Mavzu: Windows operatsion tizimlari oilasi Bajardi: Qayimov Umidjon Toshpo‘lot o‘g‘li Navoiy 2021-yil Reja
Download 217.13 Kb.
|
ASOSIY WINDOWS
Mavzu: Windows operatsion tizimlari oilasi Bajardi: Qayimov Umidjon Toshpo‘lot o‘g‘li Navoiy 2021-yil Reja: Kirish.
2.Windows operatsion tizimi tarixi. 3.Windows operatsion tizimi imkoniyatlari. 4.Eng ko‘p foydalaniladigan Windows operatsion tizimlari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish. Bugungi kunga kelib, Microsoft-ning Windows operatsion tizimi barcha ko'rinishlarida shubhasiz eng keng tarqalgan kompyuter operatsion tizimi hisoblanadi: dunyoda 150 milliondan ortiq IBMPCga mos kompyuterlar mavjud va ularning 100 millioniga Windows o'rnatilgan. Shubhasiz, kompyuter bilan tanishishni Windows bilan tanishishdan boshlash kerak, chunki u bilan kompyuterda ishlash ko'pchilik foydalanuvchilar uchun tasavvurga sig'maydi. Windows tizimini bilish shaxsiy kompyuter devorida zarur g'ishtdir. Operatsion tizimga ikki xil ta’rif berishadi: “Kompyuter qurulmalarini boshqaruvchi dasturlar majmui” va “Kompyuterdagi boshqa dasturlarni boshqaruvchi dasturlar majmui”. Dasturiy ta’minotni asosiy tashkil etuvchi hisoblanadigan operatsion tizim tushunchasiga to’liq ta’rif berish qiyin. Chunki, bir tomondan, “tizim” so’zi turli soha mutaxassislari tomonidan keng qo’llaniladi va turlicha talqin qilinadi. Operatsiya so’zi esa to’g’ridan-to’g’ri tarjimada “amal” degan ma’noni anglatsa-da, uning tub mohiyatini bu birgina so’z bilan aniq tavfsiflab bo’lmaydi. Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida qulay interfeysli muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar bilan ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ularni ishlash holatlarini ta'minlash. Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari. Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bo’lardan 1981 yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991 yilda yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995 yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi, 1998 yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi, 2000 yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001 yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari.1 Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi. “WINDOW” inglizcha so’z bo’lib, o’zbek tiliga “oyna”, “lavha”, “darcha” deb, “WINDOWS” so’zi esa “oynalar”, “lavhalar”, “darchalar” deb tarjima qilinadi. Mazkur sistemaning boshqalardan farqli tomoni shundaki, u yordamida bir vaqtning o’zida ham matnli, ham grafikli, ham hisob-kitobli, ham turli boshqaruv dasturlarini ishlatish imkoniyati mavjud. Foydalanuvchi uchun barcha qulayliklarga ega bo’lagan bunday operatsion sistemaning yaratilishi jadallik bilan texnik qurulmalarning rivojlanishiga va shaxsiy kompyuterlarning keng omma tomonidan qo’llanilishiga olib keldi.2 Download 217.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling