Mavzu: xalq og'zaki ijodidagi an'anaviy obrazlar reja
Download 25.99 Kb.
|
Mavzu xalq og\'zaki ijodidagi an\'anaviy obrazlar reja-fayllar.org
Qadimgi miflar. Porloq kelajakni orzu qilib, unga umid ko’zi bilan boqqan uzoq o’tmishdagi avlod-ajdodlarimiz kishilarning qudratli rivojini oldindan sezib, ularning qobiliyatini ideallashtirgan mifologik obrazlarni yaratgan. Ana shu mifologik obrazlarning ilk bor namunalari ko’hna mif, afsonalarda naql etildi. Qadimgi davr fol’klor namunalari ichida mifologik tasavvurlar asosida yaratilgan afsonalar va miflar alohida o’rin tutadi.
Mif grekcha so’z bo’lib, xudolar va pahlavonlar haqidagi to’qima afsonadir. Mifologiya ibtidoiy insonning tabiatni bilishga intilishining natijasi hisoblanadi. Darhaqiqat, insonning tabiatga qarshi kurashdagi ojizligi uni noma`lum ko’ringan hodisalarga javob topishga, qandaydir tushuncha va tasavvurlar yaratishga majbur etgan. Bo’ron, zilzila, suv toshqini, sel kabi g’ayri tabiiy ko’ringan kuchlar dahshatidan talvasaga tushgan inson yovuz kuchlarga qarshi kurasha oluvchi homiy izlagan. Nihoyat, yaxshilik va yomonlik haqidagi mifologik tasavvurlar paydo bo’lgan. Olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlar ana shu tarzda yuzaga kelgan bo’lib, u o’z navbatida osmon, oy, quyosh hamda turli xil hayvonlar haqidagi xudolarni, g’ayri tabiiy tasvirlangan pahlavonlar haqidagi miflarni hosil qildi. Mazkur miflar kishilarga ruhiy kuch, tetiklik va osoyishtalik baxsh etgan, nihoyat, insoniyatni g’alabaga chorlagan. Qadimgi ertaklar, afsona, miflarning asosiy g’oyasi qadimgi davrlardagi mehnat kishilarining yukini engillashtirishga, ishning unumini oshirishlariga, to’rt oyoqli va ikki oyoqli dushmanlarga qarshi qurollanishlariga hamda so’z kuchi – «avrash», «afsun» yo’li bilan tabiatning kishilarga xatarli bo’lgan hodisalariga ta`sir etishlariga qaratilgan. Ko’rinadiki, mif zo’r kuch va qudrat, osoyishta yashash hamda yovuz kuch ustidan g’alaba qila olish haqidagi orzu-umidning yakunidir. «Avesto» da ikki yaratuvchi kuch – yaxshilik va yomonlik Axuramazda va Axriman qiyofasida namoyon bo’ladi. Mazkur kitob g’oyasiga ko’ra, tabiat va jamiyatdagi hodisalarning barchasi yaratuvchining o’zaro kurashidan kelib chiqqan. Axuramazda yaxshilik, yorug’lik, obodonlik va ezgu kuchlarning xudosidir. Unga qarashli narsalar inson turmushini yaxshilashga va xizmat qilishga qaratilgan. U o’z yordamchilari orqali olov, chorva, metall, er-suv va o’simliklar dunyosini boshqaradi. Angra Man`yu (Axriman) barcha yovuzlik va yomonlikni boshqaradi. U Axuramazdaga qarshi chiqadi va o’ziga qarashli devlar yordamida odamlarga azob-uqubat, mashaqqat, kulfat keltiradi. Axriman zo’r kuch va qudratga ega bo’lsa-da, biroq Axuramazda kabi har narsaga qodir va qobil emas, shu sababli yomonlik kuchlari yaxshilik oldida doimo mag’lubiyatga uchraydi. YOrug’lik manbai quyosh deb ko’rsatiladi. Quyosh nuri insonga hayot bag’ishlaydi. Olov esa quyoshning bir parchasidir. SHuning uchun ham inson olovni muqaddas hisoblab, otashkadalarda saqlar edi. Bunday otashkadalar Xorazmda, Jonbos qal`ada topilgan. Demak, o’zbeklar orasida quyoshga – olovga e`tiqod qo’yib, unga topinish juda qadimdan davom etib kelgan. Mitra – quyosh va yorug’lik xudosi, Noxit – obodonlik va farovonlik xudosi, Humo – baxt, tole va davlat xudosi, Anaxita va Xubbi (Farg’onada er Xubbi) – suv xudosi, Mirrix – urush va g’alaba xudosi, yaxshilik va ezgulik esa Kayumars, Yima (Jamshid), Gershasp kabi mifologik obrazlarda mujassamlashgan. YOmonlik kuchlari esa ajdar, dev, jin kabi salbiy miflar orqali tasvirlangan. Ko’ramizki, ilk bor yuzaga kelgan badiiy obrazlar ibtidoiy inson orzularining naqadar hayotiy ekanligidan dalolat beradi. Bu diniy personajlarning har biri «Avesto»ga kirmasdan oldin ham madadkor ruh yoki yovuz kuch sifatida xalq o’rtasida mavjud bo’lgan. Download 25.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling