Mavzu: vizual dasturlash asoslari. Vizual dasturlash haqida asosiy tushunchalar. Dasturlash muhitida loyiha yaratish va uning tarkibi


Download 1.88 Mb.
bet1/15
Sana19.06.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1600351
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Xurshida.Y




MAVZU: VIZUAL DASTURLASH ASOSLARI. VIZUAL DASTURLASH HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR. DASTURLASH MUHITIDA LOYIHA YARATISH VA UNING TARKIBI
DASTURIY TA’MINOT

Inson va ma’lumotlarga ishlov berish o’rtasidagi aloqa kompyuter dasturlari orqali boshqariladi. Markaziy protsessor (CRI) belgilari to’plami ikkita belgigacha “0” va “1” yoki “yoqilgan” va “o’chirilgan” bilan chegeralangan. Inson harflardan, raqamlardan, tasvirlardan foydalanadi. Inson va mashina o’rtasidagi interfeysni (muloqotni), (kodlashtirish)ni dasturiy ta’minot tartibga solib turadi. Bu vazifadan tashqari kompyuter dasturi operatsion tizimi ko’rinishida kompyuterni butun apparat qismini boshqarilishini tartibga soladi. Shunday qilib dasturiy ta’minot ikki qismga bo’linadi:





  • tizimli dastur ko’rinishidagi apparat qismining boshqarilishi

  • muammolarning yechilishiga qaratilgan amaliy dasturlar

Bu bilan bir qatorda tizimli va amaliy dasturlar ishlab chiqish va kompyuter xizmatini yengillashtirish uchun bir qator dasturlash tillari va qo’llash servisi mavjud.


Tizimli dastur shu bilan birga, kompyuter va unga tegishli periferiyalardan foydalanishga imkon beradi. Tizimli dasturlarga foydalanuvchining ma’lumotlarga ishlov berish tizimining ishlash tamoyillari bo’yicha keyingi texnik belgilarga ega bo’lishini talab qilmasdan, masalani kiritish va chiqarish boshqaruvini tayyorlaydigan operatsion tizimlarini o’z ichiga oladi.
Xizmat uchun belgilangan va yordamchi dasturlar ham tizimli dasturlarga oid bo’lib, masalan formatlash va nusxalashda axborot tashuvchilar bilan muomala qilish singari operatsion tizimlar bilan munosabatni yengillashtiradi. Windows XP, Windows 2003 mijoz-server arxitekturali Novell, UNIX va LINUXning har xil variantlari mashhur operatsiya tizimlaridandir.
Professional va kundalik masalalar qo’yilishini hal qilish uchun iqtisodiy, texnik va ilmiy sohadan amaliy dasturlar foydalaniladi yoki ishlab chiqiladi. Foydalanuvchilar va qo’llanish miqdoriga ko’ra soni va ushbu amaliy dasturlarni yana bo’laklarga bo’lib chiqish mumkin.

Standart dasturiy ta’minot quyidagicha ko’rinishda deyarli har qanday masala qo’yilishi uchun amal qiladi, masalan:





  • Matnga ishlov berish (masalan, MS Word)

  • Elektron jadvallar bilan ishlash (masalan, MS Excel)

  • Ma’lumotlar bazalari (masalan, MS Access, Oracle)

  • Grafiklar (masalan, Visio, CorelDraw)

  • Nashriy tizimlar (Desktop Publishing) (mas. Adobe Pagemaker, QuarkXPress)

  • Loyihalash (masalan, MS Project)

Standart dasturiy ta’minot foydalanuvchilarning keng doirasi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va bu bilan eng ko’p umumiy vazifalarni namoyon qilgan bir paytda, soliq idorasi, arxitektorlar, mebel tayyorlovchilar kabi muayyan kasbiy guruhlar tegishli talablarga muvofiqlashtirilgan tayyor xizmatlar ko’lamiga ega bo’lgan amaliy dasturlarning tarmoq paketlari deb ataluvchi dasturlardan foydalanadilar, ya’ni bunday dasturlarga talabgor bo’ladilar.


Agar xizmatlarning bunday o’ziga xos tarmoq ko’lami alohida tashkilot muammolarini hal qilish uchun baribir haddan tashqari umumiy bo’lib chiqsa, unda bir yoki bir nechta tashkilotlar talablariga moslashuvchi alohida dasturiy ta’minot ishlab chiqish imkoniyatigina qoladi xolos. Bu yerda misol sifatida bir yoki bir nechta tashkilotlar tomonidan foydalaniladigan mutlaqo o’zgacha ishlab chiqarish mashinalarini boshqarish uchun qo’llanuvchi ishlab chiqarishni rejalashtirish tizimini tasavvur qilish mumkin.
Yuqorida bayon qilingan fikr-mulohazalarga muvofiq texnik yoki iqtisodiy sohalaridagi muammolarni ma’lumotlarga ishlov berish texnikasi va texnalogiyalari yordamida yechish uchun turlicha alternativalar (yondoshuvlar) mavjud:



  • Mavjud dasturiy ta’minotdan foydalanish yoki uni qo’lga kiritish.

  • Yangi standart, tarmoq yoki alohida dasturiy ta’minotni ishlab chiqish.

Bu orqali o’z kuchlari bilan yoki ishlab chiqish haqidagi yoki chetdan taklif qilingan mutaxassislar tomonidan ishlab chiqish haqidagi masalaga bevosita bog’liq bo’lib, u har doim ham tashkilotning ichki «Nou-Xau»si tomonidan aniqlanavermaydi. AT tashkilotiga dasturiy mahsulot ishlab chiqishni topshirish foydalimi yoki bunday dasturiy loyihani o’z tashkilotida amalga oshirish foydalimi degan savolga javob beradi va mohiyatiga ko’ra ishlab chiqarish iqtisodiy tabiatini namoyon qiladi (xarajatlar, foydalar, tahlil).





Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling