Mavzu: Xalq banki faoliyatidan qisqacha Guruh: bia 82-2 Bajardi: Mahmudaliyeva Hilola Tekshirdi: Toshkent 2023


Download 37.75 Kb.
bet1/8
Sana13.04.2023
Hajmi37.75 Kb.
#1350070
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bank ishi Mahmudaliyeva Hilola

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi





Toshkent Moliya Instituti


Mustaqil ish



Mavzu: Xalq banki faoliyatidan qisqacha

Guruh: BIA 82-2


Bajardi: Mahmudaliyeva Hilola Tekshirdi:________________


Toshkent 2023

Reja:
1.Xalq banki banklarining foiz siyosati


2.Xalq banki banklarining valyuta operatsiyalarini tashkil etish asoslari
3.Xalq banki banklarining qimmatli qog’oz bilan operatsiyalari

1.Xalq banki banklarining foiz siyosati
Xalq banki banklari baho siyosati bank xizmatlariga va mahsulotlariga baho o‘rnatish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Baho siyosati nafaqat bank boshqaruvida asosiy komponent vazifasini bajaradi, balki bank daromadliligini boshqarishda iqtisodda ustuvor ham hisoblanadi. Xalq banki banklarining baho siyosati asosiy yo‘nalishi bu banklarning foiz siyosatidan iborat bo‘ladi. CHunki, banklar aktiv va passivlar bo‘yicha foiz siyosatini amalga oshirish orqali baho belgilanadi.
Bank sohasida «aktiv» va «passiv» operatsiyalar bo‘yicha foizlar uchraydi. Aktiv operatsiyalar bo‘yicha foizlar – bu mijozlar tomonidan bankka to‘lanadigan foizlar. Passiv operatsiyalar foizlar esa, bu mijozlarning depozit va jamg‘armalari bo‘yicha bank tomonidan to‘lanadigan foizlar. Qarz beruvchi va qarz oluvchilar o‘rtasida moliyaviy vositachilar sifatida qatnashayotib, banklar birinchilardan olingan mablag‘larni ikkinchilarga vaqtinchalik foydalanishga beradilar. Bunda qarz beruvchilar depozitlar bo‘yicha foizlar oladi, qarz oluvchilar ma’lum vaqtda mablag‘lardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar bank manfaati esa marja ko‘rinishida ifodalanadi.
Bank foizidan foydalanish mexanizmi bir nechta elementlarni o‘zida mujassamlashtiradi va uning yordamida bank foiz siyosati vujudga keladi hamda uning amaldagi ko‘rinishi ssuda foizi hisoblanadi. Bank foiz stavkasiga olimlar turlicha ta’riflar berganlar. Masalan I.O. Lavrushin bank foizini kredit munosabatlarida qatnashuvchi sub’ektlardan biri bank bo‘lgan holda vujudga kelishini ta’kidlaydi. Ssuda foizi esa ssudan vaqtinchalik foydalanishga ssudalashtiriladigan o‘ziga xos narx hisoblanadi. SHunga o‘xshash ta’rifni yana bir olim Tavasiev berib u shunday deydi: "banklar uchun pullar o‘zida "oldi-sotdi" predmetini ifodalab o‘zining narxi bo‘lgan bank foiziga ega". Nazariy nuqtai nazardan uni to‘lash manbai bo‘lib kreditdan foydalanish natijasida olinadigan qarz oluvchi foydasining bir qismi hisoblanadi.
Bank foizining turli xil formalari mavjud bo‘lib ular: depozit foizi ko‘rinishida, ssuda foizi bo‘yicha, shu bilan birlikda banklararo kreditlar, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha investitsiya foizlari va boshqalar.
Bank foizi mazmunida shuni nazarda tutish kerakki, bank muassasalari o‘zining mablag‘larini emas, balki chetdan keladigan mablag‘larni ssudaga joylashtiradi. Bank faoliyatida bajarilmaydigan majburiyatlar riski, aktiv tomondan pul qo‘yuvchilarning ham passiv tomonidan majburiyatlar bajarilmasligi riskini oshiradi.
Bank foizi 2 xil ma’noda foydalaniladi:

  1. Bank jalb qilgan mablag‘lar (boshqa kredit tashkilotlaridan olingan banklararo kreditlar, jismoniy va yuridik shaxslarning omonotlari va depozitlariga foiz, mijozlarning hisobvaraqlaridagi qoldiqlarga foiz) ga to‘laydigan qiymatni ifodalashda;

  2. Bank joylashtiradigan mablag‘larga olinadigan qiymatni ifodalash uchun . Boshqacha qilib aytganda bank foizi turli shakllarda :

Depozit foizi;
Ssudalar bo‘yicha foiz;
Banklararo kreditlar bo‘yicha foiz;
Qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar bo‘yicha foizlar.
Kredit summasiga muvofiq kelmagan foizning mutloq miqdori hech narsani anglatmaydi. SHu sababdan kredit kelishuvining samaradorligini oydinlashtirish kredit qiymatining u yoki bu ma’qul qiymatni aniqlash uchun nisbiy ko‘rsatkich - foiz normasi ko‘rsatkichidan foydalaniladi:
Ssuda kapitali bozorining turli sektorlari xususiyatlaridan kelib chiqib bir turdagi foiz stavkalari (bank va nobank) ning bir necha guruhini ajratish mumkin:

Download 37.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling