Mavzu: voyaga yetmagan bolalarda jinoyatchilikni oldini olishning psixologik xususiyatlari kirish. I-bob. Voyaga yetmagan bolalarning psixologik xususiyatlari


Download 51.35 Kb.
bet1/8
Sana17.10.2023
Hajmi51.35 Kb.
#1706172
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mansurova Mohinur


Mansurova Mohinur Abduraxmon qizi.


Mavzu: VOYAGA YETMAGAN BOLALARDA JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Kirish.
I-Bob. Voyaga yetmagan bolalarning psixologik xususiyatlari.

    1. Voyaga yetmagan bolalarlarda xulqi o‘g‘ishishning kelib chiqish sabablari.

    2. Voyaga yetmagan bolalar tarbiyasiga oila muhitining ta’siri.

    3. Voyaga yetmagan bolalar psixologiyasiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy omillar.

II-Bob. Voyaga yetmagan bolalar bilan ishlashning pedagogik-psixologik jihatlari
2.1. Voyaga yetmagan bolalarda jinoyatchilikni oldini olishda ota-onaning vazifalari.
2.2. Voyaga yetmagan bolalarda jinoyatchilikni oldini olishda maktab amaliyotchi psixologining vazifalari.
2.3. Voyaga yetmagan bolalarda jinoyatchilikni oldini olish.

Кirish


Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi. Mazkur normativ-huquqiy hujjat ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar nazratisiz va qarovisiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan, davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʻyicha faoliyatni samarali tashkil etish, shuningdek, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari faoliyatini yana-da takomillashtirish masalalarini oʻz ichiga olgan boʻlib, asosan uchta yangi tartib-qoidalarni belgilab berdi.
Hususan, ushbu normativ-huquqiy hujjat bilan “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari toʻgʻrisida”gi Nizomi“Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga qabul qilingan bolalarni oziq-ovqat, birlamchi kiyim-kechak va ashyoviy taʼminot buyumlari bilan taʼminlash” meʼyorlari, shuningdek, “Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga joylashtirilgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan va davlat yordamiga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlarni kiyim-kechak, poyabzal, va ashyoviy taʼminot buyumlari bilan taʼminlash” meʼyorlari tasdiqlandi.
Bundan tashqari2021-yilning 1-sentyabrdan eʼtiboran qarovsiz bolalar bilan ishlash tizimida qoʻyidagi tartib joriy etilishi belgilandi, yaʼni:
a) voyaga yetmagan shaxsning qarovsiz qolganligini aniqalash boʻyicha inspektor-psixologlar, profilaktika inspektorlari va fuqarolar yigʻinlari raislari faoliyat olib boradi;
b) qarovsiz bolalarni Markazga qabul qilish va vaqtincha saqlash masalalari yuzasidan Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligi xizmati tuman (shahar) boʻlimi boshliqlari nazoratni amalga oshiradi va ularga voyaga yetmagan shaxslarning qarovsiz qolganliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar profilaktika inspektori tomonidan ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlari orqali xabar berib boriladi;
v) qarovsiz bolalarni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga joylashtirish va oʻqishi davomida xulq-atvorini nazorat qilish boʻyicha Xalq taʼlimi vazirligi bevosita maʼsul etib belgilanib, bu boradagi ishlarni samarali tashkil etish vazirlikning hududiy organlari raxbarlari zimmasiga yuklanadi.
Bundan tashqari, oʻqish davomida qarovsiz bolaga hududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi – umumiy murabbiy, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida xizmatni utaydigan voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixolog – individual murabbiy sifatida biriktiriladi hamda qarovsiz bolaning oʻqishi va xulq-atvorini kunlik nazorat qilib boradi;
g) qarovsiz bolalar ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida oʻqishni tamomlagandan keyin ularning bandligini taʼminlash hududiy mehnat organlari tomonidan, ularning professional yoki oliy taʼlim muassasasiga umumiy tartibda oʻqishga kirishga hududiy jamoat xavfsizligi xizmati koʻmaklashadi.
Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarini tamomlayotgan qarovsiz bolalar tegishli taʼlim muassasasi yoʻllanmasi boʻyicha “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlarida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bepul oʻqitiladi.




Download 51.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling