Mavzu: vmware Virtual mashinasida Windows xp ot o‘rnatish. Antivirus dasturiy vositasini o‘rnatish va sozlash (4 soat)


Download 0.78 Mb.
Sana25.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1230689
Bog'liq
Amaliy ish-1


Amaliy ish №1.

Mavzu: VMware Virtual mashinasida Windows XP OT o‘rnatish. Antivirus dasturiy vositasini o‘rnatish va sozlash (4 soat)


Ishdan maqsad: Zararkunanda dasturiy kodlarni tahlil qilish uchun himoyalangan
sohani yaratish maqsadida antivirus dasturiy vositasini yaratish. Zararkunanda dasturiy kodlardan himoyalash.

Nazariy qism:
Zararkunanda dasturiy vositalarni dinamik tahlil qilishdan oldin, himoyalangan tizim qurish talab etiladi. Ixtiyoriy zararkunanda dastur tahlili OTda to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirilmaydi. OTda xavfsiz muhitni yaratishda Virtual mashinalardan foydalaniladi.
Virtual mashina deganda, kompyuter ichida kompyuter tizimini tushinish mumkin (1.1-rasm).

1.1-rasm. Virtual mashina tuzilishi


Yaratilgan vertual mashinada host OT mehmon OT dan ajratilgan bo‘lib, hozirda Hyper-V, Xen, ESX, VMware, VertualBox Virtual mashina ilovalaridan keng foydalaniladi.
Ushbu labaratoriya ishlarida tahlil qilinadigan zararkunanda dasturlar aksariyati Windows XP OT ga mos bo‘lganligi sababli, VMware Virtual mashinasida Windows XP OT o‘rnatiladi.
Host OT ni zararkunanda dasturlardan himoyalash uchun unga antivirus himoya vositasi o‘rnatiladi.

1.2-rasm. Windows 8. 1 OT uchun mos antiviruslar Amaliy qism.
1-qadam. VMware Virtual mashinasini o‘rnatish. Virtual mashinani o‘rnatish uchun VMWARE\setup-win\ katalogiga o‘tib, VMware-workstation-6. 5.
3-185404. exe dasturini yuklang (1.3-rasm). Quyida ko‘ringan oynadan “Next” tugmasini bosing.

3-rasm. VMware verutal mashinasini o‘rnatish
Shundan so‘ng 1.4-rasmda keltirilgan oyna hosil bo‘ladi. Ushbu oynadan “Typical” bandini tanlab, “Next” tugmasini bosing.

1.4-rasm. Virtual mashina o‘rnatilish rejimini tanlash
Shundan so‘ng 1.5-rasmda keltirilgan oyna hosil bo‘ladi va undan kerakli manzilni tanlang va “Next” tugmasini bosing.

1.5-rasm. Virtual mashinani o‘rnatish manzili tanlash
Quyidagi 6-rasmda Virtual mashinani yorliqlarini xususiyati tanlanadi va
“Next” tugmasi bosiladi. Keyingi oynada dastur o‘rnatilishga tayyorligi ko‘rsatiladi va undan “Install” tugmasini tanlang.

1.6-rasm. Dastur yorliqlarini xususiyatini tanlash

1.7-rasm. Dasturni o‘rnatishni boshlash

1.8-rasm. Dastur o‘rnatilish jarayoni
Shundan so‘ng, hosil bo‘lgan oynada foydalanuvchi nomini, tashkilot nomini va dastur ishlashi uchun kerakli bo‘lgan kalitni kiriting (ushbu kalitni VMWARE\keygen-win\keygen-embrace. exe dasturini yuklash orqali olishingiz mumkin). Shundan so‘ng dastur muofaqiyatli o‘rnatilganligi haqidagi oyna chiqadi (9-rasm). Shundan so‘ng kompyuterni qaytadan yuklang.

1.9-rasm. Dastur o‘rnatilishi yakuni


2-qadam. VMware Virtual mashinasida Windows XP OT ni o‘rnatish. VMware Virtual mashinasida yangi OT o‘rnatish uchun, ushbu dasturiy vosita yuklanadi va undan “New Virtual Machine” bandi tanlanadi.

1.10-rasm. VMware dasturining asosiy oynasi


Shundan so‘ng yangi o‘rnatiladigan Virtual mashini sozlanishi tanlanadi. Siz bundan “Typical” turini tanlang.

1.11-rasm. Virtual mashina sozlanish turini tanlash


Shundan so‘ng 1.12-rasmdagi oyna hosil bo‘ladi va undan siz “Installer disc image file (iso)” bandini tanlaysiz va OT ning iso fayli joylashgan manzilni ko‘rsatasiz. Agar sizda OT diskda mavjud bo‘lsa, u holda “Installer disc” bandini tanlaysiz va “Next” tugmasini bosing.

1.12-rasm. OT manzilini tanlash


Quyidagi 1.13-rasmdan siz quyidagi sozlanishlarni belgilaysiz va “Next” tugmasini bosing.

1.13-rasm. OT turini tanlash


1.14-rasmda keltirilgan oynada siz, OT kalit uchun ixtiyoriy kalit, foydalanuvchi nomi va parolini kiritasiz va “Next” tugmasini bosing.

1.14-rasm. O‘rnatilishni sozlash


Keyingi oynada siz Virtual mashinaga nom va uning saqlanish manzilini ko‘rsatasiz va “Next” tugmasini bosing (1.15-rasm).

1.15-rasm. Virtual mashinaga nom va saqlanish manzilini belgilash
Quyidagi 1.16-rasmda OT uchun kerakli xotirani tangan (kamida 8 Gb) va “Next” tugmasini bosing.

1.16-rasm. Virtual mashina uchun xotira ajratish


Quyidagi oynada o‘rnatilishi kerak bo‘lgan barcha sozlanishlar keltiriladi va “Finish” tugmasini bosish bilan Virtual mashinani o‘rnatish yakunlanadi. Shundan so‘ng Virtual mashina oynasida oddiy OT o‘rnatilishi kabi jarayonda yangi Virtual mashina o‘rnatiladi.

1.17-rasm. Virtual mashina sozlanishlarining ko‘rinishi


3-qadam. Antivirus dasturiy vositasini o‘rnatish. Host OTni zararkunanda dasturiy kodlardan himoyalanishda antivirus himoya usullaridan keng foydalaniladi. Shuni hisobga olgan holda 1.2-rasmda keltirilgan natijalar asosida ishonchli antivirus himoya vositasini o‘rnating.
Topshiriq. Yuqorida ko‘rsatilgan ko‘rsalmalar asosida shaxsiy kompyuterlarda VMware Virtual mashinasi o‘rnatilsin va unga Windows XP OT o‘rnatilsin. Host OT himoyalash uchun antivirus himoya vositasi o‘rnatilsin.
Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling