Mavzu: voleybolning chaqqonlik va egiluvchanligini tarbiyalash usullari
Sog‘lomlashtirish guruhi – 7-8 yosh
Download 0.76 Mb.
|
Abdusamatov Abdulatif 19-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- JAMI: 312 18-jadval Dastlabki tayyorgarlik guruhi
- JAMI: 416 416
- Voleybolchilar tayyorlashning tashkiliy shakllari
- O‘quv yili Yoshi Soni
- Shug‘ullanuvchi soni Yillik mashg‘ulotlar soni Yillik mashg‘ulotlar kuni
- Sport takomillashuvi guruhi
- Texnik tayyorgarlikning asosiy vazifasi
Sog‘lomlashtirish guruhi – 7-8 yosh
18-jadval Dastlabki tayyorgarlik guruhi
Voleybolchilar tayyorlashning tashkiliy shakllari 16-andoza 19-jadval Yosh voleybolchilar o‘quv guruhlari va ularda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar hajmi
Sportchilarni musobaqalarda ishtirok etish faoliyati ularni ma’lum sport turiga xos bo‘lgan harakat malakalarini maromiga yetkazib bajarishlarini taqozo etadi. Harakat malakasini mahorat bilan ijro etish, musobaqalarda g‘alaba qozonish – bu ko‘p yillik sport trenirovkasi evaziga namoyon bo‘lishi mumkin. Harakat malakalarini ijro etish texnikasi qanchalik takomillashgan bo‘lsa, musobaqada g‘alabaga erishish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi. G‘alabaga erishish – bu musobaqani asosiy maqsadidir. Lekin g‘alabaga erishish sportchilarni muayyan va yakuniy maqsadlarga qaratilgan harakatlariga bog‘liq. Demak, texnik tayyorgarlik ko‘p yillik sport takomillashuvi jarayonining asosiy negizidir. Texnik tayyorgarlikning asosiy vazifasi – o‘yin texnikasining biomexanik qonuniyatlarini o‘zlashtirish va harakat yoki harakatlar majmuasini texnik tomondan maqsadga muvofiq barqaror va mukammal takomillashtirishdir. Yangi harakat texnikasini o‘rganish, o‘zlashtirish mavjud harakat tajribasiga asoslanadi. Harakat yoki harakatlar majmuasining texnikasini o‘zlashtirish shug‘ullanuvchida kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni yetarli darajada rivojlantirishni taqozo etadi. Bu sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlarni bajarilishi tartibi va yo‘nalishi o‘rgatiladigan (o‘zlashtiriladigan) o‘yin malakasining texnikasiga mos bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Harakatlar texnikasiga o‘rgatish jarayonida quyidagi uslubiy tavsiyalarga rioya qilish lozim: - Birinchidan, ma’lum harakat texnikasini (agar noto‘g‘ri o‘rgatilgan bo‘lsa) qaytadan o‘rgatish holiga chek qo‘yish maqsadida o‘rgatish jarayonini boshlanishidayoq to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat texnikasini eng samarali nusxasiga o‘rgatish zarur; - Ikkinchidan, o‘rgatish jarayonida nazariy mashg‘ulotlarga alohida e’tibor berilishi zarur, toki o‘rganuvchi o‘rgatilayotgan harakat texnikasining ijro etish tartibini fikran to‘liq anglasin, xotirada yaxshi eslab qolsin va tafakkurida to‘g‘ri bajara olsin; - Uchinchidan, o‘rgatish jarayonida o‘rganuvchi o‘rgatilayotgan harakat texnikasini har xil vaziyatda, har xil tezlikda, aniq va maqsadga muvofiq bajarilish imkonini ta’minlovchi yetarli rivojlangan jismoniy sifatlar poydevorini yaratishi shart. Chunki o‘rganuvchi jismonan zaif bo‘lsa o‘rgatilayotgan harakat texnikasi xatolar bilan ijro etiladi, samara bo‘lmaydi, o‘rgatish yo‘nalishini maqsadga muvofiq tomonga burish imkoni chegaralanadi, hatto yo‘qoladi. Texnik tayyorgarlikni amaliyotga joriy etish o‘rgatish va takomillashtirish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: 1-bosqich. Harakat texnikasi, uni ijro etish tartibi haqida ilk bor tushuncha hosil qilish va o‘rgatiluvchini ruhiy jihatdan mazkur harakat texnikasini o‘zlashtirishga tayyorlash. 2-bosqich. Harakat texnikasiga o‘rgatish jarayonida boshlang‘ich ko‘nikma malakalarini hosil qilish, tarbiyalash, o‘zlashtirishni sekin-asta murakkablashtirish. 3-bosqich. Harakat texnikasini to‘liq va mukammal bajarish. Ortiqcha harakatlardan xalos bo‘lish. 4-bosqich. Harakat texnikasini barqaror, to‘liq va tez bajarish. 5-bosqich. Harakat texnikasini turli o‘zgaruvchan vaziyatlarda maqsadga muvofiq bajarish. 6-bosqich. «Chuqurlashtirilgan» – murakkablashtirilgan o‘rgatish va takomillashtirish jarayoni. 7-bosqich. O‘rgatilgan malakalar texnikasining mukammalligini ta’minlash, saqlash va ularning ijro usullarini kengaytirish, boyitish va takomillashtirish. Texnik tayyorgarlik jarayoni 17-andozada qayd etilgan tartibda amalga oshirilishi tavsiya etiladi. Taktik tayyorgarlik – uzoq muddatli jarayon bo‘lib, u dastlabki tayyorgarlik bosqichidan boshlab, toki oliy sport mahoratini takomillashtirish bosqichiga uzluksiz davom etaveradi. Kelajakda taktik mahoratni samarali o‘zlashtirish uchun taktik fikrlash, vaziyatni payqash, farqlash, tahlil qilish va vaziyatga mos yoki qarama-qarshi taktik usullarni ijro etish qobiliyatlari dastlabki tayyorgarlik bosqichidan boshlab shakllantirilib boriladi. Taktik tayyorgarlik nazariy-intellektual tayyorgarlik va psixologik tayyorgarlik jarayonlari bilan o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Nazariy mashg‘ulotlarda shug‘ullanuvchilarning va jamoaning nafaqat xususiy (shaxsiy) taktik imkoniyatlari (taktik usullar, taktik fikrlash, taktik reja tuzish, taktik qaror qabul qilish va h.k.) shakllantiriladi, balki bo‘lajak raqib o‘yinchilar va raqib jamoalar taktik andozalari (modellari) ham puxta o‘rgatilishi zarur. Muayyan raqib jamoaga qarshi modellashtirilgan o‘yin mashg‘ulotlari va nazorat musobaqalari muntazam tashkil etilib borilishi maqsadga muvofiq. Modellashtirilgan o‘yin mashg‘ulotlarida har o‘yinchining o‘yin ixtisosligi (o‘yin ampluasi) e’tiborga olinishi darkor. Taktik tayyorgarlik jarayonini samarali tashkil qilish uchun dastavval uslubiy mashg‘ulotlarda jamoa o‘yinchilari va raqib jamoa o‘yinchilarining taktik imkoniyatlari videofilmlar yordamida tahlil qilinadi. Taktik savodxonlik (bilimdonlik) va taktik mahoratni takomillashtirishda xotira, diqqat, ong, hissiyot, tafakkur, iroda va hokazolarni shakllantirish bilan bir qatorda zukkolik, uddaburonlik, tashabbusni o‘z qo‘liga olish, «ayyorlik» (yaxshi ma’noda) kabi xislatlarni ham sayqal toptiruvchi vaziyatli mashqlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Amaliy mashg‘ulotlarda texnik-taktik mahoratni integral ravishda shakllantirish foydali natijaga erishish imkoniyatini kengaytiradi. Quyidagi andozada o‘yin taktikasining xususiyatlari, hujum va himoya taktikasi turlari ifodalangan. Taktik tayyorgarlikni ushbu tartibda tashkil qilish tavsiya etilad Sport faoliyatida texnik-taktik malakalarni samarali ijro etish va muayyan sport turida yuqori natijalarga erishish sportchilarni shakllangan jismoniy tayyorgarligiga bevosita bog‘liqdir. Binobarin, jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik) maqsadga muvofiq shakllantirish sport tayyorgar-ligining muhim shartlaridan biridir. Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayonlaridan iborat bo‘lib, muvofiq sport turining xususiyatiga mos ravishda tashkil qilinishini taqozo etadi. Ushbu jarayonning asosiy maqsadi umumiy va maxsus jismoniy sifatlarni tarbiyalashga qaratiladi. Umumiy jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasi maxsus jismoniy sifatlarni samarali yoki samarasiz shakllanishiga bog‘liq bo‘ladi. Maxsus jismoniy tayyorgarlik sportchilar organizmining funksional imkoniyatlarini oshirish va maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratiladi. Barcha sport turlari kabi voleybolda ham o‘yin malakalarini tez, aniq va vaziyatga nisbatan maqsadga muvofiq ijro etish eng avvalo maxsus jismoniy sifatlarga bog‘liqdir. Maxsus jismoniy tayyorgarlikning asosiy vositalari turli yo‘nalishda ijro etiladigan maxsus mashqlar bo‘lib to‘p kiritish, qabul qilish, uzatish, zarba berish, to‘siq qo‘yish kabi o‘yin malakalaridan iboratdir. Ma’lumki, zamonaviy voleybolda barcha o‘yin malakalari aksariyat vaziyatlarda o‘ta katta tezlikda tayanchsiz holatda (sakragan vaqtda, ko‘krakka yiqilib to‘pni qabul qilish) ijro etiladi. Demak, maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayonini tashkil qilishda sport tayyorgarligining davri va bosqichlariga qarab sakrash, turli yo‘nalishda qisqa oraliqlarga chopish, «yiqilish», to‘xtash, depsinish mashqlari alohida yoki o‘yin malakalarini ijro etish bilan qo‘llanilishi mumkin. Voleybolda qator o‘yin malakalari – to‘p kiritish, zarba berish, to‘siq qo‘yish – aksariyat kuch sifatining yuqori darajada rivojlanganligini talab qiladi. Binobarin, ushbu malakalarni samarali bajarish uchun qo‘l va oyoqlar, umuman tana qismlarining mushaklari tez va kuchli qisqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, mushaklarning qisqarishi portlovchi kuch bilan amalga oishirilishi kerak. Demak, voleybolchi kuchini shakllantirishda asosiy e’tibor tezkor-kuch sifatini rivojlantirishga oid maxsus mashqlarga qaratilishi darkor. Ushbu maxsus mashqlarni o‘yin malakalari bilan bir vaqtda qo‘llanilishi yaxshi samara beradi. Tezkor-kuch sifatlarini tarbiyalash, ayniqsa ularni og‘irlik moslamalari (oyoq va belga qo‘rg‘oshindan qilingan moslama, zarba berishda bilakka o‘rnashtiriladigan og‘irlik moslama) va turli trenajorlar yordamida rivojlantirish umumiy jismoniy tayyorgarlik bosqichida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Quyida ayrim tana qismlari mushaklarining kuchini rivojlantiruvchi namunaviy mashqlar yoritilgan: Bilak mushaklari kuchini rivojlantiruvchi mashqlar: - gantellarni (1-3 kg) qo‘llarda ushlab, bilak-kaft bo‘g‘imida o‘ng va chap tomonga aylanma harakat qildirish; - shu bo‘g‘imda-gantelni yuqoriga va pastga harakatlantirish; - to‘ldirma to‘pni uloqtirish (qo‘llar yuqoriga yozilgan holatdan, bilak-kaft bo‘g‘imiga urg‘u berish lozim); - to‘ldirma to‘pni ikki qo‘llab yuqoridan uzatish va hokazo. Yelka mushaklari: - har xil holatlardan turli uzoqlikka to‘ldirma to‘pni uloqtirish; - o‘ng va chap qo‘l bilan amortizatorda zarba malakasini taqlid qilish; - qo‘llarga tayanib yotgan holatda qo‘l bilan «yurish», «siljib yurish», «sakrab yurish»; - shu holatda – turli yo‘nalishlarga; - to‘p (yoki to‘ldirma to‘p) bilan zarba berish; - o‘tirgan holatda oldinga va orqaga to‘ldirma to‘pni uloqtirish va hokazo. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling