Mavzu: Xalqaro arxivlar kengashining mintaqaviy filiallari. Reja
Download 19.59 Kb.
|
xalqaro arxivlar kengashining mintaqaviy filiallari.
Mavzu: Xalqaro arxivlar kengashining mintaqaviy filiallari. Reja: 1.O’zbekistonning ilk xalqaro arxivlar bilan aloqalari .(XAK)ga a’zo bo’lishi. 2.o’zbekistonning Osiyo davlatlari bilan arxiv ishi bo’yicha ilk bitimlari. Arxivlar faoliyatini takomillashtirishda xalqaro integratsiya muhim ahamiyat kasb etadi va bu Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosatiga bevosita muvofiqdir. Xususan, ilmiy-madaniy sohada xalqaro aloqalarning oʻrnatilishi, shu jumladan MDH mamlakatlari va xorijiy davlatlar bilan arxiv ishini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish, uning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Mustaqil Oʻzbekiston arxiv xizmatining ilk xorijiy aloqalaridan biri, uning 1994-yil dekabr oyida “Oʻzbosharxiv” rahbari P.N.Nigmatov va 16 ta davlat vakillari bilan birgalikda, YUNESKO tomonidan Malayziyada tashkil etilgan Osiyo - Tinch okeani mintaqasi arxiv xizmati rahbarlarining oʻn kunlik uchrashuviga chaqirilishidir. Uchrashuv yakunidan soʻng, arxiv rahbari “Dunyo xotirasi” dasturi boʻyicha Yuneskoning Osiyo - Tinch okeani mintaqasi ekspertlarining yigʻilishida ishtirok etib, unda arxivlarning holati, ularning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi oʻrni toʻgʻrisida maʼlumotlar muhokama etildi. Oʻshandan buyon “Oʻzarxiv” rahbarlari bunday tadbirlarning ajralmas ishtirokchilaridan boʻlib kelishmoqda. Oʻzbekiston arxivlari integratsiyasining keyingi bosqichi, Xalqaro arxivlar kengashining (XAK) “A” toifasiga “Oʻzarxiv” agentligining kiritilganligidir. Ushbu voqea 2009-yil may oyida boʻlib oʻtdi. Shunday qilib, koʻplab MDX mamlakatlari arxivlarini oʻz ichiga olgan “Yevroosiyo” boʻlinmasining faoliyatida respublika vakillarining rasmiy ishtiroki uchun toʻsiqlar bartaraf etildi. Shunday qilib, oʻsha yilning oktyabr oyida “Yevroosiyoning” X - umumkonferensiyasida Ukraina davlat arxivlari qoʻmitasi hamda “Oʻzarxiv” agentligi oʻrtasida arxiv muassasalarining ikki tomonlama aloqalarini chuqurlashtirish, professional tajriba almashish hamda hujjatli merosdan foydalanish boʻyicha oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma imzolangan. 2012-yilda XAK (YEVROOSIYO) boʻlinmasining XIII- umumiy konferensiyasi va MDX davlatlari ishtirokchilari davlat arxiv xizmati rahbarlarining Maslahat Kengashi yigʻilishi Toshkent shahrida oʻtkazilgan. Endilikda bu, sobiq SSSR davlati fuqarolarining maʼlumot olish huquqini erkin taʼminlashga imkon berdi. 2003-yilda “Oʻzbosharxiv” tomonidan birinchi marta: 21-mayda “Rosarxiv”, 6-iyulda Xolokost boʻyicha Amerika Memorial Kengashi hamda Vashingtondagi Xolokost Memorial muzeyi bilan ikki tomonlama hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar imzolandi. Rossiya va Oʻzbekiston davlat arxivlari fondlarini har ikki davlat xalqlari tarixiga oid muhim hujjatlar nusxalari bilan toʻldirishda oʻzaro yordan koʻrsatish masalalari boʻyicha “Rosarxiv” bilan kelishildi. Natijada 2010-2011-yillarning oʻzidayoq Oʻzbekistonga ikki mingdan ortiq tasdiqlangan arxiv hujjatlarining nusxalari va respublikaning davlat chegarasini oʻrnatish bilan bogʻliq 10 dan ortiq kartografik materiallar topshirildi. Arxiv ishi sohasida Qozogʻiston Respublikasining Madaniyat va axborot vazirligi bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimning imzolanishi (2007-yil iyul), oʻz samarasini berdi. Xususan, bitimga asosan tomonlar oʻzaro meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, arxiv sohasi boʻyicha maʼlumot va hujjat almashish, arxivshunoslik, arxeografiya va hujjatshunoslikga oid adabiyotlar hamda ikki tomonning manfaatlarini ifodalovchi arxiv hujjatlarining nashrlarini almashishni kelishib oldilar. Arxiv ishi sohasiga oid boʻlgan yana bir foydali bitimlardan biri Oʻzbekiston Respublikasining Gretsiya, Italiya oʻrtasida imzolangan hamkorlik bitimlari hisoblanadi. Ushbu memorandumda hujjatlarni taʼmirlash ishlarini olib borish,hujjatlarning saqlovini taʼminlash, soʻngan matnlarni qayta tiklash, arxiv hujjatlarini raqamlashtirish boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish, arxiv ishi boʻyicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, oʻquv kurslari va seminarlarini tashkil etish masalalari belgilab olingandi. Koreya Milliy arxivi bilan tuzilgan shartnoma (2016-yil) Seulda boʻlib oʻtgan XVIII Xalqaro arxivchilar kongressida Oʻzbekiston arxiv mutaxassislarining ishtirokini taʼminladi. Kongressda raqamli hujjatlarning yaratilishi, aylanishi va ishlatilishi qanday boʻlishidan qatʼi nazar, hujjatlarning xavfsizligi, ulardan foydalanish huquqi va haqiqiyligini taʼminlash boʻyicha faoliyatining barcha yoʻnalishlari koʻrib chiqildi. Taʼkidlash joizki, postsovet respublikasi arxiv xizmatlari oʻrtasida hamkorlikni oʻrnatish jarayonida, ularning rahbarlari va MDH mamlakatlari arxivlari rahbarlarining Minsk (1992-yil aprel), Moskva (1992-yil iyul, 1993-yil oktyabr) va Kiyev (1994-yil noyabr) shaharlarida boʻlib oʻtgan uchrashuvlari tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan. Mustaqil davlatlarda arxiv ishi holati toʻgʻrisida maʼlumot almashishdan tashqari bu yerda, fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy soʻrovlarining bajarilishi hamda ilmiy tadqiqotchilar uchun qulay shart-sharoitlarning yaratilish masalalari boʻyicha tomonlarning oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha kelishuvlarni amalga oshirish mexanizmi koʻrib chiqilgan. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston, Ukraina, Misr Arab Respublikasi, Janubiy Koreya, Turkiya, Vengriya, Birlashgan Arab Amirliklari arxivlari bilan arxiv ishi sohasida oʻzaro anglashuv memorandumlari asosida hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. Oʻtgan davr ichida 20 ziyod xorijiy delegatsiyalar, xorijiy mamlakatlarning elchilari Oʻzbekiston davlat arxivlariga tashrif buyurdilar. 2018-2019-yillarda Birlashgan Arab Amirliklari Milliy arxivi bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatildi. Birlashgan Arab Amirliklari Milliy arxivi direktori Majid Sulton al Mxeiri boshchiligidagi Birlashgan Arab amirliklari delegatsiyasi Oʻzbekistonga bir necha marotaba tashrif buyurdilar. Ikki davlatlar arxivlari oʻrtasida hamkorlik qilishga kelishildi. Bugungi kunda xorijiy hamkorlik Oʻzbekiston Milliy arxivlari moddiy texnika bazasini rivojlantirishga koʻmaklashish tashabbusini bildirganlar. Birgina 2019-yilning oʻzida Oʻzbekiston Milliy arxivi oʻquv xonalarida 30 dan ortiq xorijlik tadqiqotchilar oʻz ilmiy ishlari uchun arxiv materiallaridan foydalandilar. Oʻzbekiston Ilmiy texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxiviga "CERT INTERNATIONAL” tashkiloti bilan hamkorligi natijasida 2016-yilda xalqaro ISO tashkiloti standartlari oilasiga mansub ISO 9001:2015 sertifikati,2019-yilda esa Oʻzbekistonda ilk bor ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi harakat boshqaruvi tizimi” xalqaro sertifikati topshirildi. “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi mutaxassis xodimlar muntazam ravishda xorijiy seminar va konferensiyalar, malaka oshirish kurslarida ishtirok etib kelmoqdalar. 2019-yilda 20 dan ortiq mutaxassislar xorijda malaka oshirib qaytdilar. 2018-yil 30-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi hamda Turkiya Respublikasi Bosh vaziri devoni huzuridagi davlat arxivlari direksiyasi oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik qilish boʻyicha imzolangan Bayonnoma asosida 2019-yilda 100 dan ortiq arxiv hujjatlari nusxalari oʻzaro almashildi. 2020-yil Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Sverdlov viloyati Yekaterinburg shahridagi “Rossiya – Moya istoriya” multimediya parkida “Vspomnim. Trudovoye srajeniye” xalqaro koʻrgazmasida Oʻzbekiston kinofotofono milliy arxivida saqlanayotgan arxiv materiallaridan foydalanildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Milliy arxivida saqlanayotgan “Buxoro amirligi” fondi asosida tayyorlangan Nomzodnoma YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasiga kiritildi. Hozirgi kunda Qirgʻiziston Respublikasi hamda Polsha Respublikasi bilan hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Download 19.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling