Mavzu: Windows Formsda dialog oynalar bilan ishlash
Download 197.81 Kb.
|
Mahammadjonova Diyora
- Bu sahifa navigatsiya:
- Visual Studio
Mavzu: Windows Formsda dialog oynalar bilan ishlash Reja: Kirish. Asosiy qism. 1-§.Windows Formsga kirish. 2-§. Formalarning asosiy xususiyatlari. 3-§. Windows bоshqaruv elementlar va ularning xоssalari. . Hulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati. Ilovalar. Manba: https://metanit.com/sharp/windowsforms Kurs ishi rahbari: Farmonov Sherzodbek Raxmonjonovich, katta o’qituvchi. Bajaruvchi talaba: ________________________________________________ Guruh:____________ Sana:______________ Imzo:______________ KIRISH XX asr o’rtalariga kelib tezkor mashina mexanizmlaridan foydalana boshlandi. Murakkab texnika va texnologiyalar o’ylab topildi. Ko’pgina masalalarni hal qilish jarayonida axborot hajmi behisob bir majmuaga aylandi, hamda bu axborotlarni yig’ish va uzatish vositalarini yaratish, ularni vaqtida qayta ishlab, boshqarish uchun zarur bo’lgan choralarni belgilab chiqish kerak bo’ladi. Ko’pchilik vazifalarni bajarishda boshqarish jarayonini takomillashtirish, axborot tizimini joriy etish, mutaxasislarni kompyuterda ishlashga o`rgatish muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda kompyuter inson faoliyatining turli sohalariga kirib bormoqda. Bu o`z navbatida dasturchilarga bo`lgan talabni oshiradi. Hozirgi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari taraqqiyotida katta yutuqlarga erishilmoqda. Mamlakatimizda xalq xo`jaligi tarmoqlarida: ishlab chiqarish jarayonlari, ofis ishlari, bank operasiyalari, axborot almashinuv jarayonlari, milliy xizmat ko‟rsatish muassasalari, ilmiy tadqiqot ishlari, texnikalarni avtomatik va masofadan boshqarish masalalari, ommaviy axborot vositalari, tibbiyot maskanlaridagi jarayonlarda kompyuterlar va axborot texnologiyalari muvaffaqiyatli qo`llanilmoqda. Hozirgi vaqtda bir qancha dasturlash tillari mavjud bo`lib, ular har xil sohaga doir masalalarni hal qilishda ishlatiladi. Bunday dasturlash tillariga misol qilib: C++, C#, Java, Java script, Python kabi dasturlash tillarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Dasturlash faninining rivojlanishi bevosita kompyuterlarning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. O‘tgan asrning o‘rtalarida kompyuterlarning yaratilishi, ular bilan parallel ravishda uning dasturiy ta‘minotini ham rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Kompyuterlarning texnik ta‘minotini rivojlanishi bilan, ular uchun turli dasturiy mahsulotlar yaratila boshlangan va yaratilmoqda, hamda kompyuterlarning texnik ta‘minoti bilan parallel darajada rivojlanib bormoqda. Dasturiy ta‘minotsiz kompyuterlar oddiy qutidan farqi qolmas edi. Hozirgi vaqtda bir qancha dasturlash tillari mavjud bo‘lib, ular har xil sohaga doir masalalarni hal qilishda ishlatiladi. C# dasturlash tili visual dasturlash texnologiyasini qo‘llash asosida turli darajadagi qiyinchilikdagi masalalarni tez hal qilish imkonini beradi. Xozirda Axborot texnologiyalari jadal suratlar bilan rivojlanib bormoqda va hayotning barcha sohalariga tadbiq etilmoqda. Axborot texnologiyalaridan foydalanish foydalanuvchiga ko`pgina qulayliklar yaratib maqsadga tez va sifatli erishishga yordam beradi. Shu jumladan hozirda o`quv jarayoniga Axborot texnologiyalarini keng jalb etish yaxshi natijalarga olib kelishi isbotlangan faktdir. Hozirgi kunda dasturlashga bo'lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Bu kompyuter texnologiyasining kun sayin rivojlanib borishi bilan bog'liqdir. Ayniqsa vizual dasturlash texnologiyalaridan foydalanib dasturlar yaratish kompyuter texnologiyalarining rivojlanishiga katta ta'sir etmoqda. Qaysi dasturlash tilinidan foydalangan bo'lar edingiz va dasturlash bilan shug'ullanishdan oldin nimalarni bilish kerak? Elektron hisoblash mashinalarining yaratilishi va ularning keskin rivojlanib borishi inson ongining imkoniyatlarini to'ldiribgina qolmay, uning turli-tuman ma'lumotlarni tahlil qilish va o'zining ish faoliyatida uchrovchi masalalar yechimini qabul qilish tezligini ham jadal sur'atda oshiradi. Inson yashaydigan dunyo turli moddiy va nomoddiy ob'ektlar, shuningdek, ular o'rtasidagi o'zaro ta'sirlardan, ya'ni jarayonlardan tashkil topgan. Istalgan hayotiy biologik, matematik yoki fizik va hokazo. Masala shartlarini ifoda qilish dastlabki ma'lumotlar va fikrlarni tasvirlashdan boshlanadi va ular qat'iy ta'riflangan biologik, matematik yoki fizik va hokazo tushunchalar tilida bayon qilinadi. So'ngra masalani yechishning maqsadi, ya'ni masalani yechish natijasida ayni nimani yoki nimalarni aniqlash zarurligi kursatiladi. Masalani o'rganish uning matematik (biologik yoki fizik) modelini tuzishdan boshlanadi, ya'ni uning o'ziga xos asosiy xususiyatlari ajratiladi va ular o'rtasidagi matematik munosabat o'rnatiladi. Qaysi dasturlash tillaridan foydalangan maqul deganda: • obyektga yo'naltirilgan dasturlash tillari: Delphi, C++, Java, C# (S sharp), PHP (Personal home page); Yuqorida keltirilganlardan bittasiga to'xtalsak. Dasturlash mutaxassisiga hozirgi kunda talab juda katta ekanini bilasiz. Windows tizimi uchun dastur tuzishda, C# eng tezkor vositalardan Visual Studio Microsoft Windows uchun tezkor dastur tuzish vositasi. Oxirgi versiyasi: Visual Studio 2019. NET, WinForms, Console Application, Web, ASP.NET va WPF Application texnologiyalari bilan ham ishlash mumkin. Umuman olganda C # ning o'zida Windows uchun har qanday dasturni tuzish mumkin. SHuning uchun C # ning keyingi versiyalarida asosiy urg'u NET va boshqa texnologiyalarga qaratilgan. Download 197.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling