Mavzu: Voleybol o`yini qoidalari


VOLEYBOL O‘YINI TEXNIKASI


Download 265.05 Kb.
bet3/6
Sana22.09.2023
Hajmi265.05 Kb.
#1684841
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mundarija kirish I. Bob. Voleybol o‘yinida harakatlanish texnik-fayllar.org

1.2.VOLEYBOL O‘YINI TEXNIKASI

O‘yin boshlanishidan avval 15 — 20 daqiqa chigil yoziladi. Dastlabki mashqlar bajarilmasa, tana a’zolari zo‘riqishi mumkin. Dastlabki mashqqa asta lo‘killab yugurish (6 daqiqa), qo‘l, tana va oyoqlar uchun umumiy mashqlar, juft bo‘lib bajariladigan mashqlar, oyoqdan oyoqqa sakrash, oyoqlarni chalishtirib yurish mashqlari va shu kabilar kiradi. Shuningdek, belni o‘ngga, chapga egish, aylantirish, to‘p otish, oshirishni ishora qilish mashqi, hujum zarbasi, to‘sish va shunga o‘xshashlar kiradi. Shundan so‘ng voleybol uchun maxsus mashqlar (to‘p bilan) bajariladi. Tanada og‘riq, titroq, noxush holat va boshqalar paydo bo‘lganda o‘yin to‘xtatiladi. O‘yinga ortiqcha berilib ketish ham charchoqqa sabab bo‘ladi.
Ko‘zoynak taqib o‘ynaydigan o‘yinchi xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uni rezinka bilan bosh orqasidan mahkamlab oladi. Ko‘zoynak egiluvchan va sinmaydigan oynali bo‘lgani ma’qul. Mashg‘ulot zalda o‘tkazilganda pol quruq bo‘lishi lozim.
Agar mashg‘ulot tashqarida o‘tkaziladigan bo‘lsa-yu, maydon ho‘l bo‘lsa, u qurigunicha kutiladi yoki qum sepiladi. Ho‘l va sirpanchiq maydonda mashq qilish taqiqlanadi, chunki o‘yinchi jarohatlanishi mumkin. Maydon qurigunicha voleybolchilar maxsus mashqlar bajarib turganlari ma’qul (to‘pni sherikka oshirish, devorga urish, yuqoriga otish). „To‘p sardorga“ o‘yinini o‘ynasa ham bo‘ladi.
O‘yin chog‘ida taqinchoqlar taqish man qilinadi, ular turli jarohatga sabab bo‘lishi mumkin. Havo sovuq paytda mashq kiyimlari (raqamli) bilan o‘ynashga ruxsat etiladi.

Voleybol o‘yini texnikasi

Voleybol o‘yini hujum va himoya texnikasidan tashkil topgan. Hujum va himoya ham, o‘z navbatida, turish, siljish hamda to‘pni egallash texnikasiga ajratiladi.
O‘yin vaqtida voleybolchi doimiy ravishda maydon bo‘ylab siljib yuradi. Bu siljishlardan maqsad to‘pni qabul qilish uchun eng qulay joyni tanlash va boshqa texnik usullarni bajarishdir.
Turishlar. Oyoqning tizzadan bukilish darajasiga qarab turishlar farqlanadi. Masalan, asosiy, yuqori, past turishlar. 65-rasm. Asosiy turish 65-rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, oyoqlar birmuncha bukiladi, qo‘l kaftlari teng va bir-biridan 20—30 sm uzoqlikda turadi. Gavda ham oldinga uncha kuchli egilmaydi, qo‘llar biroz oldinga chiqarib bukiladi. Har bir o‘yinchi belgilangan turishni qabul qiladi, bir o‘yinchi harakatsiz (statik) turadi, boshqalari bir joyda goh u oyog‘iga, goh bu oyog‘iga o‘tib, harakatlanib turadi. Maydon bo‘ylab siljish — yurish, yugurish yoki sakrashlar bilan bajariladi.
Yurish. O‘yinchi tizzalari bukilgan holda biroz oldinga engashib, oyoqni oldinga chiqarib, qadamlab yuradi. Bu turishni saqlagan holda va texnik usulni bajarish uchun zarur dastlabki holatni tezda bajarish imkonini yaratadi.
Yugurish. Maydon bo‘ylab tez siljib o‘tish va yo‘nalishni keskin o‘zgartirish biroz bukilgan oyoqlarda yugurib bajariladi. Oxirgi yugurish qadami juda uzun tashlanadi, negaki undan so‘ng qimirlamaydigan harakatlar (to‘xtash, yo‘nalishni o‘zgartirish, hujum zarbi yoki to‘siq (blok) uchun sakrash) bajariladi. Hakkalab yurish, odatda, qadamlab yurishdan yoki yugurishdan so‘ng, agar o‘yin vaziyati haddan tashqari tez texnik usulni bajarish uchun yangi holat egallashni taqozo etsa, bajariladi.
To‘pni oshirish (o‘yinga kiritish) texnik usul bo‘lib, u to‘pning o‘yinga kiritilishidan iboratdir. O‘yinga kiritishning barcha turlari uchun barqaror turish, oshirish, qulay to‘pni tashlab berish, to‘pga zarba berish, voleybolchining navbatdagi o‘yin faoliyatiga o‘tishi o‘yin texnikasining umumiy qismi hisoblanadi. Natijada bu to‘p qat’iy trayektoriyaga ega bo‘lmay uchadi. To‘pni yuqoridan oshirib kiritish sakrab bajarilsa, juda ham samarali bo‘ladi. Bu usulni yetakchi voleybolchilar muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan bo‘ladilar.


Download 265.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling