Mavzu: voyaga yetmagan bolalarda jinoyatchilikni oldini olishning psixologik xususiyatlari kirish. I-bob. Voyaga yetmagan bolalarning psixologik xususiyatlari


II-Bob. Voyaga yetmagan bolalar bilan ishlashning pedagogik-psixologik jihatlari


Download 51.35 Kb.
bet5/8
Sana17.10.2023
Hajmi51.35 Kb.
#1706172
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mansurova Mohinur

II-Bob. Voyaga yetmagan bolalar bilan ishlashning pedagogik-psixologik jihatlari
2.1. Voyaga yetmagan bolalarda jinoyatchilikni oldini olishda ota-onaning vazifalari
Millatning joni uning axloqu odobida. Shuning uchun har bir millat o‘z urf-odatlari, insoniy fazilatlarining jonkuyari, shu fazilatlar uchun hayotning barcha achchg`і-chuchuk qismatlariga bardosh beradi. Millat boshiga eng og’ir kulfat tushganda ham u o‘zining ma’naviyatini bozorga olib chiqmaydi, nomusini sotib, vijdonini poymol etib kun ko‘rmaydi. Tarixning barcha issiq-sovuq zarbalari, tabiatning barcha yorug’, qora kunlariga millat o`zining axloqiy-ma’naviy boyligi ila bar­dosh beradi. Ana shunga ko‘ra biror kimsa orttirgan obro‘, biror inson erishgan yorliq, biror odam keltirgan shuxrat ham, kimlarningdir qing`ir ishlari, noba-korning fisqu fujuri, dilozorning tuxmat xanjari - hamma-hammasi el-yurt, millat yuragiga, ruhiga ta’sir qiladi.
Oxirgi paytlarda keksalarimiz orasida «yoshlarning odobi buzilib ketdi» degan ta’nalarni eshitadigan bo`lib qoldik. Birovlarning molu mulkiga va joniga qasd qiladigan past nusxalar ilondek izІib qolganini ko`rib, eshitib yuribmiz. Bir paytlar darvozasi qulf bilmagan, bir necha oylab uy-joyini quni-qushnilarga ishonib dala hovlilariga ko`chib ketadigan o`zbegim bugun kelib eshik taqqillasa avval derazadan muralaydigan bulib qoldi. Shunga o`xshash kasalliklarning ijtimoiy sabablari bulsa-da axloq-odob borasida yul quyilgan kamchiliklarham ularga sabab bo`lmoqda. Bir paytlar onalar yelkasiga ag`darilgan «erkinlik» yuki ularning oiladagi birinchi navbatdagi tarbiyachi ekanliklarini chippakka chiqardi. Onalar mamlakat iqtisodiy, moddiy boyligini kupaytirish uchun shunchalik dadil va keng jalb yetildiki, pirovardida ularham jismonan,ham ma’naviy,ham ruhiy boyligidan judo bulib qoldilar. Bir necha bolani voyaga yetkazish, tarbiyalash va oyoqqa turg`azishning o`zi ulkan ijtimoiy, milliy va umumbashariy boylik ekaniga ahamiyat berilmadi. Ayollarning o`zlariga qarashga vaqti bo`lmagach, bolalari tarbiyasiga vaqti bo`larmidi? Ayrim yoshlardagi beandishalik, behayolik va bezoriliklarning ildizi ana shunda.
Oilada yosh avlodni ota-ona namunasi oila an’analari, shajarasi, kasb-kori, axloqiy-ma’naviy qadriyatlari asosida tarbiyalash, ular ongida oilaga sadoіat, o`zaro mehr-muhabbat, hurmat hissini shakllantirish vositasida ularni oilaviy hayotga tayyorlash kutilgan natija beradi. Buning uchun ota-onalarni tarbiya jarayoniga tayyorlash maqsadida ota-onalar universitetlari ishini tiklash va takomillashtirish, umumta’lim maktablari, oliy va o`rta maxsus ta’lim mazmuniga «Yoshlarni oilaviy hayotta tayyorlash» kursini kiritish maqsadga muvofiіdir. Ota-onalarga oila tarbiyasida metodik yordam beruvchi «Oila kutubxonasi» seriyasidagi kitobchalar va maxsus «Oila» jurnalini nashr qilishni yo`lga qo`yish, barcha yo`nalishlardagi oliy va o`rta maxsus ta’lim muassasalariga «Oila psixologiyasi va pedagogikasi» kursini joriy etish oilani namunali tarbiya maskaniga aylantirish vositasidir.
Balog’atga yetayotgan yigit-qizlarimiz o‘tkazilayotgan ta’lim, islohotlaridan mamnun bo‘lishi tabiiydir. Shuning uchun, respublikamizning barcha viloyatlari, tumanlari va qishloqlaridagi o‘quv dargohlari zamonaviy uslubda jixozlanishi, ta’lim tizimiga esa yangicha ruh kiritilishi, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, umumta’lim maktablari, oliy va o`rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim-tarbiya mazmunini, oila ta’linmi va tarbiyasi bilan hamohang ravishda amalga oshirish zarur. Buning uchun esa:
-ta’lim-tarbiya shakllari, usul va vositalarini jahon andozasi talablariga mos tarzda rivojlantirish; ta’lim, madaniy-ma’rifiy muassasalarni yangi zamonaviy texnika va texnologiya asosida jihozlash;
-o‘qituvchi-murabbiylarning, ota-onalarning ijodiy izlanishlarini va mahoratlarini oshirishning samarali yo‘llarini topish;

  • qishloq yoshlari uchun ta’lim-tarbiya muassasalarining ilg’or modellarini hayotga keng joriy etish;

  • oila – mahalla - maktab tizimida ta’lim-tarbiya samarali mazmunini va usullari amaliyotga keng joriy etish;

- yoshlarning bush vaqtlarini oila-maktab va jamoatchilik hamkorligida qiziqarli, maqsadli tashkil etishga erishish zarur.
Oila tarbiyasidagi bolalar hayotini to‘gri uyushtirish, ularni vaqtdan to‘g‘ri va unumli foydalanishning asosiy garovi ekanligini ota-onalar o‘z farzandlariga uqtirishlari lozim. Oila tarbiyasi masalalari bo‘yicha maxsus Abu Ali Ibn Sino «Tadbir al-manozil» nomli asarini yozgan. Unda olim ota-onaning bolalarni tarbiyalashdagi vazifalarini yoritgan. Asarda oilada ota-onaning vazifasi va burchiga va oila munosabatlariga to‘xtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning oilada mexnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o‘rgatish borasida muhim fikrlar bayon etadi.
Ota oilada o‘z farzandlariga har tomonlama yurish-turishda, nutq odobida, so‘z madaniyatida, o‘zaro muomala jarayonida eng muhimi amaliy ish faoliyatida to‘g‘rilik va xaqqoniylik, samimiylikka namuna bo‘lmog‘i kerak. Oilada farzand tarbiyasining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishning asosiy vositasi uning ma’naviy olamida e’tiqodni shakllantirish, deb hisoblagan edi olim.
Davoniyning fikricha:«Ota-ona bolaga jamiyatda mavjud bo‘lgan xulq-odob qoidalarini singdirishga, yurish-turishga, yeyish-ichish, o‘z qilmishi uchun ma’suliyatni sezish, shirinsuxand bo‘lish, yaxshilik, ezgulik kabi axloq qoidalarini egalllashiga yordam berishi lozim». Rudakiy oilada bola tarbiyasi, yosh avlod kamolotda ota-onaning burchi haqida ham muhimfikrlarni ilgari suradi. Chunonchi ruboiylari zamonasidagi aksariyat odamlar, xatto ma’rifatli zotlar ham farzardlarining tarbiyasiga e’tiborsizlik bilan qarab, donishmandning bolasi joxil bo‘lib qolayotganligidan afsuslanadi.
Inson tug‘ilgan paytidanoq tarbiyaga muhtojdir. Uning ilk tarbiyachilari albatta ota-onasidir. Buning uchun oila muhitida ota-onalar bilan bolalar o‘rtasidao‘zaro hurmat bo‘lgandagina tarbiyada yaxshi natijalarga erishi mumkin bo‘ladi. Bolalarga oilada ta’lim-tarbiya berish jarayonida, kerakli o‘rinlardasharq mutafakkirlarining asarlarida berilgan fikr mulohazalaridanoqilona foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi
Ma’lumki, ta’lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz moziyda ham eng muhim, bosh masala inson, uni barkamol etib tarbiyalash bo‘lganligining guvohi bo‘lamiz. Eng qadimgi manbalardan boshlab, keyinchalik paydo bo‘lgan ta’limiy-axloqiy asarlarda ham nazariy, ham amaliy masalalar tahlil etilganki, uning asosida inson shaxsini ma’naviy-axloqiy shakllantirish muammosi markaziy muammo bo‘lgan. Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‘u bilig" asaridan boshlab, Kaykovusning "Qobusnoma", Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-Haqoyiq", Sa’diyning "Guliston", Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub", Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yohud axloq" va boshqa juda ko‘p didaktik asarlarning har birini bir pedagogik darslik desak yangilishmagan bo‘lamiz. Biz ana shu asarlarga tayangan holda tadqiqot ishlarini olib borgan taqdirdagina oila asoslarini boyitgan bo‘lamiz.



Download 51.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling