Mavzu: Internet buyumlari va undagi kiberxavfsizlik muammolari tahlili
O‘ZBEKISTON RESРUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TОSHKЕNT AХBОRОT TЕХNОLОGIYALARI UNIVЕRSITЕTI
Toshkent 2023
Bitiruvchi: Roziqov A.Q.
Rahbar: Murodov M.M.
- Dolzarbligi: Bugungi kun texnologiyalari tarmoqdagi axborotlarning xavfsizlik xususiyatlari buzish uchun yetarli darajada taraqqiy etgan. Buyumlar Interneti (IoT)- bu ko‘plab kichik qurilmalar, jumladan sensorlar, datchiklar va mikrosxemalar yordamida aloqa vositasi orqali bir-biriga ulangan texnologiya bo‘lib, bir qator yangi vazifalar va ilovalarni amalga oshirish imkonini beradi. Buyumlar interneti (IoT) tobora ommalashib borayotganligi sababli, foydalanuvchi ma’lumotlarini himoya qilish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababidan Internet buyumlari va undagi kiberxavfsizlik muammolari tahlil qilish lozim.
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Buyumlar internet haqida ma’lumot, ularning tuzilishi, ularda uchraydigan xavfsizlik muammolari, buyumlar internetiga qaratilgan tahdidlarni, buyumlar internet ishlatiladigan sohalar haqida ko’rib chiqib uning kiberxavfsizlikdarasi va uning muammolarini tahlil qilish. Bitiruv mаlаkаviy ishini bаjаrish vа qо’yilgаn mаsаlаni yechish uchun quyidаgi vаzifаlаrni bаjаrish lоzim: - buyumlar interneti texnologiyasin o‘rganib chiqish va tahlil qilish;
- buyumlar interneti uchun ilovlarni tahlil qilish;
- buyumlar interneti texnologiyasidagi zaifliklar, ularga bo‘ladigan tahdidlar va hujumlarni tahlil qilish;
- buyumlar interneti texnolgiyasiga qaratilgan tahdidlarning tasnifi;
- Industrial Internet of Things Technologies xavfsizlik masalalarini tadqiq qilish
Buyumlar interneti haqida umumiy ma’lumotlar - “Buyumlar interneti” atamasi aniq va umumiy qabul qilingan ta’rifga ega emas. Buyumlar interneti (inglizcha Internet of Things, IoT deb qisqartirilgan) oddiy tilda buyumlar tarmog‘i bo‘lib, bu yerda “buyum” so‘zi aqlli ob’ektni anglatadi. Intellektual ob’ektlar tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sir qilish uchun o‘rnatilgan elektronika, dasturiy ta’minot, sensorlar va o‘rnatilgan texnologiyalarga ega bo‘lib, ularning hozirgi holati to‘g‘risida ma’lumotlarni uzatish va tashqaridan ma’lumotlarni qabul qilish imkoniyatiga ega. 2012 yilda Xalqaro elektraloqa ittifoqining (ITU-T) Telekommunikatsiyalarni standartlashtirish sektori tavsiyalarida IoT “mavjud va rivojlanayotgan funktsional jihatdan mos keladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida bir-biri bilan narsalarni(jismoniy va virtual) bog‘lash orqali yanada murakkab xizmatlarni taqdim etish imkoniyatini ta’minlaydigan axborot jamiyati uchun global infratuzilma” deb ta’riflangan. Bu yerda “buyum” deganda “fizik olam (jismoniy buyumlar) yoki axborot olami (virtual buyumlar) ob’ekti tushuniladi, uni aniqlash va aloqa tarmoqlariga birlashtirish mumkin”.
Do'stlaringiz bilan baham: |