Mavzu: voyaga yetmagan bolalarda jinoyatchilikni oldini olishning psixologik xususiyatlari kirish. I-bob. Voyaga yetmagan bolalarning psixologik xususiyatlari


I-Bob. Voyaga yetmagan bolalarning psixologik xususiyatlari


Download 51.35 Kb.
bet2/8
Sana17.10.2023
Hajmi51.35 Kb.
#1706172
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mansurova Mohinur

I-Bob. Voyaga yetmagan bolalarning psixologik xususiyatlari.

    1. Voyaga yetmagan bolalarlarda xulqi o‘g‘ishishning

kelib chiqish sabablari

Хulq buzilishlаrining аsоsini ijtimоiy vа psiхоlоgik dеzаdаptаtsiyagа оlib kеluvchi «оg’ish»lаr tаshkil etаdi. Bu birinchidаn, o‘smir shахsining mоtivаtsiоn, emоtsiоnаl, irоdаviy vа ахlоqiy jаbхаlаridаgi o‘zgаrishlаr; ikkinchidаn, nоgаrmоnik оilаviy tаrbiya ekаnligi o‘z isbоtini tоpdi. Zаmоnаviy psiхоlоgiya fаnidа ushbu muаmmоgа bаg’ishlаngаn psiхоаnаlitik (3. Frеyd), frustrаtsiоn (3. J.Dollard vа bоshqаlаr), hаmdа biхеviоristik (А.Bandura,L.Berkowitz) tаdqiqоtlаrning o‘rni hаm sаlmоqlidir. Аmmо, bizningchа, tаrbiyasi “qiyin” o‘smirlаrning pаtоlоgik хulq mехаnizmlаri, mаzkur «qiyin»lik tаsnifigа аsоslаngаn tipоlоgiyaning mоdеlini yarаtish dоlzаrb muаmmоligichа qоlmоqdа. Bizningchа, buni quyidаgi dаlillаr bilаn izоhlаsh mumkin:


1. Хulq buzilishlаrining fеnоmеnоlоgiyasi, ya’ni хulq bu­zilishlаrining turlаri, хulq buzilishi tiplаrining o‘zаrо аlоqаdоrligi, хulq buzilishlаrining klаssifikаtsiyasi, bu o‘zgаrishlаr nаfаkаt o‘smir uchun, bаlki ijtimоiy guruh vа jаmiyat uchun hаm sаlbiy оqibаtlаrgа оlib kеlishi.
2. Хulq buzilishlаrining etimоlоgiyasi, ya’ni biоlоgik, psi­хоlоgik vа ijtimоiy sаbаblаr vа shаrоitlаr.
3. Хulq buzilishlаrining kоrrеktsiyasi vа prоfilаktikаsini jоriy etishdаgi usullаr hаmdа mеtоdikаlаrning tаdbiqiy jаrаyonidа nоtibbiy psiхоtеrаpiya, individuаl vа guruhiy psi­хоlоgik kоrrеktsiya dаsturini tuzish.
Qаyd etilgаn dаlillаr vа muаmmоning nаzаriy -аmаliy jihаtlаrini yoritish ushbu fаnning mаqsаd vа vаzifаlаrini bеlgilаb bеrаdi.
Pedagoglar bilan hamkorlik tajribasi shuni ko‘rsatadiki: xulqi og‘ishgan o‘quvchilarga tartib-intizomni buzadigan, sababsiz maktabga kelmaydigan, geperfaol axloqli, tajovuzkor axloqli hamda chekish, bezorilik, o‘g‘rilik, yolg‘onchilikka ruju qo‘ygan o‘quvchilarni kiritishimiz mumkin. Oxirgi vaqtlarda maktab o‘quvchilarining og‘ishgan xulqida nisbatan kompyuter o‘yinlari yoki diniy sektalarga qaram bo‘lib qolish bilan bog‘liq bo‘lgan yangi shakl kuzatilmoqda.
Og‘ishgan xulq- bu, avvalo, shaxs axloqining allaqanday shakli, albatta, unga insoniy axloqning barcha xususiyatlari xosdir. Qanday axloqni me’yoriy deb hisoblash mumkin? Degan savol inson axloqini, shu jumladan, og‘ishgan xulqni tushuntirish uchun markaziy hisoblanadi. “Normal”, “Anomal” axloq tushunchasining ma’nosiga qat’iy ta’rif berish murakkab, ular orasidagi chegara esa o‘ta noaniq.
Shunga qaramay ilmda va kundalik hayotda ushbu tushunchalardan birgalikda foydalaniladi. Bunda normal axloq atamasi ostida, qoidadagidek, og‘riqli xafagarchilik bilan bog‘liq bo‘lmagan, shu bilan birgalikda, ko‘pchilik odamlar uchun xarakterli bo‘lgan me’yoriy-ma’qullangan axloq tushuniladi. Shunga o‘xshash, nome’yoriy axloqni quyidagicha bo‘lish mumkin: me’yoriy-ma’qullanmagan, potologik, nostandart.
Ma’lumki, maxsus adabiyotlarda “og‘ishgan xulq” atamasi ko‘pincha diveant axloq (deviatio - lotin tilida og‘ishgan) sinonimi bilan almashtiriladi.
Shaxsning og‘ishgan xulqi- bu umumqabul qilingan yoki rasman o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlarga mos tushmaydigan axloq. Boshqacha aytganda, bu harakat mavjud qonunlar, qoidalar, an’analar va ijtimoiy buyruqlarga mos tushmaydi. Shubhasiz, deviant axloq-bu har qanday me’yor emas, balki ushbu jamiyat uchun shu vaqtda birmuncha muhim bo‘lgan ijtimoiy me’yorlarninggina buzilishidir. 
Shuni ta’kidlash zarurki “og‘ishgan xulq” atamasini 5 yoshdan kichik bo‘lmagan bolalarga nisbatan qo‘llash mumkin, qat’iy ma’noda esa- 9 yoshdan keyin. 5 yoshdan oldin bolaning ongida ijtimoiy me’yorlar haqidagi zaruriy tasavvurlar bo‘lmaydi, o‘z-o‘zini nazorat qilish esa kattalar yordamida amalga oshiriladi. Faqat 9-10 yoshidagina bolada ijtimoiy me’yorlarga mustaqil rioya qilish qobiliyatining mavjudligi haqida gapirish mumkin. Agar 5 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda axloqi yosh me’yoridan ahamiyatli tarzda og‘sa, bunda uni etilmaganlikning, asabiy reaksiya yoki psixik rivojlanish buzilishining bir ko‘rinishi sifatida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Bolalaikdan va maktab yoshidan og‘ishgan xulq ko‘rinishlari haqidagi masala yanada chalkash. Umuman mutaxasisning “mustaqil bo‘lmagan” bu bosqichida deviant axloq haqida gapirish mumkinmikin? Pedagoglar va ota-onalar ko‘pincha kichik bolalarda zararli odatlar ( barmog‘ini so‘rish, tirnog‘ini chaynash), ovqat eyishdan bosh tortish, quloq solmaslik, tajovuzkor axloq, masturbatsiya, gepirfaol axloq kabi axloqning shunday salbiy ko‘rinishlari bilan to‘qnashadilar.
Afsuski, jamiyatda og‘ishgan xulqqa nosog‘lomlik kabi mknosabatda bo‘lish ustundir. Uning ko‘zga ko‘ringanshakillari bilan to‘qnashgach, oldamlar avvalo tibbiy tashhis va unga tegishli tibbiy yordam olishga harakat qiladilar. Ayni damda ma’lumki, shaxs axloqiga psixologik jihatdan-shaxsning o‘ziga nasihat qilib ta’sir ko‘rsatish mumkin. Ayonki, mutaxasis og‘ishgan xulq tasnifiga ikkita etakchi yondoshuvni aniq differensiyalashi zarur-psixologik va klinik.
Antiijtimoiy (delinkvent) axloq- bu qonun me’yorlariga qarshi chiquvchi, ijtimoiy tartib va atrofdagi odamlar farovonligiga xavf soluvchi axloq. U qonunchilik bilan taqiqlangan istalgan harakat yoki harakatsizlikni o‘z ichiga oladi. 
Katta odamlar (18 yoshdan kattalar) da delinkvent axloq, ayniqsa, o‘z ortidan jinoiy yoki fuqarolik javobgarligi va tegishli jazoni boshlab keluvchi qonunbuzarlik shaklida namoyon bo‘ladi. O‘smirlarda (13 yoshdan boshlab) delinkvent axloqning quyidagi turlari ustunlik qiladi: bezorilik, mayda o‘g‘rilik, o‘g‘rilik, vandalizm, jismoniy zo‘rlik, giyohvand moddalarni sotish. Bola yoshida (5 yoshdan 12 yoshgacha) o‘zidan kichik yoshdagi bolalar va tengdoshlariga nisbatan zo‘ravonlik, hayvonlarga shafqatsiz munosabat, o‘g‘rilik, mayda bezorilik, mulkni buzish, yondirish kabi shakllari birmuncha keng tarqalgan.
Asotsial axloq- bu shaxslararo munosabatlarning tinchligiga bevosita xavf soluvchi, axloqiy-ma’naviy me’yorlarni bajarishdan qochuvchi axloq. U tajovuzkor axloq, jinsits deviatsiya (tartibsiz jinsiy aloqador, fohishabozlik, yomon yo‘lga kirish, vuayerizm, eksgibitsionlik, va boshqalar), pulga azart o‘yinlarga tortilish, daydilik, boqimandalik sifatida namoyon bo‘ladi.
O‘smir yoshida uydan chiqib ketish, daydilik qilish, maktabga bormaslik yoki ta’lim olishdan bosh tortish, tajovuzkor axloq, promiskuitet (tartibsiz jinsiy aloqa) graffiti (devorga uyatsiz xarakterdagi rasmlar chizish va yozuvlar yozish), submadaniy deviatsiyalar (sleng, shramlash, tatuirovkalar) birmuncha tarqalgan.
Bolalarda esa uydan qochib ketish, daydilik, maktabga bormaslik, tajovuzkor axloq, g‘iybat qilish, yolg‘on, o‘g‘rilik, ta’magirlik (tilanchilik) kabi ko‘rinishlarda uchraydi.
O‘smirlik davri nafaqat u bilan muloqotga kirishuvchilar uchun, balki bola shaxsining o‘zi uchun ham og‘ir davr hisoblanadi. Ko‘p hollarda ota-onalar hamda o‘qituvchilar yosh davrining ma’lum bir bosqichiga kelib bolaning xarakter xususiyatlarida talaygina o‘zgarishlar sodir bo‘lganining shohidi bo‘lishadi. Itoatgo‘y, ko‘ngilchan bolasining birdaniga qaysar, agressiv, ba’zi hollarda esa sho‘x-shodon bolaning kamgap, indamas bo‘lib qolishi hollarini tushuna olmay qiynaladilar va bunday holatlarning sababini boshqa narsalardan izlaydilar. Ba’zan esa bu davr xususiyatlarini yaxshi bilmasliklari, ota-onalarda pedagogik-psixologik tushunchalarning etarli darajada shakllanmaganligi oqibatida bolani o‘rinsiz ayblaydilar, undan yana avvalgidek itoatkor bo‘lishlarini talab ham qiladilar.
Aksariyat hollarda o‘smirlar bilan ota-onalar va o‘qituvchilar orasidagi kelib chiqadigan noxush holatlar ularning yosh davriga xos xususiyatlarini inobatga olmasliklari yoki umuman ushbu yosh bosqichiga xos bilimlarni yetarlicha o‘zlashtirmaganliklaridadir.



Download 51.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling