Mavzu: Xalq pedagogikasining oʻziga xos xususiyatlari. Reja


Download 94.97 Kb.
bet1/2
Sana18.10.2023
Hajmi94.97 Kb.
#1709247
  1   2

Mavzu:Xalq pedagogikasining oʻziga xos xususiyatlari.
Reja:
1.O‘zbek xalq pedagogikasiga xos xususiyatlar.
2.O‘zbek xalq pedagogikasidagi ilg‘or g‘oyalar.
3.Oilada bolalarni xalq pedagogikasi manbalardan foydalanib tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari.
1.O‘zbek xalq pedagogikasiga xos xususiyatlar.
O‘zbek xalq pedagogikasiga xos xususiyatlar – insonparvarlik, ochiq ko‘ngillilik, saxovatlilik, poklik, to‘g‘ri so‘zlik, haqiqatgo‘ylik, rostgo‘ylik, yaxshi qo‘shnichilik, tinchliksevarlik, vatanparvarlik, baynalmilallik kabi fazilatlardan iborat bo‘lib, bu fazilatlar tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy shartsharoitlar bilan belgilanadi va umumbashariy xususiyat kasb etadi.
SHu ma’noda xalq pedagogikasi ma’lum davrda yashagan xalq, elat, guruh madaniyati, ma’naviyati, ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlarining tarkibiy qismidir. Uning umumbashariylik xususiyati shundan iboratki, u demokratik yo‘nalishda rivojlanadi, xalqning ezguliklari, orzu niyatlari va g‘oyalarini ifodalaydi.
2.O‘zbek xalq pedagogikasidagi ilg‘or g‘oyalar.
O‘zbek xalq pedagogikasidagi ilg‘or g‘oyalar – yosh avlodni aqliy va jismoniy jihatdan etuk, ma’rifatli, bilimli va kasb-hunarlarni egallagan, odob-axloq qoidalarini mujassamlashtirgan, barkamol inson qilib tarbiyalashdir.
O‘zbek xalq pedagogikasi urf-odat, an’ana va qadriyatlari bir avloddan ikkinchi avlodga og‘zaki tarzda o‘tadi, so‘ngra og‘zaki ijod va yozma adabiyot mahsuli – maqol, masal, topishmoq, ertak, latifa, qo‘shiq, lapar, askiya, dostonlar vositasida ommalashadi. SHu sababli ham, xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyot, asrlar davomida yaratib kelingan xalq latifa va qo‘shiqlari, lapar va askiyalari,hikmatlari, maqollar va masallar, ertaklar va dostonlarida o‘zbek pedagogikasining zamini, fundamenti va yagona tarbiya vositasi bo‘lib kelmoqda.
Har bir jamiyatda yashagan xalq ruhi: do‘stlik, birodarlik, mardlik, vatan va xalqqa sodiqlik g‘oyalari ifodalangan, ulug‘langan; ota-onaning o‘zaro ahilligi, ular bilan farzandning o‘zaro mehr-muhabbati, qadr-qiymati, eng yaxshi insoniy fazilatlari tarannum qilingan.
«Xalq pedagogikasi - xalq og'zaki ijodida, urf-odatlarida, marosimlarda, bolalar o‘yinlari va o‘yinchoqlarida va hokazolarda saqlanib qolgan pedagogik ma’lumotlar va tarbiya tajribasining majmuasidir»4
Ma’lumki, o‘zbek xalq pedagogikasida farzandli bo‘lish, o‘z farzandini jasur, botir va barkamol inson qilib tarbiyalash alohida o‘rin tutadi. Masalan, “Oltin beshik”, “Ilimxon”, “Olmos botir”, “Dono qiz” ertaklarida va “Alpomish”, “Rustamxon”, “Murodxon”, “Oysuluv”, “SHirin va SHakar”, “Kuntug‘mish” dostonlarida farzand ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lishlik eng yuksak insoniy orzuhavas ekanligi, u ota-onaga baxt-saodat, quvonch va ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat bag‘ishlashi bayon etiladi.Xalq pedagogikasi tarbiyada oilaning muhim qirralarini ochib beradi. Oilada ota-onaning o`rni, ularga nisbatan farzandlar munosabatlari, bolalarni otalarining qudratiga ishonch ruhida tarbiyalash, onaning beqiyos mehnatlarini qadrlashga o`rgatish, tarbiyada hamma vaqt samara berib kelgan.
Shu o`rinda Xalq pedagogikasi tarixiga nazar tashlab o`tish o`rinli. Buyuk pedagoglar ko`proq xalqning pedagogik tajribalariga e’tibor qaratgan. Chunki xalq pedagogikasi tarbiya haqidagi fanni boyitadi va unga tayanch bo`lib xizmat qiladi.

Download 94.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling