Mavzu: xalq og'zaki ijodidagi an'anaviy obrazlar reja
Ardvisura Anaxita haqida mif
Download 25.99 Kb.
|
Mavzu xalq og\'zaki ijodidagi an\'anaviy obrazlar reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kayumars va Jamshid haqida miflar
Ardvisura Anaxita haqida mif. «Avesto»da Anaxita zabardast, xushqomat, kamarini baland bog’lagan, to’g’ri so’z, marhamatli go’zal qiz sifatida namoyon bo’ladi. U kishilarga kuch-qudrat baxsh etuvchi, suvning mo’l bo’lishini ta`minlovchi ma`buda. Xudo ibtidoiy kishilar tasavvurida mavhum tushuncha, xayoliy mavjudot emas, balki u yoki bu mehnat quroli bilan qurollangan real siymo edi.
«Avesto»da shuhrat topgan qahramonlarning yovuzlik timsoliga (Aji Dahok, dev va sehrgarlar) qarshi qo’yilgan qismlar bor. Ularda tasvirlanishicha, yovuzlikka qarshi chiqqan pahlavon jang oldidan g’alaba qozonishni so’rab, muqaddas homiyga sig’inadi, iltijo qiladi: «O, marhamatli, zabardast Ardvisura Anaxita, menga madad ber, uch og’iz va uch boshli, olti ko’z va ming xil kuchlar sultoni, bahaybat Aji Dahok ustidan g’olib chiqay». SHunday ekan, bu motiv ertak va dostonlardagi qahramonlarning ajdar bilan jang qilish epizodini eslatadi. Demak, ana shu jang motivi mazkur kitob yaratilmasdan burun ham xalq og’zida mavjud bo’lgan. Kitob avtori Zaratushtra ana shu motiv shuhratidan foydalangan va uni o’z g’oyasi uchun xizmat qildirgan. Anaxita, asosan suv va hosildorlik ma`budasi bo’lgan. Anbarona esa Anaxitaning keyingi variantidir. Kayumars va Jamshid haqida miflar. Kayumars haqida mif qadimgi O’rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan. Uning turli xil variantlarini qadimiy yozma manbalardan «Avesto», «Tarixi Tabariy» hamda Abu Rayhon Beruniyning «O’tmish asrlardan qolgan yodgorliklar» nomli kitobida, Firdavsiyning «SHohnoma» asarida ko’rish mumkin. Kayumars «Avesto»da, asosan Gaya Maretan, ba`zi o’rinda esa Gaya Martan deb yuritildi. «G’iyosul lug’at»da esa Kayumars Gavomard deb ko’rsatiladi. Arxeolog S.P.Tolstovning fikricha, Gavomardning ma`nosi inson-buqa. U Amudaryo bo’yida yashagan. Bo’yi daryoning u beti bilan bu betiga etgan. Gavomard – Kayumars Xorazmda yashagan. Ushbu mifning Beruniy asaridagi bayoniga ko’ra, Axrimanning yomon qilmishlaridan xudo hayratda qoladi. Uning peshanasidan ter chiqadi. Terni artib tashlaganda, ter donasidan Kayumars tug’iladi. Xudo Kayumarsni Axriman yoniga jo’natadi. Kayumars Axriman yoniga etib kelib, uning elkasiga minib oladi vash u holda dunyoni aylana boshlaydi. Nihoyat, Axriman bir hiyla bilan Kayumarsni elkasidan uloqtirib tashlaydi va uning ustiga minib olib eyajagini aytadi. Seni qaysi tomoningdan eyay, deb so’raydi Axriman. Oyoq tomonimdan, deb javob beradi Kayumars, toki dunyo go’zalligidan uzoqroq bahra olib turayin. Ammo Kayumars Axrimanning u aytgan gapning teskarisini qilishini bilar edi. Axriman Kayumarsni boshi tomonidan eya boshlaydi. Beliga etganda Kayumarsning urug’donidan ikki dona erga tushadi. Ulardan o’simlik o’sib chiqadi. O’sha o’simliklardan bir o’g’il, bir qiz (Meshi va Meshona) paydo bo’ladi. Mifda Kayumars erda paydo bo’lgan birinchi odam sifatida ta`riflangan. Kayumars yaxshilik va ezgulikning yovuzlik ustidan g’alabasi haqidagi ibtidoiy ishonchning obrazli ifodasidir. Mifning qisqacha mazmuni quyidagicha: O’tgan zamonda Nuh payg’ambar bo’yi bulutga etadigan bir duradgor ustani chaqirib, kema yasab berishni so’rabdi. Bu odamning nomi Odami Od ekan. U nihoyatda baland bo’yli, kuchli bo’lib, daryo va dengizda baliqni ushlab, quyosh issig’iga tutib pishirib, eb keta berar ekan. Odami Od Nuh payg’ambarni elkasiga mindirib toqqa olib chiqibdi. Qaerda baland daraxt bo’lsa, kema uchun kesmoqchi bo’libdi. Tog’da to’rtta katta chinor bor ekan. U chinorlarni tomir-pomiri bilan sug’urib olib, o’z elkasiga ortib, ustiga Nuh payg’ambarni o’tqazib, dengiz bo’yiga ravona bo’libdi. Odami Odning qorni hech ovqatga to’ymas ekan. Nonushtasiga bir hovuz suvga non to’g’rab er ekan. Odami Od kemani bitiribdi. Hamma odamlarni kemaga solib, dengizga tushib, o’zi kemani torta ketipti. Hikoyada Odami Od odamlar ajdodi birinchi odam sifatida namoyon bo’lgan. Mazkur naqlda qadimgi inson dunyoqarashi o’z ifodasini topgan. Od so’zi tojik va fors tilida ulkan odam ma`nosini bildiradi. Binobarin, mifologik obraz qadimiy urug’lardan birining himoyachisi, homiysi bo’lgan bo’lishi kerak. Od naqlda umumxalq manfaatini ko’zlab ish tutadi. Nihoyatda ulkan va g’ayri tabiiy kuchga ega. Demak, mazkur mif didaktik mazmun kasb etgan. Umuman olganda, mif, afsona, asotir, rivoyat va boshqa qadimgi asarlarda insoniyatni yaxshilikka etaklash, ezgulik asosida tarbiyalash bosh mavzu qilib tanlanganligini ko’ramiz. Bir so’z bilan aytganda, bu janrlar tom ma`nodagi didaktik masalalarni qamrab olgan va asrlar davomida avloddan-avlodga o’tib kelgan. Hozir ham bu noyob asarlar o’z qimmati yo’qotgan emas. Bu manbalar yozma adabiyotga ham kata xizmat qilib kelmoqda. Download 25.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling