Mavzu: voyaga yetmagan bolalarda jinoyatchilikni oldini olishning psixologik xususiyatlari kirish. I-bob. Voyaga yetmagan bolalarning psixologik xususiyatlari


Voyaga yetmagan bolalarda jinoyatchilikni oldini olishda maktab amaliyotchi psixologining vazifalari


Download 51.35 Kb.
bet6/8
Sana17.10.2023
Hajmi51.35 Kb.
#1706172
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mansurova Mohinur

2.2. Voyaga yetmagan bolalarda jinoyatchilikni oldini olishda maktab amaliyotchi psixologining vazifalari
So‘ngi yillarda mutaxassislar shunday fikrdaki, ota-onalarning psixologga qiladigan murojaati biroz o‘zgarib, aniqroq harakter kasb etdi. Oxirgi paytlarda ota-onalarning amaliy psixolog yordamiga bo‘lgan qiziqishi ancha ortdi. Psixologning olgiga maslahat uchun keladigan ota-onalar sonining ortishi buni isbotlab turibdi. Ehtimol, ota-onalar sekin-asta bola xulq-atvotidagi ko‘p narsalarga o‘zlari sababchi ekanliklarini tushuna boshlaganliklari tufayli ularda psixologik xizmatga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Balki psixologik xizmatning xalq ta’lim tizimida ommalashishi va ilmiy ommabop adabiyotlarning ko‘payib borayotganliklari ularni o‘z farzandiga boshqacharoq qarashga majbur qilayot gandir? Xullas, aytish mumkinki, psixologning yordamiga bo‘lgan onli ehtiyoj asta-sekin bo‘lsa ham o‘sib bormoqda .
Birinchdan, ota-onalar ko‘pincha psixologdan bola normal rivojlanayotganligini bilish uchun keladilar. Shuning uchun ular psixologning ta’kidlarini, maslahatlarini odatda e’tibordan chetda qoldilar. Ota-onalarning o‘z bolalari psixik rivojlanish darajasini aniqlashga bo‘lgan ishtiyoqi ortishining yana bir sababi ta’lim tizimining murakkablashishi turli o‘quv muassasalari - litseylar, ixtisoslashtirilgan maktablarning paydo bo‘lishidir. Ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar ta’sirida ko‘plab ota-onalar farzandlarini ta’limga ancha erta tayyorlab borish kerakligini anglay boshladilar. Shu tufayli bo‘lsa kerak, bolani 6 yoshdan maktabga berish muommosi bilan murojaat qiluvchi ota-onalar ancha ortdi. Psixologning bola 6 yoshdan maktabga borish uchun uning qaysi bilish jarayonlarini rivojlantirish kerakligi haqida bergan maslahat va ko‘rsatmalari ota-onalar tomonidan ancha katta e’tibor bilan qabul qilinmoqda.
Zamonaviy maktablarda maktab psixologidan voyaga yetmagan bolalar bilan ishlashda quyidagi vazifalar talab qilinadi:
1. Ayrim o`quvchilarning fanni o`zlashtirmaslik va dars qoldirish sabablarini aniqlash
2. “Tarbiyasi qiyin” bolalar bilan ishlash dasturini tuzish.
3.Birinchi sinfga o`quvchilar qabul qilishda maktab jamosiga yordam berish (tayyogarlik darajasini aniqlashda)
4.Munosabatlari buzilgan oiladagi bolalar bilan ishlashda yordam berish.
5.Maktab bilan oila o`rtasidagi munosabatlarni saqlashda yordam berish.
6.Kuni uzaytirilgan guruxlar ishini tashkil qilishga yordamlashish.
7.O`quvchilarning o`qishga bo`lgan qiziqishilarini shakillantirishga yordamlashish.
8.O`quvchilarning psixik xolatini to`g’ri yo`lga qo`yish.
9.O`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi tushunmovchiliklarni bartaraf qilishga yordamlashish.
10.O`quvchilar o`rtasida o`z-o`zini tarbiyalash ishini yo`lga qo`yishda xamkorlikni amalga oshirish.
“Tarbiyasi qiyin” bolalarni psixologik mezonlarini aniqlashda psixolog o`z ishini amalga oshirganda quyidagilarga e’tibor qaratadi:
- psixokorrektsion ish metodikasini qo`llash asoalari:
- maktab sharoitiga moslasha olmagan o`quvchilar bilan ishlash;
- rivojlanishdagi (salbiy) o`zgarishlarni oldindan aniqlash;
- “Tarbiyasi qiyin” bolalarni ota-onalari bilan ishlash;
- pedagogik tomondan e’tiborsiz qolgan o`quvchilar bilan ishlash;
- o`zgaruvchan yurish-turish, intizomning mustahkam emasligi kabi sabablarini aniqlash;
- “tarbiyasi qiyin” bolalar va o`smirlar bilan psixokorrektsion ishning xususiyatlari;
- noijtimoiy xulq, fe’l-atvorini psixologik nuqtayi-nazardan oldini olish;
- o`quv materiallarini o`zlashtirishda yomon o`quvchilarbilan olib boriladigan psixokorrektsion ish asoslari;
- o`quv materialini yomon o`zlashtirishning sabablarini aniqlash;
- o`quv faoliyatining to`g’ri usullarini o`rgatish;
- mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakillantirish va rivojlantirish;
- bolanining tabiiy-fiziologik xususiyatlari va o`quv faoliyatidagi qiyinchiliklar;
- faoliyatsiz va sust xarakat bolalarga psixologik yordam berish;
- o`zlashtirish past o`quvchilarning o`qishga bo`lgan salbiy munosabatini
o`zgartirish usullari;



Download 51.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling