Mavzu: Voleybol o`yini qoidalari


Download 265.05 Kb.
bet4/6
Sana22.09.2023
Hajmi265.05 Kb.
#1684841
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mundarija kirish I. Bob. Voleybol o‘yinida harakatlanish texnik-fayllar.org

Uzatishlar. Bu texnik usul hisoblanib, uning yordamida o‘yinni davom ettirish uchun to‘p sherikka yo‘naltiriladi yoki raqib tomonga o‘tkazib yuboriladi. Ushbu holat uzatish deb ataladi. Yo‘nalishga ko‘ra to‘p oldinga, o‘z ustidan orqaga uzatiladi. Masalan, chegara orqali uzun, chegara orqali qo‘shniga — qisqa; o‘z doirasiga — kalta; balandligi bo‘yicha quyidagicha: past (to‘r ustidan 1 m gacha), o‘rta (2 m gacha va undan yuqori), (2 m dan yuqori), to‘rdan masofa bo‘yicha esa yaqin (0,5 m dan kam bo‘lmagan) va uzoq (0,5 m dan ortiq) uzatiladi.
Yuqoridan ikki qo‘llab uzatish eng ko‘p tarqalgan usul bo‘lib, bu quyidagicha bajariladi: dastlabki holatda o‘yinchining oyoqlari tizzadan bukiladi, qo‘llar yuz oldiga qo‘yiladi, katta barmoqlar esa ko‘zga yaqin turadi. Qo‘l barmoqlari biroz kaft ichiga buriladi, barmoqlar oxiri cho‘mich shaklidagi cho‘ziq paydo qiladi (72-rasm).
To‘p bilan uchrashuv paytida oyoqlar tizzadan to‘g‘rilanib, o‘yinchining tanasi oldinga ko‘tariladi. Bu harakatlarga qo‘llar qo‘shiladi — ular to‘pni qarshi olish uchun ko‘tarilib to‘g‘rilanadi. Asosiy amortizatsiya yuklamasini panja barmoqlari o‘ziga oladi. Oyoq, gavda va qo‘lning bu harakatlari birga uyg‘un bajariladi, bu esa barmoqlarning to‘pga qisqa-yumshoq tegishini ta’minlaydi va uni belgilangan tomon, kerakli nuqtaga yo‘naltirish imkonini beradi. Voleybolchining to‘pni ikki qo‘llab yuqoridan uzatish paytidagi turishi harakatlari hamda asosiy turishdagi oyoq, gavda va qo‘l holatiga, qo‘l barmoqlarining to‘pga joylashishiga e’tibor bering. Shundan so‘ng to‘pni oldinga, o‘z ustida va orqaga uzatish paytidagi voleybolchi harakatini o‘rganing (73-rasm). Uzatishning boshqa turlari, ya’ni ikki qo‘llab yuqoridan, bir qo‘llab yuqoridan, ikki qo‘llab pastdan sakrab uzatishlar kam qo‘llaniladi (74-rasm).
Zamonaviy o‘yinda uzatish — hujumni uyushtirishning muhim unsuri, himoyani hujum bilan bog‘lovchi hisoblanadi. Bu bilan uzatuvchi o‘yinchining vazifasi hujum zarbasi uchun sheriklarga eng yaxshi sharoit yaratishdir. Har bir voleybolchi tez va aniq uzatishning barcha usullarini egallashi va ularni uzunlik, balandlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zgartira bilishi, o‘z vaqtida chalg‘ituvchi harakatlarni bajarishi zarur.


Download 265.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling