Mavzu: vii-sinf o’quvchilariga kimyoviy gazlamalarni o’qitish metodikasi reja
Moddalar haqida bilimlar nimaga bog‘liq va ular qanday izchillikda o‘rganiladi
Download 94.5 Kb.
|
YSYSRYT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Moddalarning klassifikatsiyasi.
Moddalar haqida bilimlar nimaga bog‘liq va ular qanday izchillikda o‘rganiladi.
Moddalar haqidagi bilimlarning sifati, ko‘pincha shu moddalarning qanday izchillikda o‘rganishiga bog‘liq bo‘ladi. Aksariyat, oddiy moddalar (elementlar), quyidagi izchillikda o‘rganiladi: a) fizik va kimyoviy xossalari; b) tabiatda uchrashish; v) olinishi (laboratoriyada va sanoatda); g) ishlatilishi. O‘quvchilar moddalarning quyidagi xossalariga e’tibor berishlari zarur: a) fizik xossalari-allotropik shakl o‘zgarishlari, rangi, hidi, uchuvchanligi, mazasi, solishtirma og‘irligi (yoki gazlarning zichligi); b) kimyoviy xossalari - barqarorligi, shu moddaning vodorod, kislorod, metallar, metallik va murakkab moddalar bilan o‘zaro ta’sirlashuvi. Moddalarning xossalari ularning tarkibi va tuzilishi bilan mahkam bog‘liq holda o‘rganiladi va o‘quvchilarning moddalar haqida chuqur va puxta bilimlar olishning mustahkam bazasi bo‘lib hisoblanadi. O‘quvchilar moddalarning tarkibi bilan bog‘liq holda moddalarning aralashmalari va aralashmalardan moddalarni ajratib olish usullari bilan tanishadilar. 5. Moddalarning klassifikatsiyasi. Kimyoni o‘rganish jarayonida moddalarning klassifikatsiyasi ta’lim-tarbiya jihatdan juda katta ahamiyatga egadir. Moddalarning klassifikatsiyasi o‘quvchilarning diqqatini eng tipik moddalarga jalb etishlari, juda oz moddalar namunasidan barcha xilma-xil moddalar asosini bilib olishlari; moddalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni ochishlari uchun imkon beradi. O‘rta maktab kimyo kursida moddalarning klassifikatsiyasi quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:
“Kislorod. Oksidlar. Yonish” mavzularda birinchi bor oksidlar haqida tushuncha kiritiladi. Ularning tarkibi va xossalari ohak suvini uglerod (IV) - oksidini loyqalantirishda, fosfor (V) - oksidi suvda erishda o‘rganiladi. Kislota, tuzlar haqidagi tushunchalar bilan o‘quvchilar “Vodorod. Kislotalar. Tuzlar” mavzusida tanishadilar. Tuzlar tushunchasini kiritganda, o‘quvchilarni tuzlar formulasini yozishga, “nomenklatura” atamasini tushuntirishga, tuzlarni olish usullarini ko‘rsatishga o‘rgatiladi. Moddalar tushunchasining miqdoriy tomonlari kislorod, vodorodlarning nisbiy molekulyar massalarini aniqlash, valentlik bo‘yicha formula tuzish, formula bo‘yicha elementlarning massa ulushini topish bilan chegaralanadi. “Suv. Eritmalar. Asoslar” mavzusida o‘quvchilar suvning tarkibiga kiradigan vodorod va kislorodning massa va hajmiy ulushini hisoblashadi. O‘quvchilar uchun yangi bo‘lgan “asos” va “ishqor” tushunchalari ham moddalarning klassifikatsiyasini tushunishga yordam beradi. “Anorganik birikmalarning asosiy sinflari haqida ma’lumotlarni umumlashtirish” mavzusi moddalar klassifikatsiyasi tushunchasini shakllantirishda yangi bosqich bo‘lib - unda moddalarning sinflararo genetik bog‘lanishi ko‘rib chiqiladi. Bu mavzu o‘quvchilarning taqqoslash, sintez qilish, umumlashtirish kabi fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishi uchun juda muhim. “Davriy qonun va D. I. Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvali” mavzusida “modda” tushunchasi nazariy tomondan yanada boyitiladi. O‘quvchilarning bilimlari yana bir pog‘onaga oshadi: birikmalarning xossalarini oldindan aytib berish uchun sharoit yaratiladi. O‘quvchilarning yangi nazariy asosda moddalarning o‘rganishga “Kimyoviy bog‘”, “Moddalar tuzulishi” mavzulari yordam beradi.
Download 94.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling