaqli emas.
Ota-ona va bolalarning alohida- alohida mulki bo’lishi va birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday mulkka egalik qilishlari va undan foydalanishlari mumkin. Ota-ona voyaga yetmagan farzandlarning qonuniy vakili hisoblanadi, chunki ular o’z huquq va va majburiyatlarini mustaqil himoya qila olmaydilar. Ota-ona nafaqat teng huquqlidir, balki bolalarni moddiy jihatdan ta’minlash, jismonan, ruhan, va axloqan sog’lom qilish tarbiyalash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash borasida bir xil majburiyatga ham egadirlar. Ota-onaning huquqi bolanng manfaatiga xizmat qilishi kerak. Bola o’z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega.
Agar nikohda turmagan shaxslardan tug’ilgan bolaning otasi kimligi qonunda belgilangan tartibda, aniqlanmagan bo’lsa va bola onaning familiyasida turgan bo’lsa, bola o’zizining otasini bilish huquqiga ega bo’lgani sababli, o’z otasi familiyasini olish huquqiga ega. Ota- ona o’rtasida bolaning ismi, ota ismi va familiyasi to’g’risidan kelishmovchilik bo’lib nizo chiqqan taqdirada, masala manfaatdor tarafning arizasiga binoan vasiylik va homiylik organi yoki ud tomonidan xal qilinadi.


Download 170.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling