Mavzu: Xalq pedagogikasida ustoz shogird tizimi. Reja: Xalq pedagogikasi fani haqida tushuncha


O’ZBEK XALQ PEDAGOGIKASINING IJTIMOIY G’OYALARI


Download 22.15 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi22.15 Kb.
#1595029
1   2
Bog'liq
Mavzu Xalq pedagogikasida ustoz shogird tizimi. Reja Xalq peda

O’ZBEK XALQ PEDAGOGIKASINING IJTIMOIY G’OYALARI.
Xalq donishmandligi va odobnomasining bu nodir sohasi ijtimoiy va maishiy-axloqiy hayotning barcha tomonlarini, xalq og’zaki ijodi, qadrshunosligi, udumshunosligi va marosimshunosligining yetakchi yo’nalishlarini, diniy-axloqiy ta’limotni qamrab olishi bilan xarakterlanadi. U xalqimizning asrlar davomida to’plangan boy tajribalarini, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, falsafiy, ma’rifiy, estetik, ma’naviy hamda jismoniy yetuklik borasidagi qarashlarini, tajriba-xulosalarini lo’nda, ammo bag’oyat teran; donishmandnamo tarzda ifodalaydi. Ilk bor yaratilayotgan «O’zbek xalq pedagogikasi»da dono xalqimizning ta’lim-tarbiya, axloq, odob, inson qadriyatlari va uning ma’naviy ustuvorligi, iymon-e’tiqodi butunligi sohasidagi dunyoqarashi, amaliy faoliyati, usul-metodlari, an’analari tabarruk islomning odob-axloq, ilmu fan haqidagi ta’limotiga bog’liq holda, muqaddas Qur’oni karim va payg’ambarimiz Muhammad Rasulullohning muborak hadisi shariflariga suyangan holda yoritish mo’ljallangan. Tadqiqotda Ollohning ilohiy mo’jizasi - hayot sarvari Insonning ona qornida paydo bo’lishidan tortib, to tug’ilganiga qadar, ilk tarbiyasidan tortib, to voyaga etguncha hamda oila qurgunga qadar, yoshini yashab to omonatni topshirgungacha bo’lgan axloqiy, aqliy, estetik mehnat, ekologik tarbiyasi, shuningdek jismoniy chiniqish bilan bog’liq o’yinlar, xalq pedagogik an’analarining hozirgi zamon yosh avlod ta’lim-tarbiyasida tutgan o’rni hamda ahamiyati haqida so’z yuritiladi. Shu bilan birga o’zbek an’anaviy, ommaviy bayram-sayllari, rasm-rusmlari, odatlari va udumlarida aks etgan axloqiy qarashlar, ularning o’ziga xos odobnomasi, ibratnomasi kabi bag’oyat dolzarb mavzularni yoritishga ham harakat qilinadi.
Ma’lumki, xalqning pedagogik qarashlari uzoq asrlar davomida shakllangan va ular bizga alohida qo’llanma-dastur yoxud darsliklar shaklida yetib kelmay, balki asosan xalq og’zaki ijodiga kiruvchi turli janrlardagi asarlar, elshunoslik, qadrshunoslik, udumshunosliklar qatida saqlab qolingan hamda Ollohning so’zi bilan bo’lgan Qur’oni karim va hadisu-shariflarda o’z ifodasini topgan. Demak, xalq pedagogikasi hozirgacha yashovchanligi asosan og’zaki tarzda bo’lib, u har bir avlod unga o’z tajribasini, qarashlarini, fazilatlarini qo’shgan holda bizgacha yetib kelgan. Bugungi kunda esa shu uzoq asrlar davomida ta’lim-tarbiya qo’llanmasi, vositasi bo’lib kelgan xalqning pedagogik qarashlarini to’plash, o’rganish va chop etish vazifasi turibdiki, bu vazifani bajarish yo’qolish arafasiga kelib qolgan milliy qadriyatlarimiz, axloqimiz, urf-odat, rasm-rusumlarimizni, udumlarimizni, an’analarimizni asrab qolish va tiklash uchun nihoyatda zarurdir.
O’zbek xalq pedagogikasi an’analari o’quv qo’llanmasi uzoq yillik ilmiy, pedagogik izlanishlar, amaliy faoliyatlar natijalaridan kelib chiqqan holda jonli, ilmiy-ommaviy tilda yozilgan. Xalqning oilaviy-maishiy hayoti, ta’lim-tarbiyaviy axloq-odobga oid hayotiy yo’l-yo’riqlari, usullari, ibratli tajribalariga oid turfa misollar - dostonlar, ertaklar, mehnat-mavsum marosim qo’shiqlari, asotirlar, naqllar, rivoyatlar, afsonalar, maqollar, matallar, hikmatlar, qayroqi so’zlar, aforizmlar, topishmoqlar, tezaytishlar, bolalar o’yinlari, allalar, to’y va aza qo’shiqlari, aytimlari, olqish va qarg’ishlar, suyush-erkalash qo’shiqlari, erkalamalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlar, yalinchoqlar, hukmlagichlar, chorlamalar, cheklashmoqchalar, guldur-guplar, sanamalar, o’yin-kulgular bilan bog’liq lapar, aytishuv, o’lan, termalar, bolalar tarqalish, chorlash qo’shiqlari ramazon, boychechak, yomg’ir, quyosh, yulduzsuv aytimlari, chandishlar, tegishmachoqlar, masxaralamalar, «Navro’z», «Mehrjon», bahor, kuz, qish, yoz aytim-qo’shiq ashulalari, dexqonchilik, chorvadorlik, kasb-hunarmandchilik bilan bog’liq nasriy va nazmiy asarlar; inson, tabiat va hayvonlar dunyosiga oid namunalar hamda mifologik tasavvurlar aks etgan asarlar bilan boyitilgan. Qur’oni karim, hadis hamda Sharq mutafakkirlarining axloq-odobga oid qarashlariga doir parchalar ham mazkur qo’llanmaning sahifalarini bezashi tabiiydir. «O’zbek xalq an’anaviy pedagogikasi»ga oid materiallarni bamisoli ummonga qiyos qilish mumkin. Biz ushbu tadqiqotni faqat debocha deb bilib, shu ummondan olingan qatralar orqali xalqimizni, uning ayrim sahifalari bilan tanishtirishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. Ko’p jildlarga va ko’p yillarga mo’ljallangan — O’zbek xalq pedagogikasi katta kuchni, jamoa mehnatini talab qiladi...
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, xalq nazdida, inson ona qornidan yaxshi yo yomon bo’lib tug’ilmaydi — u birday tug’iladi. Yaxshi-yomonga aylanishi tarbiyadan, dastavval ota-ona, oila, mahalla-ko’y, qishloq-ovul, qolaversa, jamiyat-tuzumdandir. Bunda ajdodlar qoldirgan ota meros—oilaviy pedagogika, xalq pedagogikasi, shuningdek udumshunoslik, qadrshunoslik, elshunoslik an’analari, jamiyatning bu sohadagi sa’y-harakatlari hal qiluvchi o’rin tutadi. Xalq ta’kidlashicha, bola boshdan to’g’ri, haqqoniy tarbiyalansa u kelgusida yaxshi inson bo’lib yetishadi, egri yo’lda tarbiyalansa — yomon kishiga aylanadi. Zero, «ko’chat boshdan, bola yoshdan» maqoliga amal qilish xalq an’anaviy pedagogikasining bosh yo’nalishidir. Shu boisdan, xalq pedagogikasida tarbiyaning mayda-chuydasi, ya’ni birlamchi-ikkilamchisi bo’lmaydi: hamma narsa hisobga olinishi, hech bir soha chetda qolmasligi, ayni choqda tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari e’tiborga olingan holda, yetti o’lchab bir kesishga amal qilinadi. Xarakterlisi yana shundaki, xalq tarbiyada kecha, bugun va ertani o’ylab ish tutadi, ya’ni tarbiyani o’tmishni unutmaslik, bugunni qadriga etishlik, kelajakka umid asnosida olib boradi.
Download 22.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling