Mavzu: vizual dasturlash asoslari. Vizual dasturlash haqida asosiy tushunchalar. Dasturlash muhitida loyiha yaratish va uning tarkibi


Download 1.88 Mb.
bet6/15
Sana19.06.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1600351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Xurshida.Y

BIRINCHI LOYIHANI YARATISH

B
2.4-rasm. ФайлСоздатьПроект


iz siz bilan bu mavzuda Visual Studio 2013 muhitida C++ tili yordamida Windows formalarni yaratish haqida suhbatlashamiz. Avvalo shuni aytishimiz kerakki, VS 2012 muhitida mavjud bo’lgan Windows Forms ilovasi yangi muhitdan olib tashlangan. Yangi muhitda bu ilova C# tili tarkibiga kiritilgan, lekin biz bu ishni C++ bilan bajarishimiz kerak. Ro’yxatda Windows Forms yo’q bo’lsada, biz buni qanday yaratishni o’rganamiz. Bu mavzuda aynan shu haqida so’z yuritamiz.
Dastlab, Visual Studio muhitida ishga tushiramiz. VS ishga tushgandan so’ng, quyidagi ketma-ketlikni bajaramiz:
ФайлСоздатьПроект (2.4-rasm)
Bu ketma-ketlik bajarilgandan so’ng, loyiha tipini tanlash uchun Создат проект (5-rasm) oynasi ochiladi. Bu oynadagi Visual C++ qismidan CLR bo’limiga o’tib Пустой проект CLR punktini tanlaymiz.

2.5-rasm. Создат проект oynasi




Имя – qismiga loyiha nomi yoziladi (masalan „Loyiha_nomi“);
Расположение – qismiga loyihamiz saqlanadigan manzil ko’rsatiladi. (Обзор tugmasi yordamida)
Решение – qismiga, agar yangi loyiha yaratmoqchi bo’lsangiz Создать новое решение, agar eski loyihangizga loyiha qo’shmoqchi bo’lsangiz Добавить в решение, agar oldin yaratilgan loyihaning xossalarini saqlagan holda undan nusxa olmoqchi bo’lsangiz Создать в новом экземпляре punktlaridan birini tanlashingiz kerak bo’ladi. (Biz Создать новое решение ni tanlaymiz.)
Имя решение –qismiga esa loyihangizning barcha fayllari saqlanadigana asosiy katalog nomini kiritiladi (Biz Asosiy katalog deb nom beraylik.)
OK tugmasini bosamiz.
Endi Обозреватель решений bo’limga o’tib, loyihamiz nomi ustida (bizda Loyiha_nomi) sichqoncha o’ng tugmachasini bosib, quyidagi ketma-ketlikni bajaramiz (2.6-rasm).


ДобавитьСоздать элемент


2.6-rasm. Loyihaga element qo’shish.


Hosil bo’lgan oynadan UI menyusiga o’tib, Форма Windows Forms punktini tanlaymiz va Добавить tugmasini bosamiz (2.7-rasm).







2.7-rasm. Loyihaga element qo’shish oynasi.


Обозреватель решений bo’limidagi MyForm.cpp faylini ochamiz. Bunda quyidagi kod yozilgan bo’ladi:

#include "MyForm.h"




Bu faylga quyidagi kodni qo’shamiz:

using namespace System;


using namespace System::Windows::Forms;
[STAThreadAttribute]
void Main(array^ args) {
Application::EnableVisualStyles();
Application::SetCompatibleTextRenderingDefault(false);
Loyiha_nomi::MyForm form;
Application::Run(%form);
}
Ana endi loyiha xossalariga murojaat qilamiz. Buning uchun Loyiha nomi ustiga sichqoncha o’ng tugmachasi bosiladi. Bunda Свойства bo’limiga o’tiladi (2.8-rasm).


2.8-rasm. Loyiha xossalariga o’tish.


Hosil bo’lgan oynadan Компоновщик qismidagi Система bo’limiga kirib Подсистема yozuv qatorida Windows (/SUBSYSTEM:WINDOWS) tanlaymiz va Применить tugmasini bosamiz (2.9-rasm).


Oynani yopmasdan, shu qismdagi Дополнительно bo’limiga o’tib, Точка входа qismiga main deb yozamiz va ОК tugmasini bosamiz. 
So’nggi ish qoldi. msvcmrtd.lib kutubxonasini bog’lashimiz kerak. Buning uchun avvalo ushbu faylni Visual Studioning o’rnatilgan joyidan topib olamiz. Bu Library katalogida bo’ladi. Uni loyihaga bog’lash uchun quyidagi ketma-ketlikni bajarishimiz kerak (2.10-rasm)

  1. Loyiha_nomiСвойства

  2. Свойства конфигурации → Компоновщик →Ввод→Дополнительные зависимости

Oxirgi tanlangan maydonga msvcmrtd.lib ning manzilini joylashtirish kerak.
Biz yuqoridagi loyihamizni C++ tilida tuzayotganimiz uchun bu ishlarni amalga oshirdik. Agar siz C# yoki Visual Basic tillaridan birida bu ishni amalga oshirmoqchi bo’lsangiz, bunday ortiqcha amallar bajarilmaydi. Yuqorida keltirilgan amallarni kirish qismi deb olsak, ana endi asosiy qismga o’tamiz.


2.9-rasm. Loyiha xossalarining qiymatlarini tanlash.







2.10-rasm. msvcmrtd.lib ni bog’lash.

Biz quyidagi masala tanlab olaylik: Kiritilgan son uchun uning faktorialini hisoblash.


Avvalo loyihamizda ishlatishi lozim bo’lgan komponentalarni loyiha maydoniga ketma-ketlikda joylashtirib chiqaylik: Buning uchun Панель элементов bo’limida joylashgan 3 ta Label, bitta Button, 2 ta TextBox komponentalarini 2.11-rasmda ketirilganidek qilib joylashtiramiz.


2.11-rasm. Ilk loyihani tuzish bosqichlari


Komponentalarning xossalarini o’zagrtirib chiqish lozim. Dastlab, label1 komponentasi xossasini o’zgartirish uchun label1 ni belgilanib, Свойства oynasining Text xossasiga “Faktorialni hisoblash dasturi” deb yozamiz.


Xuddi shunday label2 va label3 ga mos ravishda “n=” va “Natija” deb yozamiz. Button tugmasi Text xossasining esa OK deb yozamiz.
TextBox1 va TextBox2 larni nomini belgilash uchun uning Name xossalari maydoniga mos ravishda num1 va num2 deb yozib qo’ysak, ularni boshqarish biz uchun osonlashadi. (12-rasm)
Loyihamizning bo’sh qismiga sichqoncha chap tugmasini ikki marta bossak, bizga .h sarlavha fayli hosil bo’ladi. Bu yerda biz OK tugmasi bosilganda qanday hodisa ro’y berishining dasturini tuzamiz. Hozircha biz bu dasturning har bir qismi haqida alohida to’xtalib o’tirmoqchi emasmiz. Shunchaki siz faktorialni tuzish dasturini kiriting va ctrl+F5 tugmalar kombinatsiyasini bosing va loyihani ishga tushiring. DEMAK SIZNING BIRINCHI LOYIHANGIZ TAYYOR!!!

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling